5-AMALIY MASHG‘ULOT.
USTUNLI APPARATLARNI YIG‘ISH VA
O‘RNATISH
Ishning maqsadi. Ustunli apparatlarni yg„ish va o„rnatish
ishlarini
amalga oshirish ketma-ketliklarini o„rganish.
Nazariy
ma’lumotlar.
Ustunli
apparat
deganda
vertikal
joylashtiriladigan, balandligi ko„ndalang o„lchamidan ancha katta bo„lgan
apparat tushuniladi. Bunday apparatlarga rektifikatsion ustunlar,
absorberlar,
adsorberlar,
desorberlar,
distillyatorlar,
skrubberlar,
ekstraktorlar va boshqalar kiradi. Nomlari keltirilgan apparatlarni o„rnatish
va ta‟mirlash usullari bir xil. Bundan tashqari, bu usullarni ko„p hollarda
to„liq
yoki kisman reaktorlar, regeneratorov,
turli xil tayanch
konstruksiyalarda, mo„rikon, minora va boshqalarda ham qo„llasa bo„ladi.
Aytib o„tilganidek, ustunli apparatlar gorizontal holatda yig„iladi.
Buning uchun alohida bloklar (silindrning qismlari) aylanadigan katokli -
rolgangli yig„ma stendlarga (5.1, a-rasm) yoki chegaralovchi burchaklari –
tirgaklari bo„lgan shpallarga yotqiziladi (5.1, b-rasm).
Har bir ulanadigan
qism ostiga qo„yiladigan tirgaklar soni apparatning vazni va kesimiga
ko„ra tanlanadi. Tirgaklar o„rtasidagi masofa odatda 5 metrdan oshmaydi.
5.1-rasm. Silindrsimon qurilmalarni yig‘ish uchun stend: a - roliklar
bilan o„rnatish; b - ochiq maydonlarda o„rnatish.
Apparatning ulanadigan qismlari bir-biriga tomon quvurtaxlovchilar yoki
tarktorlar yordamida tortiladi. Butun perimetr bo„ylab
barcha ulanadigan
joylar bir-biriga mos kelishi uchun sakkiz va undan ortiq yo„naltiruvchi
plankalar payvandlanadi (5.2-rasm) va ular ulanadigan joy qisqa payvand
choklari
bilan tutashtirilgan, gaz-kislorodli keskich bilan qirqib tashlanadi.