|
Karyer atmosferasini normallashtirish vositalari
|
bet | 4/5 | Sana | 22.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271967 |
Bog'liq 9-variant karer aeralogiyasi
O‘ramadan havoni so‘rib olishda hosil bo‘ladigan havoning depressiyasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Qot= F Vn , m3/s,
bunda F – o‘ramadagi ochiq teshiklar, darzlar va boshqa zich yopilmagan joylardagi havo oqimi tezligi, m/s.
O‘ramadan so‘rib olinadigan havo miqdori ejeksiya natijasida materiallarni tashish, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda hosil bo‘ladigan havoning qo‘shilishi hisobiga ko‘payadi:
Qʹot = Qot + Qd ,
bunda Qd – o‘ramaga kirib keladigan qo‘shimcha havo miqdori, m3/s.
Havo oqimidagi changlarning tutilishi chang zarrachalarining og‘irlik, markazdan qochma va inersiya kuchlari ta’sirida bevosita havo oqimidan ajralib chiqishi tufayli amalga oshadi (2.1 rasm). Chang zarrachasiga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda m – zarracha massasi, kg; g – erkin tushish tezlanishi, m/s2; ρ – havo zichligi, kg/m3.
2.1‒rasm. Changhavo oqimidan chang zarrachalarining ajralib chiqish sxemalari: a – og‘irlik kuchi ta’sirida; b – markazdan qochma kuch ta’sirida; d – cho‘ktirish tanasi bilan chang zarrachalarining urilishi natijasida; e – bevosita cho‘kish orqali; f – diffuzion cho‘kish bo‘yicha; j – elektrostatik cho‘kish orqali; 1 – chang zarrachasi; 2 – gaz oqimi yo‘nalishi; 3 – cho‘ktirish tanasi; 4 – diffuziya kuchi; 5 – manfiy qutbli koronalash elektrodi; 6 – cho‘ktirish (o‘tkazish) elektrodlari; 7 – yer; 8 – qizdirilgan tana; 9 – sovuq yuzalar.
Ushbu kuch ta’sirida havo haydagichlaridagi changlar cho‘kadi. Changli havo oqimini sun’iy aylantirishda markazdan qochma kuchlar paydo bo‘ladi:
bunda νn – changli havo oqimi tezligi, m/s; R – oqimning egrilik radiusi, m; dn – zarracha diametri, m; ρn – zarracha moddasining zichligi, kg/m3.
Bu kuch og‘irlik kuchidan bir necha marta katta bo‘lib, siklonlarda qo‘llanadi. Tolasimon va matoli filtrlar qo‘llanganda, bunda chang tutilishi inersion kuch ta’siriga zarrachalarning tolali va matoli filtrlarga, shuningdek, skrubberlarda suv tomchilariga urilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Chang bostirish usuli
Suv bilan chang bostirish har bir ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Suvning solishtirma sarfi quyidagi tenglama ko‘rinishida bo‘ladi:
Qo.p. = qsm + qisp+ qf + qg.n. ,
bunda qsm – chang zarrachasini ho‘llovchi suv miqdori; qisp – suv sathining havo bilan to‘qnashishi natijasida bug‘lanishi tufayli yo‘qotiladigan suv; qf – filtrlanishdagi suv yo‘qotilishi; qg.n. – suvning qo‘shimcha yo‘qotilishi. Ifodadagi ko‘rsatkichlarning o‘lchamlari obyektning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, skvajinalarni burg‘ilashda – kg/m3; jinslarni yuklashda – kg/m3, tashishda kg/sm.s2. Changni ho‘llashda zarur bo‘lgan suv miqdori zarrachalarning yoyiluvchanligi, chang hajmi, uning suvtalabligi va boshqa qator omillar bo‘yicha hisoblanadi. Suvning ho‘llovchanligini oshirish hisobiga suv sarfini kamaytirish mumkin. Masalan, yomon ho‘llanadigan ko‘mirni ho‘llashda 50 l/t suv sarf qilgandagi natijaga suvga reagent qo‘shish orqali 5 l/t suv sarfi bilan ham erishish mumkin, bunda suv sarfi 10 baravarga tejaladi.
Gidrofob changlardan tashkil topgan yuzalardagi chang zarrachalari uchib havoga qo‘shilishining oldini olish uchun yuzalarni suv plyonkasi bilan qoplab qo‘yish lozim bo‘ladi.
Plyonkaning qalinligi har xil materiallar uchun o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Suv plyonkasining maksimal qalinligi changlangan yuzaga tushayotgan suv tomchisi diametriga teng deb qabul qilish mumkin. Tomchilarning maksimal o‘lchami 5–6,4 mm dan oshmaydi, o‘lchamlarning asosiy o‘zgarish diapazoni bir necha mikrondan tortib 1 mm gacha bo‘ladi. Yomon ho‘llanadigan yuzalarni ho‘llash uchun solishtirma suv sarfi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda dk – ho‘llanadigan yuzaga tushib, unda turadigan tomchi diametri, mm; γB – suvning zichligi, kg/m3.
Yaxshi ho‘llanadigan yuzalarni ho‘llash uchun solishtirma suv sarfi quyidagicha aniqlanadi:
bunda hs – ho‘llashning zaruriy qalinligi, m; ɷm.m.s– maksimal molekular suvtalablik, %.
Ho‘llashning maksimal chuqurligi yuzadagi chang orasidagi materiallarning yirikligi va ho‘llanadigan yuzadagi mavjud yuklarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Bug‘lanish natijasida yo‘qotiladigan suv miqdori A. R. Konstantinov tavsiya etgan formula orqali aniqlanadi:
bunda Tn – yuza harorati, °C; T2 – yuzadan 2 m balandlikdagi havo harorati, °C; ν10 – yuzadan 10 m balandlikdagi havo tezligi, m/s; ln – yuza haroratida to‘yingan bug‘ning elastikligi, Pа; l2 – yuzadan 2 m balandlikdagi bug‘ning elastikligi, Pа.
Xulosa
Changtutkichlarda bir vaqtda turli kuch va mexanizmlardan foydalanish mumkin. Masalan, matoli filtrlar qo‘llanganda inersion, bevosita zarrachalarni cho‘ktirish, diffuziya va boshqa kuchlardan foydalanish mumkin. Havoni tozalash usuli bo‘yicha chang tutkichlar: quruq, ho‘l va elektrik guruhlarga bo‘linadi. Havoni quruq usulda tozalashda gravitatsiyainersion va matoli filtrli apparatlardan foydalaniladi.
Cho‘ktirish kameralari, inersion apparatlar va siklonlar gravitatsiyainersion tozalash guruhini tashkil qiladi. Havoni ho‘l usulda tozalashda qo‘llanadigan apparatlar yuvuvchi va yupqa plyonkali turlarga bo‘linadi. Forsunkali skrubberlar, Ventur skrubberlari va dinamik gaz yuvgichlar yuvuvchi apparatlar hisoblanadi.
Zarbainersion, ko‘piklash va markazdan qochma apparatlar yupqa plyonkali tozalash apparatlariga tegishli. Zaryadlash va changni cho‘ktirish zonalarining joylashishi bo‘yicha elektr filtrlar bir zonali va ikki zonali guruhlarga bo‘linadi.
Meteorologik parametrlarni tahlil qilish asosida aniqlangan suvning katta miqdori bug‘lanishga sarflanib, bug‘lanish iyul–avgust oylarida kuniga 12–15 soatni tashkil qiladi. Chunki bu oylarda shamol tezligi va quyosh radiatsiyasi yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Quyosh radiatsiyasi to‘lqin uzunligi bo‘yicha ultrabinafsha, ko‘rinadigan rangli va infraqizil radiatsiyalarni o‘z ichiga oladi hamda ularning to‘lqin uzunligi mos ravishda 0,1–0,4; 0,4–0,75 va 0,76–100 mkm ni tashkil qiladi. Suv yo‘qotilishi filtrlash (infiltrlash) jarayonida ho‘llash kerak bo‘lmagan pastki qatlamlarga suvning sizib o‘tishi natijasida sodir bo‘ladi. Suv purkash yoki ho‘llash texnologiyalarining takomillashmaganligi qo‘shimcha suv yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Ho‘llanayotgan yuzadagi suvning bir qismi struyadan sochilib chiqayotgan tomchilarini havo oqimi olib ketishi tufayli yuzaga tushmaydi. Amaliyotda u yoki bu jarayonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan suv yo‘qotishlar ham mavjud.
|
| |