|
Don va don maxsulotlarining tarixi
|
bet | 2/13 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 8,93 Mb. | | #260252 |
Bog'liq DONNI QAYTA ISHLASH KORXONASINING BOSH PLANI BILAN TANISHISH1.Don va don maxsulotlarining tarixi
Bug’doy uni uchun: unning kuchi (birinchi navbatda kleykovinasi miqdori va xossalari); uning gaz va qand hosil qilish qobiliyati; unning rangi va non tayyorlash jarayonida qorayish xususiyati, tajribaviy pishirish yo’li bilan tayyorlangan nonning sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi. Javdar uni uchun asosiy ko’rsatkich uning avtolitik faolligidir.
Silliq (donli) bug’doy. Mo’rt bo’lmagan boshoq o’qiga (poyasiga) ega. Doni yanchilganda boshoq va gul qipig’idan ajraladi. Silliq bug’doy guruhiga quyidagi bug’doy turlari kiradi: yumshoq bug’doy (Tr. Vulgare Host), qattiq bug’doy (Tr. Durum Desf ), polyak bug’doyi (Tr.Polonicum L.), turgidum bug’doyi (Tr. Turgidum L), mitti bug’doy (Tr.compactum Host) va boshqalar.
Qobiqdor (donli) bug’doy. Mo’rt boshoq o’qi (poyasi)ga ega. Pishib yetilganda don boshoq o’qining muayyan qismi bilan birgalikda sinib tushadi va yanchilganda boshoqning shu qismidan ajralmaydi. Qobiqdor bug’doy guruhiga quyidagi bug’doy turlari kiradi: bir donli madaniy bug’doy (Tr. Monococcum L), emmer (Tr. Dicoccum Schiibl), spelta bug’doy (Tr. Spelta L ) va hokazo.
Yumshoq yoki oddiy bug’doy ( Trticum Vulgare Host) jahon ziroatchiligida eng keng tarqalgan asosiy bug’doy turi. Boshog’I uzun, g’ovak yuza qismi ancha keng. Boshoq qipiqpari keng, gul qipiqlari unchalik mahkam yopilmagan. Qipiqli boshoqlarida, odatda, qiltiq boshoqdan qisqa bo’lib, yon tomonga o’sgan.
Boshoqlari 2-5 gulli bo’lsa ham,odatda, faqat 2-3 gulda don hosil bo’ladi. Popuklari yaqqol ko’rinib turgan donlarda murtak birmuncha kengaygan bo’ladi. Qattiq bug’doyga qaraganda, murtak deyarli sezilarsiz. Don shakli xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’lib, cho’zinchoq, tuxumsimon, ovalsimon, bochkasimon shakllarda bo’ladi. Ekilgan sharoit va naviga qarab turlicha holatda bo’ladi. Unli, yarimshishasimon va shishasimon bo’ladi. Poyasining ichi bo’sh, 5-6 ta bo’g’imi bor. Bahorgi, yarimkuzgi va kuzgi shakllari mavjud. Bu tur juda ko’p navlarga ega.
Yumshoq bug’doy: qiltiqsiz (a) bug’doy doni tuzulishi: a-cho’zinchoq;
Va qiltiqli (b) boshoqlar b-tuxumsimon; d-ovolsimon;
e-bochkachasimon
Qattiq bug’doy (Triticum durum Desf). Boshoqlari yirik, mustahkam joylashgan,
qirqimda kvadrat yoki birmuncha siqiq. Boshoq qipiqlari uzunligi tashqi gul qipiqlari
singari bo’lib, uzun qiltiqlarga ega. Qiltiqlar boshoqdan ham uzun.
Boshoq qipiqlari uzun qirrali. Boshoqlari ko’p gulli bo’lsa ham faqat 2-3 tasida don
hosil bo’ladi. Doni yirik, uzunchoq, ko’ndalang kesimda sezilar-sezilmas burchaakli,
ko’pincha shishasimon bo’ladi. Donni yuqoridagi qismidagi popukchasi sezilar darajada
murtagi yaqqol ajralib turadi.
qattiq bug’doy bug’doy donlari: a-yumshoq, b- qattiq
Qattiq bug’doyning faqat bahorgi turi ekiladi, ammo qattiq bug’doyning kuzgi navlari ham uchraydi. Jahon ziroatchiligida qattiq bug’doy barcha ekinlarining 5-10 % ini tashkil qiladi, xolos. Qattiq va yumshoq bug’doylar juda ko’p turlarga ega. Bu turlarni bir-biridan farqlash uchun morfologik belgilarni yaxshi bilish talab etiladi
Qiltiqlilik,ya’ni boshoqda qiltiqlarning mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligi;
boshoq qipiqlarining tukdorligi yoki tuklarning bo’lmasligi;
boshoq rangi;
qiltiqlar rangi;
donning rangi.
|
| |