|
Konveyer transporti qo‘llanilganda changga qarshi kurashish
|
bet | 2/5 | Sana | 22.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271967 |
Bog'liq 9-variant karer aeralogiyasi
Kon massasini konveyer transporti bilan tashilganda Karyer havosiga chang ajralib chiqishi quyidagi jarayonlarda sodir bo‘ladi: transport qilinayotgan materiallar ustidagi changning shamol ta’sirida uchib chiqishi, materialni bir konveyer stavidan ikkinchi staviga yuklashda va konveyerning salt harakatlanuvchi lentasiga yopishgan changlarning ajralib chiqishi va boshqalar.
Tashilayotgan material yuzasidan shamol ta’sirida ajralib chiqadigan changning oldini olish uchun, shuningdek, atmosfera yog‘inlari tufayli materialning ho‘llanib konveyer lentasiga yopishib qolishini bartaraf qilish uchun Karyerlarda turli o‘ramalardan (yopqichlardan) foydalaniladi.
Konveyerning ishchi (yuk tashish) va salt harakatlanadigan (ostki) lentalari hamda tashilayotgan materiallardan shamol oqimi ta’sirida ajralib chiqadigan changlarni to‘liq berkitadigan o‘rama (yopqich) eng yaxshi o‘rama hisoblanadi. Konveyer lentasi va barabanlarga yopishgan changdan ularni tozalash uchun sidirg‘ali, cho‘tkali, titratuvchi, pnevmatik va gidravlik qurilmalardan foydalaniladi.
Agar lentani yopishgan changlardan tozalash uni 180° ga o‘girish usulida bajariladigan bo‘lsa, u holda yuqoridagi qurilmalardan foydalanilmaydi. Chunki bunda salt harakatlanuvchi lenta roliklarga toza tomoni bilan ishqalanib harakatlanadi, natijada yopishgan changlar lentaning ustida qolib, undan ajralib chiqmaydi.
Yuqori pishiqlikka ega bo‘lgan lentalardan foydalanish asosida konveyerlarni uzaytirib, stavlar sonini kamaytirish va bir konveyerdan ikkinchi konveyerga materialni qayta yuklash balandligini qisqartirish konveyer transportida changga qarshi kurashishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Yuklash, qayta yuklash va materialni bo‘shatish usullarida mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda changga qarshi kurashishning o‘rama, suv yordamida changsizlantirish (gidrochangsizlantirish) va changni bug‘ yordamida bostirish kabi usullardan foydalanish mumkin.
Lentali konveyer qo‘llanganda changga qarshi kurashishda aspiratsion o‘rama (yopqich) dan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki bu usuldan har qanday iqlim sharoitlarida ham foydalanish mumkin.
Aspiratsion o‘rama qo‘llanilganda aspiratsialangan (siyraklangan) havoni tozalash uchun so‘ruvchi ventilatorlar qo‘llanilib, turli chang tutish vositalaridan foydalanish mumkin.
Karyerlarda qo‘llanadigan aspiratsion sistema (6.1-rasm) quyidagilardan tashkil topadi: qayta yuklash joyi o‘ramasi, ikki bosqichli tozalash sikloni; yengsimon filtr. Changsizlantirish uskunasi bilan ventilator harakatlanadigan changga joylashtirilgan bo‘ladi.
Konveyer transporti qo‘llanganda gidrochangsizlantirishga tashilayotgan materialni ho‘llash yoki mayda zarrachalarga aylangan suv bilan changni bostirish orqali erishish mumkin.
6.1- rasm. KI-800 rotor kompleksi magistral konveyerining qayta yuklash uzellaridagi aspiratsion changsizlantirish sistemasining sxemasi: 1 – o‘rama (yopqich); 2 – havo o‘tkazgich; 3 – siklon; 4 – FV filtri; 5 – ventilator.
Mayda dispersiyalangan (zarrachalarga bo‘linib, yoyilgan) changlarni ho‘llash va koagulatsiyalashning (cho‘ktirishning) samaradorligini oshirishga gidroakulistik purkash hamda suvga yuza-faol moddalarni qo‘shish orqali erishiladi.
Ko‘pikdan foydalanish chang zarrachalarini ho‘llash va ularni cho‘ktirish bilan birga havo oqimidagi uchib yuradigan changlarni atmosferaga ajralib qo‘shilishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Chang bostirishning bu usulida ko‘pik tashilayotgan material ustiga sepiladi.
|
| |