1-Mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati




Download 45.7 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2023
Hajmi45.7 Kb.
#51351
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13.2 Mavzu
Radioaloqa, kiber xavfsizlik mustaqil ish , 4Ameliy (2), BJD (HEMIS) TEST, Buxgalteriya hisobi, 4. Мустакил таълим, Artiqbayeva Diana menejment, elektronika, 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini, Axborot xavfsizligini ta`minlash, Футбо́л Бекзод, 4-Maruza, 2- SINF MATEMATIKA FANIDAN ” Bir nechta sonni ustun ko’rinishda qo’shish, 2-sinf matematika 1 tenglamalar dars ishlanma

1-Mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni
va mohiyati
.
1. Investisiya haqida tushuncha
2.  Investisiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi


1.1. Investisiya haqida tushuncha

O’zbekiston Respublikasining “Investisiyalar va investisiya faoliyati to’g’risida”gi Qonun 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan senat tomonidan 2019 14 dekabrda ma’qullangan.



 



O’zbekiston Respublikasining “Investisiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha, “investisiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligasiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, lisenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”[2].




Investisiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investisiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi. Investisiya jarayonining barcha subyektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investisiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Respublikada investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko’zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investisiyalari milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. Chet el investisiyalari tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rikvizisiya qilinmaydi. Chet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o’z foydasi va boshqa mablag’larini chet el valyutasida chetga o’tkazish kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish, foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo’jalik faoliyatini joriy qilish uchun konsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo’yicha konsessiya berilishi mumkin. Chet ellik investor qarori bilan investisiyalarga hamda ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi respublika qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Investisiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo’lgan pul birligini qadrsizlanishini oldini olishdir. Investisiya faoliyatidan olinadigan samarani ko’paytirish maqsadida investisiyalar hajmini, yo’nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birgalikda yangi moliyalashtirish, kredit bilan ta’minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish tizimlarini takomillashtirishdir. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, investisiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan biri chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari bo’ylab bir tekis joylashtirishdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investisiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bevosita chet el investisiyalarini yangi loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik subyektlarining katta qismini investisiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunda chet el investisiyalar oqimini rag’batlantirish, shu bilan birga milliy iqtisodiyot subyektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o’rinda turadi. Shunday qilib davlat tomonidan investisiya munosabatlarini tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, bevosita chet el investisiyalari oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik subyektlarining qo’yilmalarini kengaytirishdan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida chet el investisiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 45.7 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 45.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Download 45.7 Kb.