|
Ko‘p va bir seksiyali Turar-joy uylari Pdf ko'rish
|
bet | 45/128 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 18,93 Mb. | | #146151 |
Bog'liq Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova5.3. Ko‘p va bir seksiyali Turar-joy uylari
Ko‘p seksiyali uylar bir necha seksiyalardan tashkil topgan bo‘lib, Turar-joy
uyida bir necha xonadon va bir necha zinapoya lift kataklaridan iborat bo‘ladi.
Ko‘p seksiyali uylarda xonadonlarni seksiyalarga joylash va ularning soni turar-uy
tizimida ushbu seksiya yorug‘lik tomonlari bo‘yicha qanday yo‘nalganligiga bog‘liq.
Seksiyalar chegaralanmagan, qisman chegaralangan va chegaralangan yo‘nalishli
(oriyentatsiya) bo‘lishi mumkin. Seksiyalarning birinchi ikki turini kenglik (parallel)
bo‘ylab, uchinchi turini – meridian bo‘ylab seksiyalar deb nomlanadi, chunki
ularning uzunlik o‘qi birinchi holda - sharqdan g‘arbga qarab, ikkinchi holda esa
shimoldan janubga qarab joylashgan bo‘ladi. Turar-uylar korpusining uzunlik o‘qi
kenglik yoki meriadian bo‘ylab joylashsa, bu nomlar bu turar-uylarga nisbatan ham
ishlatiladi (5.2-rasm).
Chegaralanmagan yo‘nalishli oddiy seksiyada bino tarz qismini ixtiyoriy
ravishda shimolga qarashi mumkin, shuning uchun, tarhda barcha xonadonlar
gorizontining ikki tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi. Oddiy seksiya nisbatan universal,
chunki turar-uyning ixtiyoriy yo‘nalishida ishtirok etadi. Seksiyaning iqtisodiy
ko‘rsatkichi – zinapoya lift bo‘g‘iniga to‘g‘ri keluvchi xonadonlarning umumiy
maydoni yig‘indisiga bog‘liq, bu seksiyalar odatda, uch, to‘rt va ko‘pincha besh
xonali katta xonadonlardan tashkil topadi.
Burchakli seksiyalar uchun zinapoya – lift bo‘g‘inini joylashtirishning ikkita
varianti xarakterlidir: seksiyaning ichki yopiq burchagida yoki uning markaziy
qismida, oddiy seksiya tuzilishiga o‘xshash. Tarhdagi burilish yo‘lakka ikkita
xonadonlarni nosimmetrik birlashtirish bilan hosil qilinadi, bu xonadonlardan biri
burchakli yechim topadi, ikkinchisi esa yo‘lakka nisbatan, burchak ostida joylashadi.
|
| |