Reja: Chiqindilar haqida tushuncha




Download 185,31 Kb.
bet1/7
Sana20.12.2023
Hajmi185,31 Kb.
#124343
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Chiqindilar muammosi-fayllar.org


Chiqindilar muammosi

Chiqindilar muammosi.



Reja:
1. Chiqindilar haqida tushuncha.

2. Axlatlarni yig’sh va olib chiqib tashlash.

3. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash.

4. Chet davlatlarda chiqindilardan foydalanish yo’llari.
S’Hahar, posyolka va qishloqlardagi turar joylarni toza tutishning epidemiologik gigiyenik ahamiyati juda katta. Turar joylarning tozaligi, obodonligi, ariqlardan suvlarning oqib turishi, daraxtzor va ko’kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali, tashkiliy, sanitar – texnik va xo’jalik tadbirlari ishlab chiqiladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini to’g’ri uyushtirishning epidemiologik ahamiyati juda katta. Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o’z vaqtida yig’ish, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba’zi bir chiqindilarni qayta ishlash uchun jo’natish zarur. Shu bosqichlardan birortasi bajarilmay qolsa, tozalikni saqlash qiyin bo’ladi.
Chiqindilar uch xil bo’ladi.
1. Qattiq holatdagi chiqindilar – bular tog’ - kon sanoatidan chiqadi.
2. Suyuq holatdagi chiqindilar – bularga aholi turar joylaridan va ayrim sanoat
tarmoqlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi.
3. Gaz holatdagi chiqindilarga gaz konlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi.
Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni ya’ni atmosferani, suv havzalarini, tuproqni, oziq – ovqatlarni, binolarni, korxonalarni va boshqalarni zararlaydi. Uy xo’jalik axlatlari, oziq – ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko’p organik moddalarni ushlagani uchun tez chiriy boshlaydi, oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, stakol va boshqalar paydo bo’ladi. Yog’ingarchilik oqibatida yer yuzasidan yuvilib daryolarni, kichik ariq suvlarini ifloslantiradi. Suyuq chiqindilar hatto yer osti suvlariga sizilib o’tib ularni ifloslantirishi mumkin. Ayrim chiqindilar axlatlarida turli mikroorganizmlarning mavjudligi va ularning uzoq vaqt yashashi aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug’, sil, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi. Bu chiqindilar bizning issiq iqlim sharoitida har xil kasallik tarqatuvchi mikroblarning tez ko’payishi uchun qulay muhit yaratadi. Ular hashoratlar, shamol yoki suv orqali tez tarqalib, odamlarni turli yuqumli kasalliklarga yo’liqtiradi.
VIII-IX asrlarda YEvropa, Afrika va Osiyodagi ko’p mamlakatlarda to’kilgan axlatlar shunchalik ko’p yig’ilib ketganki, hatto odamlarning yurishi mushkul bo’lib qolgan va bu axlatlar tufayli o’lat, vabo kabi kasalliklar tez-tez tarqalib, o’n minglab yuz minglab odamlarni yostig’ini quritgan. Masalan: 1679 yilda birgina Vena shahrida 80 mingga yaqin kishi, 1687 yilda Pragada shunga yaqin kishi chumadan o’lgan. Bunday holat Germaniya, Italiya, Angliya shaharlarida ham sodir bo’lib turgan.
S’Hu kunlarda ham sayyoramizning u yoki bu burchaklaridan yuqorida aytilgan ba’zi yuqumli kasalliklarning paydo bo’layotganligi to’g’risida noxush xabar kelib turadi. Bu sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan Afrika, Osiyo, Latin Amerikasining ba’zi joylarida sodir bo’lib turadi. Sobiq SSSRning, shuningdek O’zbekistonning ko’pgina ko’l, daryo va dengizlari to’kilgan axlatlardan shunchalik ifloslanib ketganki, sanitariya vrachlari bunday suv havzalariga odamlarning cho’milishini ta’qiqilab qo’yishgan.
Hozirgi zamon sanoat korxonalari ishlab chiqarish texnologiyasi har qanday sharoitda juda ko’p chiqindi - axlatlarni hosil bo’lishiga sababchi, bu chiqindilar ko’p vaqtlar davomida kishi sog’lig’iga juda xavfli bo’lib, tashqi muhitning hamma ob’ektlarini ifloslantiruvchi omillardan hisoblanadi.
S’Huning uchun ham dunyodagi sanoat korxonalarining asosiy masalalari texnologiya jarayonlarini takomillashtirib, korxonalarda chiqindilarning ajralishini kamaytirishdir ya’ni isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan chora – tadbirlarini ishlab chiqish va hokazolar.
Sanoat korxona chiqindilari ikkiga bo’linadi, ya’ni biridan foydalanish mumkin va ikkinchisidan esa mumkin emas. Foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilar xalq xo’jaligining turli sohasida ishlatiladi.
Korxona chiqindilari o’g’it, qurilish materiallari va ba’zi bir mahsulotlarni tayyorlashda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, kimyo, neft sanoatlaridan chiqadigan shlam qoldiq qatlamlarining 1mln. tonnasi qayta ishlansa, 4300 onna kobalt olinishi mumkin.
Dunyo mamlakatlari tajribasida foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilarni yoqish yoki qizdirish usullarini qollab zararsiz holatga keltiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarda ko’miladi.
Chiqindilarni termik, ya’ni issiqlik usullari bilan zararsizlantirishda maxsus o’chog’larda 1000-1200 S da kuydiriladi, ammo ular yonishi oqibatida paydo bo’lgan zaharli gazlar gaz ushlagich moslamalarda, chang ushlagich qurilmalarida tutib qolinadi, bunda atmosfera havosi ifloslanishdan holi bo’ladi. Goho sanoat korxona chiqindilarini xo’jalik axlatlari bilan ham birga yoqish mumkin.
Ko’p vaqtlar foydalanish mumkin bo’lmagan sanoat chiqindilari maxsus ajratilgan joyda to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda taxminan 40 mln. tonnani tashkil qiladi, keyinchalik ularni qayta ishlashga jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, keyinchalik maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.
Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindining pasporti, texnik xarakteristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlash texnika xavfsizligini bajarish yo’riqlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa, ular qizdirilganda, yoqqanda ehtiyot choralarini ko’rish zarur.
Respublikamizning ko’pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan iborat sun’iy tog’lar paydo bo’lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd t ga yaqin bo’lib, 10 ming gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda rangli madanlar va boshqa foydali qazilmalardan tashqari, zaharli birikmalar ham mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa minglab gektar ekinzir, bog’lar, barpo etishga imkon tug’ilar edi.
Respublikamizda yiliga komunal xo’jaliklardan o’rtacha 30 mln t. chiqindi chiqadi. Uning 29% i axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga tqkib yuboriladi.
Chiqindi – bu xomashyodir. Ularning tarkibida makulatura, oziq – ovqat chiqindilari, plastmassalar, latta – putta va boshqa narsalar bor. Shuning uchun ham AQS’H va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bunday chiqindilar sotib olinadi.
Umuman aholi turar joyida to’planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachonlar gigiyena fani tomonidan qoralangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo’l qo’yiladigan usuldir.
Axlatlarni 2 yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin:
a) biotermik usul – ya’ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatxonalarda zararsiz holatga keltirish;
b) axlatlarni kuydiriladigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirishdir.
Biotermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, asosan organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi, ammo jarayon yuqori haroratda jadalroq o’tib, tezroq nihoyasiga yetadi.
Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda. Masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt – Peterburgda qurildi. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy YEvropa mamlakatlari loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan.
Zavod organik azotli g’itlarni qishloq xo’jalik ehtiyoji uchun ishlab chiqadi. Zavodda axlatlarni qabul qilish, hamda axlatlarni sortga ajratish, nazorat qilish bo’linmalari bor. Zavodga axlat temir, tosh va boshqalardan ajratilgach, aylanuvchi barabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Barabanlarda axlatlar aralashtiriladi 1–3 kundan so’ng ma’lum darajada namlik berilgach, chiqindilar qizishib ularning harorati 50 – 60 S ga yetadi, bu bioximik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Harorat 50 – 60 s ga yetganda patogen mikrofloralar, gelmint tuxumlari qirila boshlaydi. Shu yo’l bilan axlat kompostga aylanadi.
Tsivilizatsiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko’chalarining bir joyida axlatning to’kilib yotganini ko’rmaymiz. Ro’zg’or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to’kilib, o’z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog’lom, ya’ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug’ chiqadi. Tsexlari gigiyenik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to’lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir.
Ko’pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo’lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig’ini maxsus ko’rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to’lanadi. Agar axlatni to’g’ri kelgan joyga to’kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvetsariyada tabiatni buzish borasida biror nojo’ya ish qilinsa, uni ko’rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O’t o’chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko’chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o’rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo’lar edi.
Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha respublikamizning hamma viloyatlarida yo’qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to’kib, ko’mib tashlash davom etmoqda. Axlatxonalar manzilgohlar va daryolarning o’zanlari, ariqqlar yaqiniga joylashtirilishi aslo mumkin emas. Ular devor yoki sim setkalar bilan o’ralib qo’yilishi kerak. Axlatlarni to’kish uchun chuqurligi 3- 4 m ga yetkazib xandak qazish va ularga to’kilgan axlat ustidan xlorli ohak sepib qo’yish lozim. Xandaklar to’lgach, ular ko’mib tashlanadi.
Qarshi shahrining shimoli sharqida ya’ni Ko’ng’ir tog’i etagidagi axlatxona shahardan chetroqda bo’lsa, ham aytilgan talablarga to’liq javob bermaydi, axlatlar pala – partish to’kib tashlanadi, xlorli ohak o’z vaqtida sepilmaydi. Shaharning markaziy ko’chalarini toza saqlash bo’yicha nazorat qattiq bo’lsa ham, chetroqdagi ko’p ko’chalarda ahvol yomon, ko’p joylarda axlatlar to’dasi ko’zga tashlanib turadi. Ba’zi mahallalardagi axlat to’kiladigan maxsus handaklar ham doimo o’z vaqtida tozalanib, chiqindilar olib ketilmaydi. Bizda chiqindi va axlatlarning joylarda to’planib qolayotgani bilan xorijiy mamlakatlarning ishbilarmonlari qiziqmoqdalar. Masalan, chiqindilarni qayta ishlashda nemislar bilan hamkorlik yuzaga kelmoqda. Ispanlar Angren ko’mir havzvalarida to’planib qolgan chiqindini ishlatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan.
S’Hunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo’lib, ularni yig’ishtirib qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha sarishta qilinsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’lar edi.
Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi.
Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi (3-rasm).
Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi.

Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o‘rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.




Download 185,31 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 185,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Chiqindilar haqida tushuncha

Download 185,31 Kb.