|
Donni qayta ishlash korxonasining bosh plani bilan tanishish
|
bet | 1/13 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 8,93 Mb. | | #260252 |
Bog'liq DONNI QAYTA ISHLASH KORXONASINING BOSH PLANI BILAN TANISHISH
Reja:
Kirish…………………………………………………………………..…………2
Don va don maxsulotlarining tarixi……………………………………..……..3
Donning tuzulishi va kimyoviy tarkibi……………………………………….10
Donning halq ho’jaligidagi ahamiyati va botanik tavsifi………………….….18
Donlarning sifat ko’rsatkichlari va standartlari………………………………23
Xulosa………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………34
KIRISH
Oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, non va non mahsulotlarining sifatini yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi. Non va non mahsulotlarining sifati ularning energetik xossalari, oziqaviy va biologik qiymatga ega moddalar miqdori, oziqaviy zararsizligi, tashqi ko’rinishi, konsistensiyasi, ta`mi va hidi kabi xossalari bilan bog’liq.
Amaliyotda oziq-ovqat mahsulotlarining «sifati» deganda, ularning ko’rsatkichlari darajasining standart talablarga mos kelishi tushuniladi. Non sifati xom ashyoning sifatiga, birinchi navbatda, unning novvoylik xossalariga, non tayyorlash texnologik jarayonining alohida bosqichlarini amalga oshirish usullari va rejimlariga, non mahsulotlarining sifatini yaxshilashga mo’ljallangan maxsus qo’shimchalar qo’llanilishiga bog’liq.
Unning novvoylik xossalarini yaxshilash, eng avvalo, qishloq xo’jaligida amalga oshiriladigan tadbirlar bilan bog’liq. «Kuchli» bug’doy ekishni ko’paytirish, xususan, almashlab ekish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash, donni o’rib olishdan keyingi birlamchi ishlov berishni o’z vaqtida amalga oshirish shular jumlasiga kiradi.
Donni qabul qilish, elevatorlarda donni tozalash, quritish va saqlashning rasional usullari hamda tartiblarini qo’llash ham unning sifatiga ijobiy ta`sir qiladi. SHular bilan birga tegirmonda donning texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tortish turkumlarini tuzish, donga namlik-issiqlik bilan ishlov berish, tortishning muvofiq rejimlarini qo’llashga ahamiyat bermoq kerak.
Mutaxassisning vazifasi korxonaga kelayotgan turli novvoylik xossalarga ega bo’lgan undan yaxshi sifatli non va non mahsulotlari ishlab chiqarishdir.
Buning uchun, eng avvalo, laboratoriyada unning asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash kerak.
|
| |