88
Bino hajmini ratsional yechish ko‘pincha minimal issiqlik yo‘qotuvchanlikni
ta’minlash orqali aniqlanadi. Bunga korpus enini kattalashtirish, tabiiy yorug‘lik
tushishiga ehtiyoj sezilmaydigan xonalarni o‘rta qismga joylashtirish
bilan erishish
mumkin, bunda yashash xonasining enini tashqi devorlarga biriktirish taqozo etiladi.
Kam va o‘rta qavatli (2-5 qavatli) liftsiz ko‘p seksiyali uylarda asosan ikki
marshli zinapoyalar qo‘llaniladi, bu zinapoya marshlari seksiyaning o‘rta qismiga
yoki hovli tomonga yaqin bo‘lgan qismga joylashlashtiriladi (agar
bu shimoliy
oriyentatsiyaga mos tushsa) shunday yo‘l tutish bilan gorizontning quyosh nurlari
ko‘proq tushadigan tomoniga yashash xonalarini ko‘proq joylashtirishga erishish
mumkin.
Yashash seksiyalari asosan to‘g‘ri burchakli modulli koordinatsion to‘r
asosida
loyihalanadi, bu esa xonadon elementlarining (yashash va yordamchi xonalar,
zinapoya marshlari) tabiiy shakliga ko‘p darajada mos keladi. Biroq tarhiga ko‘ra
oddiy bo‘lgan blok-seksiyalarni ijodiy uyg‘unlashtirish yashash komplekslarining
kompozitsion qurilishi (tuzilishi) va qiyofasi bo‘yicha turli xil ko‘rinishlardan
binolarni yaratishga olib keladi. Buning uchun seksiyalarning
uchta asosiy - bir
qatorli oddiy-qatorli (ryadovoy), burchakli (uglovoy), chekkali (torstevoy) turlari
qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgani bu oddiy seksiya bo‘lib, u bir xil paytda chekkali
seksiya o‘rniga ishlatiladi (4.13-rasm).
Qatorli seksiya – bu seksiya, qoidaga ko‘ra to‘g‘ri burchakli shaklga ega bo‘lib,
u yashash uyining ikkita boshqa qismlari orasiga joylashtiriladi. Seksiyaning
devorlaridan biri qo‘shni qatorli seksiya bilan bloklashtiriladi. Ko‘ndalang yon
tomonli seksiya ko‘ndalang seksiya ko‘ndalang tashqi
devor konstruksiyasini
o‘zgartirish bilan qatorli seksiya tarhini takrorlaydi.
Seksiyalar ikki, uch, to‘rt xonadon uchun loyihalashtirilgan bo‘ladi,
xonadonlarning soni oshib ketsa, ularga zinapoya maydonidan kirish qiyinlasha
boradi. Shuning uchun yo‘laklarni ishlatishga majbur seksiya tipidagi uylar yo‘lakli
tipdagi uylarga aylanib qoladi.