• Magnit puskatelni ulanish sxemasi.
  • Magnit puskatelellar Reja: Kirish Magnit puskatelni ulanish sxemasi. Standart sxema




    Download 1,38 Mb.
    bet1/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #150255
      1   2   3
    Bog'liq
    Konchilik korxonalarida suv chiqarishni tashkil qilish va suv chiqarish


    Magnit puskatelellar
    Reja:
    Kirish
    1. Magnit puskatelni ulanish sxemasi.
    2. Standart sxema.
    3. Revers ulanish sxemasi.
    4.Xulosa.
    5.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish. Magnit puskatelni ulanishi tajribalik elektrik uchun muammo emas, lekin yangi boshlovchilar uchun, bu haqda o'ylashga to'g'ri kelishi mumkin. Magnit puskatel bu yuqori quvvatli yuklamalarni masofadan boshqarish uchun kommutasiya qiluvchi (uzib ulovchi) qurilma hisoblanadi. Amalda, ko'pincha, kontaktorlar va magnit puskatellar asosan asinxron elektr dvigatellarni ishga tushirish va to'xtatish, elektr dvigatellarni teskari tarafga harakatlanish imkonini beruvchi revers aylanish va ularni boshqarish uchun qo'llaniladi.
    O'z o'rnida bunday qurilmalar asinxron dvigatellardan tashqari, boshqa yuklamalarning, masalan kompressorlar, nasoslar, isitish va yoritish qurilmalarini ishlashida ham foydalaniladi.
    Xavfsizlikni maxsus talablari bo'lganda (binodagi yuqori namlik) g'altagi (katushkasi) 12, 24 voltli puskatellardan foydalanish mumkin. Va bu holda elektr jihozlarining manba kuchlanishi katta bo'lishi mumkin, masalan, 380 volt. To'g'ridan to'g'ri vazifasi bo'lgan kommutasiya qilish va katta tokli yuklamani boshqarishdan tashqari, yana bir muhim xususiyati - qurilmada elektr energiyasi uzilishi yuz berganda avtomatik o'chirish imkoniyati bor
    Yaqqol misol. Biror bir dastgohni ishlashida, masalan, arralash mashinasining ishlashi paytida tarmoqdagi kuchlanish yo'qolgan. Dvigatel to'xtadi. Ishchi mashinaning ishlaydigan qismiga ko'tarildi, keyin birdan tarmoqda kuchlanish yana paydo bo'ldi. Agar mashina oddiygina rubilnik bilan boshqarilsa, mashina darhol yoqiladi va natijada jarohatlar paydo bo'ladi. Magnit puskatel yordamida elektr dvigatelli apparatlarni boshqarishda, "ishga tushirish" tugmasi bosilmaguncha apparat yoqilmaydi.

    Magnit puskatelni ulanish sxemasi.
    Aslida, magnit puskatelni ulashning ko‘plab variantlari mavjud, biz bir nechtasini tasvirlaymiz. Magnit puskatelni bir fazalik tarmoqqa ulash sxemasi sodda, shuning uchun u bilan tanishishni boshlaylik - keyingi sxemalarni tushunish yanada osonroq bo‘ladi.
    Qurilmani 220 V ga ulashning nozik jihatlari.
    Magnit puskatel'ni qanday ulashga qaror qilinganidan qat'i nazar, loyihada har doim ikkita zanjir bo‘ladi – kuch va boshqaruv qismi. Birinchisi orqali uskunalarga kuchlanish beriladi, ikkinchisi orqali uskunaning ishlashi nazorat qilinadi.
    Boshqaruv zanjirini ulanishi.
    Magnit puskatelni cho‘lg‘ami odatda A1 va A2 belgilari bilan belgilanadi, unga 220 vol't kuchlanish keladi, agar puskatel'ni cho‘lg‘amini o‘zi bunday kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘lsa. "Faza" ni A1 yoki A2 kontaktlardan istaganingizga ulashingiz mumkin, ularda faza va nolni ulanishda farq yo‘q. Odatda faza A2 ga ulanadi. Kuchlanish turi muhim emas, asosiysi, nominali 220 V chegarasidan chetga chiqmasa bo‘ldi.

    Download 1,38 Mb.
      1   2   3




    Download 1,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit puskatelellar Reja: Kirish Magnit puskatelni ulanish sxemasi. Standart sxema

    Download 1,38 Mb.