|
Dasturiy ta’minotni modellashtirish
|
bet | 3/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 221,75 Kb. | | #240643 | Turi | Referat |
Bog'liq -Avezimbetova Nozima3.Dasturiy ta’minotni modellashtirish
Dasturiy ta'minot tizimlarining hajmi va murakkabligi oshib borgani sari, dasturiy injiniring sohasida uchraydigan eng muhim talab bu - biz tizimga ishonishimiz mumkinligini ta'milash ekanligi oydinlashmoqda. Biz biror tizimga ishonishimiz uchun bu tizim talab qilingan ishga mos kelishi va bu ishni to'g'ri bajarishi kafolatlanmog'i lozim. Buning ustiga tizim xavfsiz bo'lsin, ya'ni bizning PC larimiz yoki ma'lumotlarimiz bu tizim orqali xavf ostida qolmasin. Bizning ushbu ma'ruzamiz ishonchlilik va xavfsizlik borasidagi muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Hisoblash tizimlari shaxsiy hayotimiz hamda ishlarimizga chuqur kirib borgani sari tizim va dasturiy ta'minot nosozligi oqibatida kelib chiqadigan muammolar ham ortib bormoqda. Masalan, elektron tijorat bilan shug'ullanuvchi kompaniyaning serveri dasturiy ta'minotida paydo bo'lgan nosozlik ko'p miqdorda yillik daromad boy berilishi, mijozlarning yo'qotilishiga sabab bo'ladi. Hozirda dasturiy ta'minot intensiv tizimlari hukumat, kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun juda ham zarur, shuning uchun keng qo'llanadigan dasturiy ta'minotlarga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri bu ishonchlilik bo'ladi. Dasturiy ta'minot talab qilingan vaqtda javob berishi , vazifani to'g'ri bajarishi hamda autorizatsiyalanmagan ma'lumotlarni oshkor etilishi kabi ishning maqsadiga to'g'ri kelmaydigan ta'sirlardan yiroq bo'lishi kerak. 'dependability' ya'ni 'ishonchlilik' termini 1995 - yilda Lepray tomonidan tizimining tayyorlik, mustahkamlik, xavfsizlik va himoyalanganlik xususiyatlarini qamrab oluvchi atama sifatida taklif etilgan edi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda dasturiy injiniring, kompyuter dasturlarini yaratish, rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi texnologiyalar va metodlar bilan shug'ullanadigan soha. Dasturiy injiniringning asosiy maqsadi, muammolarni yechish, tizimlarni rivojlantirish va kompyuter dasturlarini yaratish bo'yicha yuqori sifatli xizmat ko'rsatishdir. Dasturiy injiniringning asosiy jarayonlari o'z ichiga dasturlash tillari, dasturlar yaratish metodlari, dasturlar rivojlantirish va testlashni o'z ichiga oladi. Ushbu soha, kompyuterlar, mobil qurilmalar, bulutli xizmatlar, ishlab chiqarish tizimlari va boshqa texnologik vositalarning dasturiy tuzilishi va rivojlantirilishi bilan shug'ullanadi.
|
| |