|
Temiryo‘l transporti qo‘llanilganda changga qarshi kurashish
|
bet | 3/5 | Sana | 22.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271967 |
Bog'liq 9-variant karer aeralogiyasi
Temiryo‘l transportida tashilayotgan kon massasining yuzalari, shuningdek, yo‘lning ustki (ballastlarda, relslarda va shpallarda) hamda ostki qurilmalari chang ajralib chiqish manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, dumpkarlarni yuklash va yukni tushirish (bo‘shatish) jarayonlarida ham ma’lum miqdorda chang ajralib chiqadi.
Temiryo‘l transportida vagonlardagi kon massasi yuzidan va yo‘llardan ajralib chiqadigan changning intensivligi poyezdning yurish tezligiga bog‘liq bo‘lib, Karyerlarda 10 m/s gacha yetishi mumkin.
Kon massasini temiryo‘l transporti bilan tashishda changga qarshi kurashishda texnologik usullardan, tashilayotgan material ustini qo‘shimcha ho‘llash va mustahkamlashdan foydalaniladi.
Changga qarshi kurashishning texnologik usuliga tashiladigan kon massasini vagonlarga saralab yuklash, ya’ni mayda qismini vagon tubiga, yirik bo‘laklarni esa uning ustiga yuklash misol bo‘la oladi.
Tashilayotgan materiallarni qo‘shimcha ho‘llash temir yo‘lning razyezdlar va stansiyalarga ulanish joylarida amalga oshiriladi.
Buning uchun dumpkar ustidan ma’lum balandlikka o‘rnatilgan 20 ta forsunkali ikkita qurilmadan foydalaniladi. Bu forsunkalar kon massasini ho‘llashni yuklangan sostavning harakatlanish vaqtida amalga oshira oladi.
Bunda suv sarfi miqdori yuqori qatlamni molekular suv sig‘imi bo‘yicha ho‘llash shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqori qatlamni mustahkamlash uchun neft, mazut, xlorli kalsiy, suv va boshqalardan foydalanish kon massasini uzoq masofaga tashishda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2.3 Turli transport vositalari kombinatsiyasini qo‘llanganda havo changlanishini kamaytirish
Karyerlarda turli transport vositalari kombinatsiyasidan foydalanilganda materialni bir transport vositasidan ikkinchisiga qayta yuklash joylari Karyer havosini qo‘shimcha changlantirish manbalari hisoblanadi. Shunga ko‘ra manbalarni ikki guruhga ajratish mumkin: oddiy qayta yuklash punktlari guruhi va kon massasini maydalash va elash ishlari bajariladigan qayta yuklash punktlari guruhi.
Qayta yuklashda changga qarshi kurashishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: changtutkich qurilmali aspiratsion o‘ramalar (yopqichlar) usuli, materialni ho‘llash usuli; ko‘pikdan foydalanish va boshqa usullar. U yoki bu usuldan foydalanish chang ajralib chiqadigan manbaning ko‘rinishi va joyning sharoitini hisobga olgan holda tanlanadi.
Masalan, temiryo‘l avtomobil transporti kombinatsiyasini qo‘llashda tashilayotgan materiallarni ho‘llashning turli usullaridan foydalaniladi. Bunda statsionar gidromonitor qurilmalari va forsunkali suvsepkichlardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Qayta yuklash punktlarida qo‘llanadigan gidromonitor qurilmasining soni va tipi oraliq omborlari tipi hamda u yerda qo‘llanadigan yuklash uskunasining tipi, soni va o‘lchamlarini, shuningdek, tashilayotgan materialni ho‘llash uchun zarur bo‘lgan suv hajmini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Bitta tupikda ishlatiladigan gidromonitorlar soni quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda LT – qayta yuklash tupiki uzunligi, m; Ly – bitta gidromonitor bilan ho‘llanadigan tupik uchastkasining uzunligi, m; l2 – gidromonitorning pog‘ona ustki va ostki qirralariga nisbatan o‘rnatilgan joyi bo‘yicha uning jo‘mragidan chiqayotgan suv oqimining uzoqqa otilish masofasi, m; b3 – qayta yuklash punktidagi ekskavatorning kirma (заходка) kengligi, m; bT – omborga joylashtirilayotgan kon massasi bilan gidromonitor qurilmasi o‘rnatilgan joy o‘rtasidagi masofa, m.
Gidromonitorning qayta yuklash punktidagi suv sarfining minimal miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Qg.m=Kg·q Qe , m3/s,
bunda Kg– kon massasini qayta yuklash punktida turib qolishioqibatida bug‘lanishi va shu kabi boshqa omillar bo‘yicha namligining o‘zgarishini hisobga olish koeffitsiyenti (Kg=0,2÷0,3); q–pog‘ona kavjoyida dastlabki ekskavatsiyalash vaqtida sarflanadigan suvning solishtirma miqdori, m3/m3; Qe – bitta gidromonitor ishlash frontidagi ekskavator unumdorligi, m3/soat.
Gidromonitor konstruksiyasi suv oqimi yo‘nalishini gorizontal bo‘yicha 360°, vertikal bo‘yicha 15° gacha o‘zgarishini ta’minlaydi. Suv bosimi 1,0 ÷1,2MPa bo‘lganda suv oqimining (struyaning) uzoqqa otilishi 45÷50 m ni tashkil qiladi.
|
| |