• AVTOMATLASHTIRISH ASOSLARI VA ULCHOV ASBOBLARINING NAZORATI fanidan MA’RUZALAR MATNI Temirov K.M.
  • Navoiy- 2009 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Ma’ruza № 1
  • Boshkariluvchi tizim. 3. Chetga chikishlar buyicha boshqaruv . Boshkariladigan va boshkarilmaydigan obektlar
  • O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji «Kimyoviy texnologiya va energetika»




    Download 174.98 Kb.
    bet1/38
    Sana16.03.2024
    Hajmi174.98 Kb.
    #174112
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Avt asos va ul asb naz doc-fayllar.org
    5-amaliy mashg\'ulot. Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar. Komplek-hozir.org, Shovqin va undan himoyalanish 1 Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning , Mavzu №4

    Avt asos va ul asb naz doc




    O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim 
    Vazirligi 
    Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 

    «Kimyoviy texnologiya va energetika» fanlari kafedrasi



    AVTOMATLASHTIRISH ASOSLARI VA ULCHOV 
    ASBOBLARINING NAZORATI 
    fanidan 

    MA’RUZALAR 
    MATNI 

    Temirov K.M. 

    «Kimyoviy texnologiya va energetika» fanlari


    kafedrasi umumiy ___sonli yig’ilishida ko`rib
    chiqildi va tasdiqlandi.
    “____”__________ 2009 yil
    kafedra mudiri:
    Vapoev M.M

    Navoiy- 2009 
    PDF created with pdfFactory Pro trial version
    www.pdffactory.com





    Ma’ruza № 1 
    Mavzu: Sistemalarni avtomatik boshqarish togrisida umumiy 
    ma’lumotlar 
    Reja: 
    1. Boshkariladigan va boshkarilmaydigan ob'ektlar.
    2. Boshkariluvchi tizim. 
    3. Chetga chikishlar buyicha boshqaruv.
    Boshkariladigan va boshkarilmaydigan ob'ektlar.
    Boshqaruv hamma soxalarda tarkalgan, tabiat va jamiyatda xilma-xil kurinish va
    shakllarda kullaniladi. Odatda boshqaruv so’ziga iqtisodiy ma'noda inson va insoniyat
    tomonidan o’zining atrofidagi tabiiy va insoniyat dunyosiga yashashini, turmushini davom
    ettirish va yaxshilashni ta'minlash uchun amalga oshiriladigan ta'sirlarni, ya'ni «insoniy
    boshqaruvni» tushuniladi. Bunday yondoshishdan yuqorida keltirilgan «boshqaruv»
    tushunchasini
    shakllantirishda ham foydalanilgan. Boshqaruvni bunday tushunish orkali jaxonda bulib
    utayotgan barcha jarayonlar, ko’zatilayotgan ob'ektlarni boshkariladigan va
    boshkarilmaydiganlarga bulish mumkin.
    Boshkariladiganlariga inson, insoniyat yurish-turishi, xatti-xarakatlari- ni
    istalgan tomonga o’zgartira va yunaltira turib, ta'sir etishga kodir jarayonlar, xodisalar,
    ob'ektlar kiradi. Shunga muvofik inson tomonidan faol ta'sir etish imkoniyati chegarasidan
    tashkarida bo’lgan jarayon va ob'ektlar boshkarilmaydigan xisoblanadi. Tabiiyki,
    «boshkariluv» va «boshkarilmaslik» mutlok tushunchalar emas. Real xayotda kisman
    boshkariladigan, belgilangan darajada va belgilangan navbatda, kandaydir chegaragacha
    boshkariladigan muomalada bulishga tugri keladi. Ayni paytda bugun boshkarilmaydigan
    jarayonlar va ob'ektlar ertaga, agar inson ularni boshqarish vositalari va usullarini
    o’zlashtirsa boshkariladigan bulishi ham mumkin. Xozircha kishilar ob-xavoni, iklimni
    boshkara olmaydilar, ammo bu yunalishda ilk kadamlar quyila boshlandi.
    Kishilar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv iqtisodiy va xatto, falsafiy
    ma'noda ham ana shunday kurinadi, kabul kilinadi. Ammo boshqaruvga yanada umumiyrok
    karash
    mumkin, unga ko’ra boshqarish imkoniyati, xukuki, san'atiga fakat insonlargina ega bulmaydi.
    Inson tirik va jonsiz tabiat hamda o’zi tomonidan yaratilgan ikkilamchi, sun'iy
    tabiatning kupgina ob'ektlarini boshkaradi. Inson o’zga kishilarni ham, ularning xatti-
    xarakatlarini ham yunaltirib, nazorat kilib, boshkaradi. Ayni paytda biz boshqaruv va o’z-
    o’zini boshqarishning kup sonli jarayonlari guvoxi bulamizki, ularda ob'ektlar va
    jarayonlarga boshqaruvchi ta'sirlar kishilar tomonidan ishlab chikilmaydi. Xayvon va kishi
    organizmida tananing belgilangan xarakati avtomatik ravishda ushlab turiladi, kon okimi
    tartibga solinadi. Yovvoyi xayvonlar podasini odatda yetakchi (serka) boshkaradi. Mashina va
    mexanizmlarni boshqarishni esa asboblar amalga oshiradi. Bunday vaziyatlarda kishilar yoki
    umuman boshkarmaydilar, yoki avtomatik boshqarish uchun asboblar yaratib, boshqaruvga
    vositali alokaga ega buladilar.
    Shu bilan birga, boshqaruv ko’zatiladigan barcha jarayonlarda ularning tabiati va
    boshqaruvchi ta'sirining manbai sifatida insonning ishtirok etishidan kat'i nazar,
    boshqaruvning barcha shakllari, turlariga xos kandaydir umumiylik mavjud. Boshqaruvning
    istalgan tizimida boshqaruv sub'ekti, boshqaruv ob'ekti, boshkariluvchi ta'sir, teskari aloka
    kabi uning ajralmas tarkibiy kismlari, elementlari buladi. Ular boshqaruvning yagona va,
    ayni paytda, umumiy shaklini tashkil kiladi.
    XX asrda mustaqil yunalish shakllanadi. Boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, biologik,
    texnik tizimlari, ob'ektlariga xos universal jarayon sifatida ta'riflovchi umumiy tamoyillarni
    o’rganish uning predmeti bulib koldi. Tirik va jonsiz tabiatda, texnika va iqtisodiyotda buning
    umumiy konuniyatlarini urganuvchi fan kibernetika degan nomni oldi. Kibernetikaning predmeti
    iqtisodiyotdagi boshqaruvni urganuvchi tarmok bo’lgan «iqtisodiy kibernetika» nomi bilan
    PDF created with pdfFactory Pro trial version
    www.pdffactory.com



    mashxur. Kibernetikaning vujudga kelishi va rivojlanishiga mashxur amerikalik olim Norbet


    Viner juda katta xissa kushgan, uni «kibernetikaning otasi» deb bejiz aytishmaydi. Shunisi
    kizikki, «kibernetika» atamasi (yunonchadan tarjima kilinganda, «rulni boshqaruvchi» ma'nosini
    bildiradi), ilmiy tamoyilga 1948 yilda N.Vinerning «Kibernetika» kitobi nashr kilingandan keyin
    kiritilgan bo’lsa ham, undan birinchi marta buyuk fizik olim Amper davlat boshqaruvini
    belgilash uchun foydalangan.
    Kibernetika g’oyalarining serunumligi aniq bo’lsada, shuni esdan chikarmaslik kerakki,
    xatto N.Vinerning o’zi ham iqtisodiyotda texnik va biologik kibernetika tamoyillari, koidalaridan
    foydalanish imkoniyatlari cheklanganligi xakida ogoxlantirgandi.



    Download 174.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 174.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji «Kimyoviy texnologiya va energetika»

    Download 174.98 Kb.