|
Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 221,75 Kb. | | #240643 | Turi | Referat |
Bog'liq -Avezimbetova Nozima
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Akademik yozuv” fanidan
MUSTAQIL ISH
MUTAXASISLIK BO`YICHA REFERAT TAYYORLASH
(DASTURIY INJINIRING)
Tayyorladi: 081-guruh talabasi Avezimbetova Nozima
Toshkent – 2024
MAVZU: DASTURIY INJINIRING
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Dasturiy injiniring to`g`risida
Dasturiy ta’minot jarayonlari
Dasturiy ta’minotni modellashtirish
Xulosa
Kirish
Barchamizga sir emaski, xozirgi vaqtda jamiyatni axborot kommunikasiya texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Umuman olganda, har bir mamlakatni rivojlanishini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini sohalarga joriy qilinishi bilan baholash mumkin. Mamlakatimizda xam buning uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, xukumatimiz tomonidan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish , axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish , dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarni rag’batlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni keltirib o’tish mumkin. Bundan tashqari, “O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikasiyalarini Rivojlantirish Vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining Farmonida yangi tashkil etilgan vazirlikning asosiy vazifalaridan biri qilib “raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish va uning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish” etib belgilangan.
|
| |