48
Shimolga qaratilgan ayvonlar uy ro‘zg‘or buyumlarini saqlashga qulaydir.
Janubga qaragan xonalardan kun bo‘yi foydalanish mumkin, lekin ularni, albatta
quyoshga qarshi gorizontal qurilmalar bilan jihozlash zarur.
Yashash uchun mo‘ljallangan yozgi xonalarni shovqindan va har tomonlama
ko‘rinishdan himoya qilmoq zarur. Shuning uchun ko‘pincha yon tomondagi devorlar
yopiq holatda qurilishi kerak. Yozgi xonalarning pollari sovuq, ya’ni muzdek, plitka,
plastinka bo‘lishi mumkin. Yog‘och polli xonalar faqat oynavand yozgi xonalarda
bo‘lishi mumkin.