Reja: Kirish. Spin haqida tushuncha. Elektronning spini




Download 1,14 Mb.
bet1/4
Sana16.05.2024
Hajmi1,14 Mb.
#238563
  1   2   3   4
Bog'liq
Atom M.T


Reja:
1. Kirish.
2. Spin haqida tushuncha.
3. Elektronning spini.
4. Xulosa.
Kirish.
Spin (aylanmoq) — kvant tabiatga ega boʻlgan elementar zarralar impulsining xususiy momenti. Elementar zarralarning xususiy magnit momenti S. magnit momenti deb ataladi. Elektronning xususiy mexanik impuls momenti Ls spin momenti (yoki spin) deyiladi. Spin vektor kattalik bo‘lib, dekart koordinatalar sistemasida koordinata o‘qlariga Sx, Sy, Sz proyeksiyalariga ega. Elektronning yadroga nisbatan impuls momentini Yerning Quyosh atrofida aylanishidagi impuls momentiga, xususiy mexanik momentini (spinni) esa, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidagi impuls momentiga taqqoslash mumkin. 1928-yilda Dirak elektronning relyativistik kvant nazariyasini yaratdi, bu nazariyadan spin xususiyatlari kelib chiqadi. Elektronning o‘z xususiy o‘qi atrofida aylanishini hisobga olishda yana bir kvant sonni kiritish kerak bo'ladi. Dirakning relyativistik kvant nazariyasiga asosan bu kvant son — spin kvant soni: s dir. Spin kvant sonining mavjudligi atomning nozik strukturasini o'rganishda tajribada aniqlangan.
Elektronning atomdagi harakatini ifodalash uchun 4 ta kvant sonlaridan foydalaniladi. Bular: 𝑛, 𝑙, 𝑚 va 𝑚 𝑠. Biroq bu kvant sonlari orqali elektronning atomdagi holatini aniqlash uchun ushbu kvant sonlar bilan bogʻlangan fizik kattaliklar vaqt boʻyicha oʻzgarmay qolishi kerak.
Elektronning orbital harakati tufayli esa H magnit momenti hosil boʻladi. Bu magnit momenti elektronning xususiy magnit momenti bilan oʻzaro taʼsirlashadi. Ushbu taʼsirlashuvni spin-orbital oʻzaro taʼsir deb yuritiladi.
Spin-orbital oʻzaro taʼsir energiyasini aniqlash uchun (M;H) skalyar koʻpaytmani hisoblash lozim. Bu yerda M — elektronning xususiy magnit momenti. H esa uning orbital harakati natijasida hosil boʻlgan magnit maydon kuchlanganligi. Maydon kuchlanganligini hisoblash uchun yadro bilan bogʻlangan „qoʻzgʻalmas“ sanoq sistemasidan, elektron bilan bogʻlangan harakatdagi sanoq sistemasiga oʻtamiz. Bu sanoq sistemasida elektronning ogʻirlik markazi tinch turadi, yadro esa v tezlik bilan harakatlanadi. Bu tezlik son jihatdan elektron tezligiga teng, yoʻnalishi esa qarama-qarshi yoʻnalgan. Yadroning bu harakati natijasida qiymati 𝑍𝑒v ga teng boʻlgan tok hosil boʻladi. Bu tokning elektron turgan nuqtadagi magnit maydoni Bio - Savar qonuniga binoan quyidagiga teng:

Formuladagi [r;v] vektor koʻpaytmani harakat miqdori momenti orqali yozib olish mumkin:

U holda


Download 1,14 Mb.
  1   2   3   4




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish. Spin haqida tushuncha. Elektronning spini

Download 1,14 Mb.