|
Karamelning navlari ko’p va ular ,asosan, ikki guruhga bo’linadi: faqatgina karamel massaidan tayyorlangan masalliqsiz karamel ; turli xil masalliqlar qo’shib tayyorlangan masaliqli karamel
|
bet | 3/18 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 13,05 Mb. | | #107113 |
Bog'liq portal.guldu.uz-QANDOLAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASIKaramelning navlari ko’p va ular ,asosan, ikki guruhga bo’linadi: faqatgina karamel massaidan tayyorlangan masalliqsiz karamel ; turli xil masalliqlar qo’shib tayyorlangan masaliqli karamel . Masalliqsiz karamel mayda , turli shaklli monpansiye, bir nechtalab o’ralgan tabletka, shakidor ( xo’rozchlaar , baliqchlar ko’rinishida ) va etikerkaga o’ralgan uzunchoq ( to’g’ri to’rtburchak yoki oval) shakilida ishlab chiqariladi. Masalliqli karamelning qobig’i karamel massasidan iborat bo’lib uning ichida turli xil masalliqlar mavjud bo’ladi. Masalliqning xiliga ko’ra mevali, likyorli, asalli, pomadali, sutli, maesipanli, yog’qandli (sovituvchi xususiyatga ega ), kuvlangan , yong’oqli, shokoladli karamellar ishlab chiqariladi. Karamel massasiga ishlov berish usuliga qarab tiniq , ishlov berilmagan qobiqli yoki tiniq bo’lmagan maxsus ishlov berib cho’zilgan qobiqli vq yuzasiga turli rangdagi chiziqli Massalliqli karamel ishlab chiqarish mumkin. Karamel tashqi tomonidan bezatilishiga ko’ra o’ralgan va o’ralmagan (ochiq) hollarda ishlab chiqariladi. Massalliqli karamel ishlab chiqarish mumkin. Karamel tashqi tomonidan bezatilishiga ko’ra o’ralgan va o’ralmagan (ochiq) hollarda ishlab chiqariladi. Karamel ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida shakar va kraxmal potokasi hamda meva-rezavorli yarim tayyor mahsulotlar, yong’oq mag’izlar, oziqaviy kislotalar, essensiyalar bo’yoqlar va shunga o’xshashlar qo’llaniladi. Karamel ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: karamel qiyomini tayyorlash; karamel massasini tayyorlash; karamel massasini sovitish va unga ishlov berish; karamel masalliqlarini tayyorlash ; karamelga shakl berish ; karamelni sovitish, o’rash yoki uning yuzasiga ishlov berish; joylash. Qandolatchilik korxonalarida karamel uzluksiz ishlaydigan jihozlar qatorlarida (liniyalarida) ishlab chiqariladi. Bu qatorlarda ishlab chiqarishning yuqorida qayd qilingan barcha bosqichlarni sinxron holatda bajaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Karamelning navlari ko’p va ular ,asosan, ikki guruhga bo’linadi: faqatgina karamel massaidan tayyorlangan masalliqsiz karamel ; turli xil masalliqlar qo’shib tayyorlangan masaliqli karamel
|