Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar




Download 214.52 Kb.
bet4/5
Sana27.02.2022
Hajmi214.52 Kb.
#18156
1   2   3   4   5
Bog'liq
Radioaloqa
kiber xavfsizlik mustaqil ish , 4Ameliy (2), BJD (HEMIS) TEST, Buxgalteriya hisobi, 13.2 Mavzu, 4. Мустакил таълим, Artiqbayeva Diana menejment, elektronika, 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini, Axborot xavfsizligini ta`minlash, Футбо́л Бекзод, 4-Maruza, 2- SINF MATEMATIKA FANIDAN ” Bir nechta sonni ustun ko’rinishda qo’shish, 2-sinf matematika 1 tenglamalar dars ishlanma

Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar


Radiouzatgichlarning tasnifi
Radiouzatgichlar beshta asosiy belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:
- vazifasiga ko‘ra;
- foydalanish ob’ektiga ko‘ra;
- chastotalar diapazoniga ko‘ra;
- quvvatiga ko‘ra;
- nurlanish turiga ko‘ra.
Radiouzatgichning vazifasi shundan iboratki u foydalanadigan radiotexnik tizim orqali aniqlanadi va uzatiladigan ma’lumot turiga bog‘liq. Shuning uchun ular radioaloqa, radioeshittirish, televizion, radiolokatsion, radioo‘lchov, radionavigatsion, radioboshqaruv va boshqa radiouzatgichlar turlariga bo‘linadi.
Foydalanish ob’ekti radiouzatgichni o‘rnatish joyi orqali aniqlanadi va bu uning ishlatishi sharoitlariga ta’sir qiladi. Bu belgi bo‘yicha radiouzatgichlar er ustida statsionar, samolet, sun’iy yo‘ldosh, kema, ko‘chma, mobil radiouzatgichlarga ajratiladi. Ya’ni, ular avtomobillarga, temir yo‘l transportiga va boshqa er ustida harakatdagi ob’ektlarga o‘rnatiladi.
Chastotalar diapazoni bo‘yicha RUlar radiochastotalar diapazonini qabul qilish bo‘icha mos ravishda o‘ta uzun to‘lqinli, uzun to‘lqinli, qisqa to‘lqinli, ultra qisqa to‘lqinli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli RUlarga ajratiladi. Birinchi beshta diapazon uzatgichlari umumiy nomda yuqori chastota RUlari, keyingi uchta diapazon uzatgichlari o‘ta yuqori chastota RUlariga birlashtiriladi. Shunday qilib YuCh va O‘YuCh diapazonlari RUlari orasidagi chegara 300 MHz hisoblanadi.
300 MHzdan kichik bo‘lgan chastotalarda uzatgich YuCh diapazonga, 300 MHzdan yuqori bo‘lgan chastotalarda O‘YuCh diapazoniga kiritiladi.
Antennaga beriladigan YuCh yoki O‘YuCh signal quvvati bo‘yicha RUlar uzluksiz rejimda quvvat nurlanishi bo‘yicha kichik - 100 W gacha, o‘rta – 100...1000 W, katta – 1 kW…10 kW, o‘ta katta - 10 kW dan yuqori quvvatli RUlarga ajratiladi.
Nurlanish turi bo‘yicha uzatgichlar uzluksiz va impulsli rejimlarda ishlaydigan RUlarga ajratiladi. Birinchi holda axborot uzatilayotganda signal uzluksiz, ikkinchi holda esa impulslar tarzida nurlantiriladi.
RU turlarini tavsiflash uchun yuqorida aytilgan beshta razryaddan qaysi turiga tegishli ekanligini ko‘rsatish kerak.

Download 214.52 Kb.
1   2   3   4   5




Download 214.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar

Download 214.52 Kb.