|
7-Ma’ruza Qattiq jismlar fizikasi Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #256338 |
Bog'liq Мa\'ruza 8. Қаттиқ жисмлар физикаси
7-Ma’ruza
Qattiq jismlar fizikasi
Reja:
Qattiq jismlarning kristall tuzilishi. Bog‘lanish kuchlari.
Erkin atomning energetik satxlari. Kristallarda elektronlarning umumlashuvi va ularning energetik sohalar nazariyasi.
Valentlik va o‘tkazuvchanlik sohalari. Elektronlar va kovaklar.
Soxalar nazariyasi bo‘yicha o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar.
Tayanch iboralar: fermionlar, bozonlar, aynigan va aynimagan to’plamlat, klassik va kvant statistikasi, taqsimot funksiyalari, elektr o’tkazuvchanlik,
Adabiyotlar: А-1-6, 7,8,10, Қ-1-3, 7,11,12,14
Bog’lanish kuchlari
Moddalarning qattiq jism holatiga o’tish imkoniyati, tashkil etuvchi zarrachalarning bir-biriga yaqin masofaga yaqinlashishida, ular orasida hosil bo’ladigan bog’lanish kuchlariga bog’liqdir. Bunday zarrachalar, odatda atom, ion va molekulalardan iboratdir.
Qattiq jismning mustahkam panjaraviy tizimi hosil bo’lishi uchun zarrachalar orasida ikki xil kuch ta’sir etishi mumkin:
- zarrachalarning bir-biridan uzoqlashishiga to’sqinlik qiluvchi tortishish kuchlari;
- zarrachalarning bir-biriga qo’shilishiga qarshilik qiluvchi itarish kuchlari.
Ushbu kuchlarning tabiatini qisqacha ko’rib chiqamiz.
1. Van-der-Vaals kuchlari
Istalgan atom va molekulalar orasida paydo bo’luvchi umumiyroq ko’rinishda bo’lgan bog’lanish kuchlari - Van-der-Vaals kuchlaridir. Bu kuchlar birinchi bo’lib qattiq faza holatida bo’lgan real gazlar holat tenglamasiga kiritilgan edi.
, (7.1)
bu yerda va b – qo’shimcha hadlar, qattiq holatdagi real gaz molekulalari orasidagi tortishish va itarish kuchlarini hisobga olish uchun kiritilgan, b – molekulalarning o’zi egallagan hajmi, a – molekulalar orasidagi tortishish kuchi.
Aniq ko’rinishda bu kuchlar to’liq ximiyaviy bog’lanishga ega bo’lgan quyidagi molekulalar orasida paydo bo’ladi: -O2,H2,N2 SN4. Suyuq va qattiq holatlarda bo’lgan inert gazlar atomlari orasida xam kuzatiladi. Umumiy holda Van-der-Vaals kuchlari o’ziga dispersiyaviy, orientatsiyaviy va induktsiyaviy ta’sir kuchlarini qamrab oladi.
|
| |