|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #236012 |
Bog'liq Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i Reja - Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i stavkasi
- Daromad solig`I turlari
- Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar
- Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.
- Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
Soliq stavkalari
- Foyda solig‘i (15 foiz, alohida toifalar uchun — 20 foiz),
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz),
- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (1,5 foiz),
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95 foiz),
- Ijtimoiy soliq (budjet tashkilotlari — 25 foiz, qolganlar — 12 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlab qolinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning
deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
- - mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
- - ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
- - moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
- - O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
- - soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
- - soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
- Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha to‘lovlar (ish haqi, premiya, qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.
- Mulkiy daromadlar;
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foiz to‘lovlari, dividendlar, mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar, mulkni sotishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar kiradi.
- Moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Moddiy naf tarzidagi daromadlar bo‘lib, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lashi, jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari va h.k.
Boshqa daromadlar.
- Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga pensiya va nafaqalar, moddiy yordam, yutuqlar va boshqalar kiradi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida to‘lash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs tomonidan to‘lanishi degani. - Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish beruvchi” hisoblanadi. Dividend to‘lashda esa korxona daromad manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad solig‘ini hisoblash va to‘lashni yuridik shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qo‘shimcha soliqlar to‘lash majburiyatlaridan holi.
- Jismoniy shaxslarning daromad manbaida ushlab qolinmagan daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak.
E'tiboringiz uchun rahmat
|
| |