|
Qandolatchilik mahsulotlari texnologiyasi
|
bet | 1/18 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 13,05 Mb. | | #107113 |
Bog'liq portal.guldu.uz-QANDOLAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI Reja: - 1. Xom ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash.
- 2. Karamel texnologiyasi.
- 3.Marmelat va pastila mahsulotlari texnolo-giyasi.
- 4. Shokolat mahsulotlari texnologiyasi.
- 5. Konfet mahsulotlari texnolgiyasi.
- 6. Sharq shirinliklari va milliy qandolat mahsulotlari.
- 7. Unli qandolat mahsulotlari texnolgiyasi.
XOM ASHYONI ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida shakar, kraxmal potokasi,asal, turli xil meva-rezavorlardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar ( pulpa, pyure, pripaslar, padvarkalar va boshqalar), unning har xil navlari, sut mahsulotlari, tuxum, yog’lar,kakao mahsulotlari, yong’oqlar mag’zi, jele va ko’pik hosil qiluvchi moddalar va boshqalar ishlatiladi. Ular turli taralarda qadoqlangan holda keltiriladi. Qandlardan shakar (saxaroza) tozalangan va suyuq qand qo’llaniladi. Quruq moddalarga hisoblaganda saxarozaning miqdori shakarda 99,7% ni, tozalangan qandda 99,9% ni, shakarning namligi 0.15% ni tashkil qiladi. Katta shaharlarda suyuq shakar yoki invert –shakar erimasi shaklida yetkaziladi Ishlab chiqarishga yuborishdan oldin shakar elanadi va magnit ushlagichdan o’tkazib, begona va metal aralashmalardan tozalanadi. Suyuq shakar esa filtrlanadi. Antikristalizator sifatida qo’llaniladigan shakar potokasi ishlab chiqarishdan oldin 40-45 *C gacha qizdiriladi va filtrdan o’tkaziladi. Yarim tayyor meva -rezavor mahsulotlariga, turiga ko’ra issiqlik va bug’ bilan ishlov beriladi, qirg’ichdan va filtrlardan o’tkaziladi. Unli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida unning turli navlari ishlatiladi. Un elanadi va magnitushlagichlardan o’tkazib,begona va metall aralashmalardan tozalanadi. Qandolatchilik mahsulotlarining ko’p turlarini tayyorlashda ularning strukturasini hosil qilish, ta’mini yaxshilash va ozuqaviy qiymatini oshirish uchun yog’lar qo’llaniladi.Qattiq yog’larni tayyorlashda ular idishdan bo’shatiladi,ko’zdan kechirib, yuzasi iflosliklardan tozzalanadi. Keyin yog’ bo’laklanib ichki holati tekshiriladi. Moylar kerakli holatgacha qizdiriladi va filtirlardan o’tkaziladi.
|
| |