16. Tahdidlarni kamaytirish




Download 194.53 Kb.
bet1/6
Sana27.02.2024
Hajmi194.53 Kb.
#163503
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ppt 1, Oraliq nazorat Javoblari, 5-mustaqil ish, 5-мустақил иш, Илмий тадқиқот методологияси ишчи дастур 2020, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, Allayarov A. 2, ТПроформа договора по лоту №73719 (1), 7-topshiriq, 7-8-9 lab, Amplitudali modulyatsiya, 1-1610, fazliddin fozilov 123, Dasturlash 3 natija, Calendar plan-Maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi (3)

16. Tahdidlarni kamaytirish


Reja:
1.Antivirus dasturi;
2.Spywarelarni aniqlash va olib tashlash utilitalari;
3.Hujumlarni aniqlash va oldini olish tizimlari;
4.Firewall va Routerlar.
Kalit so’zlar: Virus signaturasi, everestik tahlil, detektorlar , faglar,
revizorlar, skanerlash,IDS, va IPS dasturlri
1.Antivirus dasturi
Antiviruslarning asosiy qiladigan ishi, bajaradigan funksiyasi deyarli bir xil: kompyuterning tezkor va doimiy xotirasini skanerlash va nazorat qilish. Lekin mana shu ikki ish turli antivirus dasturlarda bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Zararli dasturlar, yani viruslarning yozilish kodlarining ketma-ketligi mavjud bo’lib, antivirus dasturi mana shu ketma-ketlikka qarab virusni tanib oladi. Bazi antiviruslar esa, shubxali obektning o’zini ajratib olib, uni dikkat bilan tekshirib chiqadi, kompleks usulda taxlil qiladi. Bunday usulning yaxshi tarafi – o’zining shaklini oson o’zgartirib oladigan yoki uncha tanilmagan viruslarni xam aniqlash imkoni borligidir, yomon tarafi – antivirus dastur tez-tez yolg’on chaqiruvlarni amalga oshiradi. chunki, aytganimizdek, antivirus aniq biror bir virusni emas, balki shubxali ko‘ringan xar qanday faylni tekshiraveradi.
Antivirus dasturlari – viruslarni topish va ular faoliyatini tugatish uchun xizmat qiladigan dasturlar. Oddiy virusdan zararlanishni virusga qarshi dasturlar yordamida oson aniqlash mumkin, (murakkab tuzilishga ega) viruslarni bu usul bilan aniqlash qiyin, chunki ular o‘z-o‘zini nusxalashda ko‘rinishini o‘zgartiradi. Makroslar bilan ishlaydigan ilovalar makroviruslar bilan zararlanishi mumkin. Kompyuter virusi o‘lchami bo’yicha katta bo‘lmagan, maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «yozib qo‘yishi», shuningdek, kompterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» bajaradi.
Axborotni ximoyalovchi umumiy vositalardan tashqari viruslardan himoyalanishda maxsus programmalardan ham foydalaniladi. Bu dasturlarning bir necha turlari mavjud: detektorlar, doktorlar (faglar), revizorlar, doktor-revizorlar, filtrlar va vaksinalar (immunizatorlar).
Viruslarga qarshi kurashishning asosiy vositasi antivirus dasturlari bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmaqda, bunday antivirus dasturlarining viruslarni topish va ulardan himoyalashning bir qancha asosiy usullari mavjud:

Download 194.53 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 194.53 Kb.