• O‘qituvchining vazifalari
  • Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
  • Turli chiqindi materiallari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish




    Download 2.94 Mb.
    Sana14.02.2024
    Hajmi2.94 Mb.
    #156346
    Bog'liq
    Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi
    хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집

    Mavzu: Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi
    Reja:
    1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish.
    2. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish.
    3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi.
    Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga chiqindi idishlari va uning turlari haqida ma’lumot berish. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
    O‘qituvchining vazifalari:
    • chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o‘rgatish;
    • chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
    • chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi bilan tanishtirish;150
    • amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi.
    Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, mustaqil ish.
    Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, turli chiqindi idishlari, qaychi, yelim, karton.
    Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
    1. Chiqindi materiallari bilan ishlash o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida qanday ahamiyatga ega?
    2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin?
    3. Tejamkorlik nima?
    4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz?
    5. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday?
    Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
    O‘quvchining chap tomoniga qaychi, chizg‘ich, qalam, o‘lchov metri joylashtiriladi. O‘quvchining o‘ng tomoniga turli chiqindi idishlar, mato bo‘laklari va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. O‘quvchining oldi tomoniga plastmassa yelim, chiqindilar uchun quticha, igna, ip va sochiqcha joylashtiriladi.
    Turli chiqindi materiallari
    Biz hayotimizda istiqomat qilish jarayonida turli kiyim-kechaklardan, buyumlardan, oziq-ovqatlardan va boshqa turdagi mahsulotlardan foydalanamiz. Bu turdagi mahsulotlarni bizgacha yetib kelishida foydalanilgan buyumlar, turli qutilar, idishlar, g‘iloflarni chiqindi material sifatida axlatlarga tashlaymiz. E’tibor bermaymizki, bu chiqindi materiallaridan turli kerakli buyumlar, foydalanish mumkin bo‘lgan narsalar tayyorlash mumkin. Shu bilan birga turli chiqindi materiallardan o‘z o‘rnida kerakli foydalanib, keraksizini tartib bilan axlat idishlariga tashlasak, atrof-muhitni ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi qisman bo‘lsa ham kamaygan bo‘lardi. Masalan: suv va turli yelim idishlarini yarimigacha kesib, idish atrofini turli narsalar bilan bezab ro‘zg‘orda foydalanish mumkin bo‘lgan turli idishlar (taroq solgich, qalamdon, chiqindi qutichasi) ni yasash mumkin, baklajka qopqog‘idan choynak tagligini tayyorlash mumkin. Yoki shampun, kofe, bolalar kashalari, turli yog‘lar va margarinlarning plastmassa idishlaridan turli buyumlarni tayyorlash mumkin.
    Kofe yoki bolalar kashasining idishidan turli buyumlar tayyorlash texnologiyasi:
    4. Idish keraksiz narsalardan tozalanib, yuvib quritiladi. Idishning o‘lchami aylanasi va uzunligi o‘lchanadi.
    5. O‘lcham asosida bir xil rangdagi mato tayyorlanib, idish atrofi mato bilan qoplanadi.
    6. Mato bo‘lagi yelim idishga PVA yelimi yordamida mahkamlanadi. Yuqori va pastki qismi ko‘rinmas chok yordamida tikib qo‘yiladi.
    7. Idish mato bilan qoplangandan so‘ng turli munchoqlar, biserlar, lentalar, yaltiroq tasmalar yordamida bezatiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar 1.N.R.YUsupbekov,H.S.Nurmuxammedov,S.G.Zokirov,Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari.–T.;”SHarq”,2003.-644b.2. N.R.YUsupbekov, H.S.Nurmuxammedov, P.RIsmatullaev, S.G.Zokirov, U.V.Mannonov. Kimyo va oziq – ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari xisoblash va loyixalash. – Toshkent, ToshKTI, 2000. – 231 bet.
    3.N.R.YUsupbekov, H.S.Nurmuxammedov, P.R Ismatullaev Kimyo va oziq – ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari fanidan xisoblar va masalalar.- Toshkent, ToshKTI,1999.– 351 bet.
    4.Salimov.Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari.:Oliy o‘quv yurti studentlari uchun darslik.T.1.-T.:O‘zbekiston,1994.-366 b.
    5.Salimov.Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari.T.2.Modda almashinish jarayonlari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: O‘zbekiston, 1995. – 238 b.
    Download 2.94 Mb.




    Download 2.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish

    Download 2.94 Mb.