97
Agar seksiyalarni gorizont tomonlariga nisbatan istalgan holatda joylashtirishda
ulardagi xonadonlarda me’yoriy insolyatsiya ta’minlansa
u holda bunday seksiyalar
chegaralanmagan oriyentatsiyaga ega bo‘ladi.
Qoidaga ko‘ra, bunday seksiyada bir xil darajali xonadonlar har bir qavatda
bitta, ikkita yoki uchtani tashkil etishi mumkin. Chegaralangan oriyentatsiyaga ega
bo‘lgan seksiya, qoidaga ko‘ra har bir qavatda to‘rtta va undan
ortiq bir xil darajali
(yoki bir xil darajali va ko‘p xil darajali) xonadonlarga ega bo‘ladi.
Kursi-aravachalarda harakatlanadigan nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olgan
holda turar-joy binolarida zinapoya tugunlaridan chiqish va xonadonlarga kirish
joylarida pol sathining o‘zgartirilishi tavsiya etilmaydi. Zinapoya enini zinapoya
marshi yoni bo‘ylab qiya ko‘tariladigan yo‘lakchani hisobga olgan holda qabul qilish
taqozo etiladi. Shunga bog‘liq ravishda zinapoya marshining eng minimal eni 1,2
metr o‘lchamda qabul qilinadi. Seksiyali binolarning
faqat birinchi qavatida
xonadonlardan uy oldi hovlisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish va kirish eshiklarini
o‘rnatish mumkin. Xonadon oldi maydonlarini turar-joy binosi ichiga kiritiladigan
muhandislik
kommunikatsiyalari
o‘rnashgan
joy
atrofiga
yoki
kommunikatsiyalarning tranzit o‘tish joylari ustiga joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Xonadonlar soni bo‘yicha
har bir qavatga ikki, uch, to‘rt xonali xonadonlarga
ega bo‘lgan seksiyalarga joylashtirish juda keng tarqalgan. Ko‘p xonadonli turar-joy
uylari hajmlarining kompozitsion qurilishi bir xil konfiguratsiyali qavatlar tarhini
yoki har xil konfiguratsiyali qavatlar tarhini takrorlash evaziga shakllantiriladi.
Turar-joy uylarini terrassa bilan loyihalash ular hajmiy-fazoviy
qurilishining
uslublaridan biri deb hisoblanadi. Terrasali turar-joy uylari yassi relefda
loyihalangani singari ularni murakkab relefda ham loyihalashtirish mumkin. Turar-
joy uyini terressalashtirish bino yon tomonlari yoki uning fronti bo‘yicha joylashgan
xonalarning o‘lchamlarini
qisqartirish, xonadondagi xonalar sonini, qavatdagi
xonadonlar sonini yoki qo‘shma seksiyalarda qavatlar
sonini qisqartirish evaziga
erishilmaydi (4.20-rasm).