|
Mavzu: Qish
|
bet | 1/5 | Sana | 22.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271967 |
Bog'liq 9-variant karer aeralogiyasi
Mavzu: Qish oylarida uskunalar, mashina va mexanizmlarda keltirish havoni normal holatga manbalari va jixozlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Konveyer transporti qo‘llanilganda changga qarshi kurashish Temiryo‘l transporti qo‘llanilganda changga qarshi kurashish Turli transport vositalari kombinatsiyasini qo‘llanganda havo changlanishini kamaytirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Karyer atmosferasini chang va gaz omili bo‘yicha normallashtirish vositalari kompleksini tanlab olish ularning samaradorligi hamda chang va gaz hosil qiluvchi manbalarning tavsifi, shuningdek, tabiiy shamollatish omillarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Karyerlarda chang tutish usulida atmosferani normallashtirish changlantiruvchi manbalarida changlangan havoni aspiratsiyalash va chang tutish apparatlari yordamida tozalashdan tashkil topadi. Changlanish joylarida havoni aspiratsiyalash uchun changlantiruvchi manbalarni (o‘rab qo‘yish) o‘rama usulidan foydalaniladi.
O‘rama konstruksiyasi chang fakeli yo‘nalishi, changlantiruvchi manbalarning joylashishi, changlangan havo oqimining tezligi kabi qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Changlantiruvchi manbalarni o‘rash to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin. Karyerlarda changlantirish manbalarini qisman o‘rash konstruksiyasidan keng foydalaniladi. O‘rama ichida havoni sun’iy siyraklashtirish sodir bo‘ladi. Natijada atrofmuhitdagi havo oqimini aspiratsiyalash tizimiga yo‘naltirish ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida changning karyer atmosferasiga qo‘shilib ketishining oldini oladi. O‘ramani yasashda uning germetizatsiyasi yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Chang hosil bo‘ladigan joylarda changlarni (chang cho‘ktirgichlar bilan) bevosita bostirish chang bostirish usulining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Chang bostirishda (changbiriktirishda) suv, qorishmalar, bitumlar, tuzlar, kolloidlar, o‘simliklar qoplamasi va boshqalardan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda karyerlarda suv yordamida chang bostirish usuli keng qo‘llanilmoqda. Changga qarshi kurashish samaradorligi qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiysi changning suv bilan ho‘llanish xususiyatidir. Shunga ko‘ra jinslar gidrofil va gidrofob turlarga ajraladi. Quyidagi chetki burchaklar jinslarning suv bilan ho‘llanishining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilingan:
Kvars uchun 0–10°, Xalkopirit uchun 46–47°, granit uchun 55–60°, oltingugurt uchun – 78°.
Yaxshi ho‘llanadigan (gidrofil) jinslarga quyidagilar kiradi: kvars, sulfidlar, silikatlar, karbonatlar va boshqalar. Ba’zi ko‘mirlar, grafitlar, sulfidlar va h.k. yomon ho‘llanadigan (gidrofob) jinslar hisoblanadi. Gidrofob changlarni bostirish uchun turli chang ho‘llovchi qo‘shimchalardan foydalaniladi.
|
| |