58
qurilmaydi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uylarni loyihalashda qaznoqxonalarni qulay
joylashtirish, albatta hisobga olinishi kerak.
O‘zbekistonda shkaf va qaznoqxonalarni ayvonlarga joylashtirish keng
ko‘lamda ishlatiladi, lekin bu ularning maydonini qisqarishiga olib kelish bilan birga
havo sovugach, ya’ni qish paytida eshikni ayvon tarafga ochishga majbur bo‘linadi
va birmuncha noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun qaznoqxonalarni xonadon ichiga
joylashtirish qulaydir.