• 4.24-rasm. Aralash tiplardan tashkil topgan turar-joy guruhi.
  • -rasm. Yo‘lakli turar-joy uylarning sxemasi




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    4.23-rasm. Yo‘lakli turar-joy uylarning sxemasi:
    a – to‘g‘ri burchakli qatorli uy; b – yo‘laklarda yorug‘lik va shamolllatishni 
    ta’minlash uchun qo‘zg‘aluvchan uy; v – uch yo‘nalishli uy. 


    102 
    4.24-rasm. Aralash tiplardan tashkil topgan turar-joy guruhi. 
    1-qavat 
    2-qavat 
    3-qavat 
    2-qavat 
    1-qavat 


    103 
    V-BOB. KO‘P QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI 
    5.1. Ko‘p qavatli turar-joy binolarining turlari 
    Shaharlardagi yashash hududlarining tanqisligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi 
    viloyatlari markazlari, mamlakat poytaxti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    shaharlarida vaqt o‘tishi bilan aholini urbanizatsiyalashgan (jamlangan) holda 
    joylashtiradigan turar – joy binolarining asosiy tiplarini ko‘p qavatli (liftli) yashash 
    uylari tashkil eta boshlaydi. Bunday uylarning keng ko‘lamda qo‘llanishi yashash 
    hududlaridan va injenerlik kommunikatsiyalaridan yetarli darajada samarali 
    foydalanish imkonini beradi. Uylarning bunday tipi ya’ni ko‘p qavatli turar – joy 
    binolarining arxitekturaviy rejasining turli – tuman ekani, hajmiy – obrazli va 
    konstruktiv yechimlari bo‘yicha, Markaziy Osiyo regionida yetarlicha keng 
    tarqalgan. Ular foydalanish uchun iqtisodiy tejamkor, hududdan ratsional 
    foydalanishda samarador va turli sonli va demografik tarkibga ega bo‘lgan 
    oilalarning mamlakatning murakkab iqlim va seysmik (7 – 9 ball) rayonlarida 
    yashashlari uchun fazoviy – rejaviy parametrlari bo‘yicha me’yoriy sanitariya – 
    gigiyenik va komfort sharoitlarni ancha uzoq bo‘lgan muddatga ta’minlab beradi. Shu 
    bilan bir vaqtning o‘zida ko‘p qavatli yashash uylarning qurilishi yirik shaharlarda 
    ko‘rkam fazoviy kompozistiyalarni yaratish va o‘sib borayotgan Respublika aholisini 
    joylashtirish imkonini beradi. 
    Ko‘p qavatli turar-uylarning katta guruhini umumiy tipologik xususiyat 
    birlashtiradi – ularda asosiy xonadondan tashqaridagi vertikal kommunikatsiya 
    vazifasini liftlar bajaradi. Lift bo‘lgani bilan zinapoya o‘rniga o‘tmaydi, zinapoya 
    vertikal yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p qavatli turar uy- joylariga 6 qavatdan
    9 qavatgacha bo‘lgan uylar kiradi. 9-16 qavatli turar-uylar baland qavatli uylar turiga 
    kirib, eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega hamda, ularda yashash uchun 
    yetarlicha yuqori qulay sharoit yaratish mumkin. Bunday qavatli uylar yirik va 
    yirikroq shaharlarda, hamda turar-uy fondining yuqori zichligi iqtisodiy jihatdan 
    zarur bo‘lgan hududlarda quriladi. Baland qavatli Turar-joy uylari keyingi yillarda
    O‘zbekistonda ham qurilgan.


    104 
    Bu uylar qurilishida yer maydonini tejash jihatidan ancha qulaydir. Ko‘p qavatli 
    uylardan farqi shuki, bu uylarda kamida 2 ta lift o‘rnatilgan bo‘lishi shart (odam 
    tashiydigan va yuk tashiydigan) bo‘lib, bir seksiyaga va blokka juda baland uylarda 
    tez yuradigan liftlar o‘rnatiladi. 
    Ko‘p qavatli uylarda zinapoya qurilishiga katta ahamiyat berish lozim. 
    Yong‘indan, yer qimirlash chidamligiga e’tibor berish kerak, ya’ni zinapoya 
    mustahkam va chidamli materialdan qurilgan bo‘lib, dimiqmaydigan zinapoya 
    bo‘lishi kerak. Zinapoya maydonidan uning ikki tomoniga chiqadigan ochiq yo‘l 
    bo‘lishi shart. Me’yor bo‘yicha zinapoya maydoni isitilishi shart emas, lekin qulaylik 
    bo‘lishi uchun iloji bo‘lsa isitish kerak. Zinapoyalardan tashqari ko‘p qavatli Turar-
    joylarda boshqa chiqib ketish yo‘llarini, ya’ni ikki qo‘shni orasidagi balkonlar yoki 
    ayvonlar orqali bir - biridan o‘tadigan yo‘lni ham e’tiborga olish kerak . Zinapoya-lift 
    tugunlari haqida yuqoridagi boblarda batafsil yozilgan (3.5-bandga qarang). 
    Ko‘p qavatli turar-uylarning hajmiy – tarhiy tuzilmasini xarakterlovchi
    xususiyatlar – xonadonlar guruhining rejaviy usullari va xonadondan tashqaridagi 
    kommunikatsiyalar tizimi bilan aniqlanadi: zinapoya-lift bo‘g‘inlari, yo‘laklar yoki 
    galereyalar. Bu xususiyatlar bo‘yicha turar-uylar uchta katta guruhga bo‘linadi: ko‘p 
    va bir seksiyali, yo‘lakli, galereyali va aralash tuzilmali – yo‘lakli-seksiyali va 
    galereya-seksiyali. Birinchi guruh uylarida (seksiyali) tarh asosi sifatida seksiya 
    xizmat qilib, zinapoya – lift bo‘g‘ini, xoll va yo‘lakning kichikroq kesmasi (galereya) 
    atrofida guruhlangan xonadonlardan tashkil qiladi. Ikkinchi guruhni yo‘lakli yoki 
    galereyali uylar tashkil qiladi, ularda xonadonlar yo‘lak yoki galereya bo‘ylab 
    joylashadi, yo‘lak yoki galereyalar bir-biridan katta masofada joylashgan zinapoya-
    lift bo‘g‘inlari orasidagi yagona kommunikatsion yo‘l sifatida xizmat qiladi. 
    Uchinchi guruh tarhi tuzilmasi aralash bo‘lgan turar-uylarni o‘z ichiga oladi, ularda 
    qavatlar bo‘ylab almashuvchi, yo‘lakli va seksiyali rejaviy tuzilmalar bir xilda 
    ishtirok etadi. 
    Ko‘p qavatli Turar-joy binolari qurilishida ayniqsa ko‘p tavsiya etiladiganlari 
    seksiyali, galereya-seksiyali turkumdir. Bu turkum universal bo‘lib, ko‘p xonali va 
    kam xonali xonadonlarni to‘liq yechishga, iqtisodiy tomondan ham yutish mumkin.


    105 
    Ko‘p qavatli uylarning uzunligi ko‘p masofani egallashi bilan birga anchagina 
    joyga o‘z soyasi bilan xalaqit beradi, shuning uchun uzunligini kamaytirishga to‘g‘ri 
    keladi. Bularni e’tiborga olsak, bitta seksiyali uy ko‘proq to‘g‘ri keladi. Bir-ikki 
    seksiyali uylar optimal variant hisoblanadi. Bu tipdagi uylar dahalarni har xil 
    ko‘rinishga olib keladi va dahalarda kam qavatli uylar va o‘rta qavatli uylar orasida 
    joylashtiriladi. 
    Yerdan bog‘liqligi uzilishi tufayli bunday uylardagi yozgi xonalarga katta 
    e’tibor berish talab etiladi, ya’ni ularni maydoni ancha katta bo‘lishi shart. Shaxsiy 
    yozgi xonalardan tashqari umumiy yozgi xonalar bo‘lishi kerak. Ularning 
    maydonlarini ko‘paytirib har xil gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish kichik bog‘chalar 
    hosil qilish kerak, ikki balandlik ayvonlar, ya’ni ular ikki qavatli balandlikka ega 
    bo‘lib, hovlilar bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘kalamzorlashtirishni afzalligi shundan 
    iboratki, ular xonadonni ko‘chadan to‘sib turadi. Yana har xil chang va tovushlardan 
    asrab turadi. Tekis tom ustidagi ochiq maydonlar umumiy maydonlarga aylanib 
    qolishi mumkin, bundan tashqari shu uyda yashovchi kishilarning dam oladigan 
    joyiga aylanadi. 
    Tekis tomlarni ko‘kalamzorlashtirish tomlarni yozda isib ketishdan saqlaydi va 
    xonadonlarning havosini ancha pasaytiradi. Ko‘p qavatli uylarda kelajak dasturida 
    ochiq qavatlar yoki umumiy foydalanish uchun har xil maqsadni ko‘zlab, uyning bir 
    tarafida ochiq yozgi ayvonlar qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Ko‘p qavatli va baland 
    qavatli uylarning qurilishida asosiy talab, ishlatiladigan materiallarning og‘irligi va 
    qurilmalarni iloji boricha kamaytirishdan iborat. Bu ayniqsa zilzila tez-tez bo‘ladigan 
    joyda ahamiyatlidir. Shuning uchun ko‘p qavatli uylarda sinch panelli qurilma, 
    yengillashtirilgan panellar ishlatiladi. Temir betonli yoki po‘latdan sinch bo‘lishi 
    mumkin. Ustun va rigel orasi juda kengayib ketmasligi kerak, bu baland qavatli 
    binolarda oraliq katta bo‘lmasligi uchun qulaydir. 
    Kelajakda ko‘p qavatli uylarni qurishda sinch hajmiy elementlaridan foydalanish 
    ko‘zda tutilmoqda. Baland qavatli uylarda esa po‘lat sinchli bo‘lib, hajm elementi 
    bilan to‘ldiriladi. Bunday uylar o‘z afzalligi bilan ajralib turadi, ya’ni qurilishi 
    yengillashadi. Zavodda tayyor elementlar keltirilib ish ham osonlashadi. 


    106 
    Ularni har xil usulda joylashtirish mumkin, buning oqibatida me’moriy ko‘rinish 
    ancha boyiydi. Keyingi paytda bunday uylarning ko‘pchiligini Sergeli dahalarida 
    juda ko‘p uchratish mumkin. Hozirgi paytda ko‘pgina uylar quyma temir-betondan 
    qurilmoqda. Bunday uylarda faqat to‘g‘ri shakl emas, balki boshqa har-xil shakllarni 
    ham ishlatish mumkin, bu esa me’moriy ko‘rinishni boyitadi va bino juda katta 
    zilzilaga bardosh bera oladi (5.1-rasm). 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yo‘lakli turar-joy uylarning sxemasi

    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish