|
Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 2/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 221,75 Kb. | | #240643 | Turi | Referat |
Bog'liq -Avezimbetova Nozima1.Dasturiy injiniring to`g`risida
Biz zamonaviy dunyoni dasturiy ta’minotsiz tasavvur qila olmaymiz. Milliy infrastrukturalar va utilitalar kompyuterga asoslangan tizimlar tomonidan nazorat qilinadi va ko’pgina elektrli mahsulotlar o’z ichiga kompyuter va nazorat dasturlarni oladi. Sanoatda ishlab chiqarish va tarqatish to’liq kompyuterlashtirilgan. Musiqa sanoati, kompyuter o’yinlari, film va televizorlarda dasturiy ta’minotdan foydalanishadi. Shu sababli dasturiy injiniring milliy va xalqaro jamiyatlar funksionalligi uchun muhimdir. Dasturiy ta’minot tizimlari mavhum va nomoddiy bo’lib ular materiallarning xususiyatlari yoki fizik qonunlar bilan chegaralanmagan. Dasturiy ta’minotning potensialiga hech qanday tabiiy cheklanuvlar yo’q.
Ma’lumki, xozirgi kunda dasturiy ta’minot yoki dasturiy mahsulotni yaratish dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi mutaxassislar jamoasi orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, xozirda, har bir dasturiy ta’minot yoki dasturiy mahsulotni ishlab chiqishga amaliy loyiha sifatida qarash mumkin. Chunki, har bir ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot biror bir sohadagi (ijtimoiy, iqtisodiy, sanoat, xalq xo’jaligi va boshqalar) ma’lum bir muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga tizimli va kompleks yondashuv dasturiy injiniring (Software Engineering) tushunchasini keltirib chiqardi. Kelinglar, dasturiy injiniring tushunchasini vujudga kelishi sabablariga to’xtalib o’taylik.
2. Dasturiy ta’minot jarayonlari
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish faoliyatini rivojlanishini dasturiy ta’minot bilan bog’liq bo’lgan bir qator muammolarni vujudga kelishi va ularni hal qilish uchun amalga oshirilgan ishlar orqali izohlash mumkin. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha vujudga kelgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat bo’lgan: dasturiy ta’minot tan-narxining juda yuqoriligi; talab etilayotgan dasturiy ta’minotni yaratishning murakkabligi; dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonlarini boshqarish va bashoratlash bo’yicha zarurat paydo bo’lishi va h.k. Dasturiy injiniring – bu dasturiy ta’minot ishlab chiqishni samaradorligini oshirish va optimallashtirish bilan shug’ullanuvchi amaliy fan bo’lib, u dasturiy ta’minotni yaratishni loyihalashtirish(tahlil qilish), ishlab chiqish, joriy qilish va kuzatishni ilmiy asoslangan usullarini o’z ichida mujassamlashtirgan.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar. Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin. Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi. Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP) tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin. Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1. Dasturiy ta’minot xususiyati
2. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta’minotni tekshirish
4. Dasturiy ta’minot evolutsiyasi
Dasturiy ta’minot tizimi talablari funksional va funksional bo’lmagan talablar sinflariga ajratiladi.
Funksional talablar Bu tizim taminlashi lozim bo’lgan servislarning bayonoti. Kiritilgan ma’lumotlarga tizim qanday reaksiya ko’rsatishi lozim, tizim o’zini bunday holatlarda qanday tutushi lozim
Funksional bo’lmagan talablar Bu tizim tomonidan taklif qilinayotgan servislar va funksiyalardagi cheklovlar. U o’z ichiga vaqt cheklanishi, ishlab chiqarish jarayoni cheklanishi, beriladigan standartlar tomonidan cheklanishlarni olishi mumkin.
|
| |