Investisiya risklilik darajasini aniqlovchi beri indeksi haqida tushuncha




Download 39.12 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2024
Hajmi39.12 Kb.
#187979
  1   2
Bog'liq
Beri indeksi
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

Investisiya risklilik darajasini aniqlovchi BERI indeksi haqida tushuncha
Hasanov A’zam Karomatovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
E-mail: hasanovazik59@gmail.com
Tel nomer: +998934574727
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga ko‘ra «BERI» indeksi orqali kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhiti tahlil qilinib, investitsiyalarning risklilik darajasi aniqlanadi. Iqtisodiyotga safarbar qilingan investitsiyalarning samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) ko‘rsatkichi mamlakatdagi real sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini aniqlashda yordam beradi. Xorijiy investorlar reytingdagi ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng foydalanadilar. Mamlakatning reytingi yuqori yoki pastligi albatta, katta ahamiyat kasb etadi. Lekin shu reytingga kirishning o‘zi ham investorlarda ushbu mamlakatga nisbatan u yoki bu darajada ishonch uyg‘otadi. “Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hududiy dasturlari samarasini oshirish, uni doimiy monitoring qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan “Hududlarda iqtisodiy rivojlantirish” konsepsiyasini ishlab chiqish kerak”1
Shuningdek, hozirgi kunda xorijda investitsiyalarga bo‘lgan talab yuqori. Tashqi aloqalarni rivojlantirish, mavjudlarini esa mustahkamlash hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, davlatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy-me’yoriy, ijtimoiy va boshqa turli xil shart-sharoitlarni yaratish zarur. Ma’lumki, O‘zbekiston respublikasi hududida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashitirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida 29.04.2019-yildagi PQ-4300-sonli qaror ishlab chiqilgan.
Jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalarini jalb qilmasdan, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tashkilotlarni zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan ta;minlash va qayta jihozlash mumkin emas. Avvalo, xorijiy investitsiyaning ta’rifini ko‘rib chiqsak: - “Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar.1
Bundan tashqari, B.A.Vaxobov fikricha, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – investorga iqtisodiy faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat etish imkonini beradigan investorning uzoq muddatli, firmaning kamida 10 foiz ulushiga yoki aksiyadorlar kapitaliga egalik qilishiga imkon beradigan investitsiyalardir”2.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uzoq muddatga ma’lum bir mamlakat hududidagi korxonaga sarmoya kiritish va natijasida kamida 10 foiz asksiyasiga egalik qilishdir.
Hozirgi kunda xorij tajribalariga asoslangan holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rivojlanitirish va oshirishni quyidagi omillar belgilab beradi:
1) investitsiya muhitining barqarorligi;
2) valyuta kursidagi ijobiy o‘zgarishlar;
3) soliq tizimini takomillashitirishdagi aniq mexanizmlarning mavjudligi;
4) soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;
5) jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelaganligi.


Download 39.12 Kb.
  1   2




Download 39.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investisiya risklilik darajasini aniqlovchi beri indeksi haqida tushuncha

Download 39.12 Kb.