|
Erkin atomlarning energetik sathlari
|
bet | 4/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #256338 |
Bog'liq Мa\'ruza 8. Қаттиқ жисмлар физикасиErkin atomlarning energetik sathlari
Atomda elektronning holati to’rtta kvant soni bilan aniqlanadi:
n – bosh kvant soni, – orbital, – magnit va G – cpin kvant sonlari.
Vodorod atomida bosh kvant soni atomning statsionar holatdagi energiyasini E(n) belgilaydi:
, (7.5)
bu yerda R = 13,6 eV – Ridberg universal doimiysi, ajratilgan vodorod atomi potentsial o’rasining chuqurligini belgilaydi.
Orbital kvant soni elektronning impulsi – harakat miqdorining orbital momentini belgilaydi:
, (7.6)
– kvant soni quyidagi butun sonli n – ta qiymatlarni qabul qiladi:
Magnit kvant soni harakat miqdori orbital momentining magnit maydon yo’nalishiga proektsiyasini belgilaydi: Vektor ning yo’nalishiga nisbatan burilishi shunday bo’ladiki, bu holda uning shu yo’nalishga proektsiyasi ga teng karraligi saqlanadi :
, (7.7)
– kvant soni quyidagi qator diskret (2 +1) qiymatlarni qabul qiladi:
213 – rasm. Elektronning harakat miqdori xususiy momentlari yo’nalishlari
Spin kvant soni elektronning harakat miqdori xususiy momentining yo’nalishiga nisbatan (orietatsiyasini) burilishini belgilaydi. vektori yo’nalishga nisbatan shunday buriladiki, uning ga proektsiyasi quyidagiga teng bo’ladi (213 - rasm): bu yerda, s – faqat ikkita qiymatni qabul qiladi: 1/2 va -1/2.
Barcha boshqa kvant sonlarining istalgan qiymatlarida orbital kvant sonining qiymati =0 ga to’g’ri keladigan holatlar S - holatlar deb ataladi; =1 bo’lgan holatlar – p – holatlar deb ataladi; =2 bo’lgan holatlar – d – holatlar deb ataladi; =3 bo’lgan holatlar – f – holatlar deb ataladi va x.k.
Barcha S – energetik sathlar aynimagan sathlardir, chunki bu sathlarga fakat bitta elektron holati to’g’ri keladi.
R – energetik sathlar 3 - karra aynigan bo’ladi va ularga elektronlarning 3 ta holati to’g’ri keladi:
ml = -1, 0, +1
Har bir holatga ikkita elektron joylashishi mumkin bo’lgani uchun, barcha sathlarni to’ldirish uchun 6 - ta elektron kerak bo’ladi.
Umumiy holda orbital kvant sonli sath (2 +1) karra aynigan bo’ladi va unda 2(2 +1) elektronlar joylashishi mumkin.
Erkin atom kuchli maydonga kiritilsa, sathlarning ayniganligi yo’qoladi va ular (2 +1) sathlarga ajraladi. Tashqi maydon energetik sathlarning potentsial chuqurlikda joylashishiga qarab, turlicha ta’sir etadi. Yadroga yaqinroq joylashgan elektronlarga maydon deyarli ta’sir etmaydi. Yadrodan uzoqroq joylashgan elektronlarga maydon kuchli ta’sir eta boshlaydi.
|
| |