• Radioaloqa tarixidan qisqacha ma’lumotlar
  • Radioaloqaning umumiy prinsiplari
  • Maruza matni mavzu: radioaloqa asoslari




    Download 214.52 Kb.
    bet1/5
    Sana27.02.2022
    Hajmi214.52 Kb.
    #18156
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Radioaloqa
    kiber xavfsizlik mustaqil ish , 4Ameliy (2), BJD (HEMIS) TEST, Buxgalteriya hisobi, 13.2 Mavzu, 4. Мустакил таълим, Artiqbayeva Diana menejment, elektronika, 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini, Axborot xavfsizligini ta`minlash, Футбо́л Бекзод, 4-Maruza, 2- SINF MATEMATIKA FANIDAN ” Bir nechta sonni ustun ko’rinishda qo’shish, 2-sinf matematika 1 tenglamalar dars ishlanma





    MARUZA MATNI
    MAVZU: RADIOALOQA ASOSLARI


    Toshkent 2022

    1. Radioaloqa tarixidan qisqacha ma’lumotlar

    2. Radioaloqaning umumiy prinsiplari

    3. Radiouzatuvchi qurilma tuzilish sxemasining tarkibi va elementlarining mo‘ljallanishi

    4. Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar




    1. Radioaloqa tarixidan qisqacha ma’lumotlar

    XIX asr oxirlarida hech qanday sezilarli darjada so‘nmay uzoq masofalarga tarqaladigan xususiyatga ega bo‘lgan, ko‘zga ko‘rinmas elektrmagnit to‘lqinlari kashf qilindi va tadqiq etila boshlandi. Ular radioto‘lqinlar deb atalib, «radio» so‘zi radiatsiya so‘zidan olingan bo‘lib, nurlanishni anglatadi.


    Ingliz fizigi Maksvell XIX asrning 60-yillarida yorug‘lik to‘lqin-lari va radi- oto‘lqin hamda ularning tarqalish qonunlari tabiatiga umumiy o‘xshaydigan el- ektrmagnit maydonini yaratdi. Keyinchalik ultrabinafsha, infraqizil, rentgen va boshqa nurlanishlar o‘rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida sanab o‘tilgan nurlanishlar turlicha bo‘lgani bilan, ularning tabiati bir xil bo‘lib, elektrmagnit to‘lqin hisoblanadi. Ularning xususiyatlari faqat to‘lqin uzunliklari bilangina farqlanadi.
    1886 – 1888 yillarda G. Gers tajribada Maksvell nazariyasining asosiy xu- losalarini yana bir bor isbotladi. Ya’ni, radioto‘lqinlarning tarqalishi, qaytishi va sinishi yorug‘likning tarqalish qonunlariga o‘xshash bo‘lar ekan.
    Maksvellning elektrmagnit maydon nazariyasiga qo‘shgan asosiy hissasi o‘zgaruvchan elektr maydoni o‘zgaruvchan magnit maydonini yaratishiga oid xulosasi bo‘ldi. Elektrmagnit induksiya qonunini hisobga olganda, ya’ni o‘zgaruvchan magnit maydoni o‘zgaruvchan elektr maydonini hosil qiladi. Ya’ni o‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlari hamma vaqt birgalikda mavjud va ular o‘zaro miqdor jihatidan bog‘langandir. Shuning uchun har qanday elektr yoki magnit maydonlarining o‘zgarishi yagona o‘zgaruvchan elektrmagnit maydonini vujudga keltiradi.
    O‘zgaruvchan elektrmagnit maydonining yana bir muhim xususiyatlaridan biri, uning paydo bo‘lgan joyidan bo‘linib ketmay, balki shu nuqtadan atrofga uzoq masofaga elektrmagnit to‘lqini sifatida tarqalishidir.
    Maksvell nazariyasi va tajribadan elektrmagnit to‘lqin hamma vaqt va har qanday nuqtada ko‘ndalang to‘lqinlar rusumiga kirishi ma’lum. Elektr va magnit maydon to‘lqinlarining harakat yo‘nalishi, ularning tarqalish yo‘nalishiga doimo perpendikular bo‘ladi. Bunda elektr maydoni yo‘nalishi har vaqt magnit maydon yo‘nalishiga perpendikular bo‘ladi (1.1-rasm).
    Ilk bor elektrmagnit to‘lqinini rus fizigi va elektrotexnigi A.S. Popov 7 may 1895 yili radiopriyemnikni yaratish bilan tatbiq etdi. 1896 yili 24 martda jahonda birinchi marotaba 250 m masofaga radioaloqa o‘rnatildi. Bunda ikkita so‘z «Genrix Gers» telegraf kod orqali uzatilib, qabul qilindi. Turli davlatlardagi ko‘pgina.

    1-rasm

    olimlar elektrmagnit to‘lqindan aloqa maqsadida foydalanish bilan shug‘ullandilar. Masalan, italiyalik radiotexnik va tadbirkor Markoni Gulyelmoni 1894 yilda Italiyada, 1896 yilda esa Velikobritaniyada elektrmagnit maydondan amalda foydalanish bo‘yicha tajriba utkazdi. U 1897 yilda simsiz telegraf usuli ixtirosi uchun patent oldi va apparaturani ishlab chiqarish bo‘yicha aksionerlik jamiyatini yaratib, radioaloqani rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shdi. U 1909 yilda K.F. Braun bilan xamkorlikda Nobel mukofatiga sazovor bo‘ldi.
    Yuz yillardan ortiq davrda elektrmagnit to‘lqinlar radioaloqa tizimlarida, tel- evideniyada, radiolokatsiya va radionavigatsiya tizimlarida, radioboshqarishlar- da, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi.



    1. Radioaloqaning umumiy prinsiplari

    Radioaloqa – bu radioto‘lqinlar yordamida axborotni almashish jarayonidir. Bularga radiotexnik tizimlardan radioeshittirish, xizmatli radioaloqa, televideni- ye, radiolokatsiya, radionavigatsiya, radioteleboshqarish, harakatdagi obyektlar bilan radioaloqa, kosmik aloqa, telefon xizmati, telegraf va yerdagi xamda kos- mosdagi maxsus signallar kiradi.


    Radioaloqa prinsipini tushunish uchun radioaloqada eng ko‘p uchraydigan ba’zi bir tushunchalar bilan tanishib chiqish lozim bo‘ladi.
    Xabar bu axborotni tasvirlash shaklidir. U nutq, tasvir, raqam, harf, buyruq, va shartli belgilar bo‘lishi mumkin.
    Radio – fazoda tarqaladigan yuqori chastotali elektrmagnit to‘lqin yordami- da signallarni masofaga simsiz uzatishdir.
    Radioaloka radio orqali xabarlarni uzatish va qabul qilish. Xabarlarni turi- ga bog‘liq ravishda radioaloqa radiotelegrafli, radiotelefonli, televizionli va boshqalarga bo‘linadi.
    Radio orqali axborotni uzatish uchun (2-rasm) uzatish punktida ra- diochastotada boshqariladigan tok manbai (generator) bo‘lishi kerak. Gene- ratsiya jarayoni yuz beradigan va uni yuqori chastota toki bilan boshqariladigan (modulyatsiya) hamda kuchaytiradigan qurilmani radiouzatish qurilmasi yoki oddiy qilib, uzatgich (peredatchik) deb yuritiladi. Uzatgichning chiqishidan radiochastota energiyasi elektrmagnit energiyani nurlatadigan qurilmaga tushadi. Sim, simlar tizimi va yuza hisoblangan bu qurilmani ko‘pincha uzatadigan antenna ( Auz ) deyiladi. Antennada nurlanadigan erkin elektrmagnit tebranishlar fazoda tarqalib, o‘z yo‘lida elektr yurituvchi kuchni hosil qiladigan qurilma bilan duch keladi. Bu qurilmani qabulqilish antennasi (Aqb ) deyiladi.
    Auz

    2-rasm
    Qabul qilingan tebranishlarning amplitudasi odatda juda kichik bo‘ladi, chunki uzatish punktidan qabul qilish punktigacha bo‘lgan masofada radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida ularning energiyasini juda kuchli so‘nishi kuzatiladi. Shuning uchun radiochastota kuchlanishini kuchaytirib, keyinchalik bu uzatilgan signalni o‘zgartirib, so‘ngra undan tovush chastotali signalni (nutq va muzikani qabul qilishda) yoki telegraf signallarni qabul qilishda o‘zgarmas tok impulslarini ajratib olinadi. Qabul qilingan tebranishlarni kuchaytirib, undan uzatilishi lozim bo‘lgan signalni ajratish vazifasini bajaradigan qurilmani radio qabul qilish qurilmasi yoki oddiy qilib aytganda, qabulqilgich (priyemnik) deyiladi. Qabul qilgich chiqishidan signallar telefonga, radiokarnayga yoki telegraf apparatiga uzatiladi. Bunday aloqani bir tomonlama aloqa deyiladi (2-rasm). Ikki tomonlama aloqadan xar bir punktda uzatgich va qabulqilgich bo‘lishi lozim.



    Download 214.52 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 214.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maruza matni mavzu: radioaloqa asoslari

    Download 214.52 Kb.