|
Magnit puskatelellar Reja: Kirish Magnit puskatelni ulanish sxemasi. Standart sxema
|
bet | 2/3 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #150255 |
Bog'liq Konchilik korxonalarida suv chiqarishni tashkil qilish va suv chiqarishStandart sxema.
Bu sxema elektr dvigatelni oddiy ishga tushirish kerak bo'lgan hollarda qo'llaniladi. "ishga tushirish" tugmasi bosildi – dvigatel yoqildi, "to'xtatish" tugmasi bosildi – dvigatel to’xtadi. Dvigatel o'rniga puskatel kontaktlarga ulangan har qanday yuklama bo'lishi mumkin, masalan, quvvati katta isitgich.
1-rasm.
Ushbu sxemada kuch qismi o'zgaruvchan uch fazali 380V kuchlanishdan "A" "B" "C" fazalari bilan ta’minlanadi. Bir fazali kuchlanish holatida esa faqat ikkita klemmalar ishlatiladi. Sxemani kuch qismiga quyidagilar kiradi: uch qutblik avtomat o’chirgich QF1, magnit puskatelni uch juft kuch kontaktlari 1L1-2T1, 3L2-4T2, 5L3-6T3 va uch fazali asinxron elektr dvigatel M. Boshqaruv zanjiri " A " fazasidan manba oladi. Boshqarish zanjiri sxemasiga SB1 "to’xtash" tugmasi, SB2 "ishga tushirish" tugmasi, KM1 magnit puskatel cho’lg’ami va uning "ishga tushirish" tugmasiga parallel ulangan yordamchi kontakti 13NO-14NO lar kiradi.
E'tibor bering. Foydalanilayotgan tarmoq kuchlanishi va puskatel cho’lg’amini o’zininig nominal kuchlanishiga qarab, cho’lg’amning har xil ulanish sxemalari bo’ladi. Misol uchun, agar magnit puskatelni cho’lg’ami 220 voltga bo’lsa, - uning bitta chiqishi (N) neytralga, boshqasi «ishga tushirish» tugmasi orqali fazalardan biriga ulanadi.
Agar cho’lg’amni nominali 380 voltga bo'lsa, bitta chiqishi fazalardan biriga, ikkinchi chiqishi esa zanjir tugmalari orqali boshqa bir fazaga ulanadi. Shuningdek kuchlanishi 12, 24, 36, 42, 110 voltli cho’lg’amlar ham mavjud, shuning uchun puskatel cho’lg’amig’a kuchlanishini berishdan oldin, siz uning nominal ish kuchlanishini aniq bilishingiz kerak.
"Start" tugmasini bosilganda " A " faza, KM1 puskatel cho'lg'amiga keladi, puskatel ishga tushadi va uning barcha kontaktlari ulanadi. Kuchlanish 2T1, 4T2, 6T3 pastki kuch kontaktlarida paydo bo'ladi va ulardan elektr dvigatelga o'tadi. Dvigatel aylanishni boshlaydi. Siz "Start" tugmasini qo'yib yuborishingiz mumkin bunda elektr dvigatel o'chib qolmaydi sababi, "start" tugmasiga parallel ulangan puskatelni 13NO-14NO yordamchi kontaktlaridan foydalanib o'zini o'zi ushlab olish amalga oshirilgan.
Shunday qilib, "Start" tugmachasini qo'yib yuborilgandan so'ng, faza magnit puskatelni cho'lg'amiga kelishda davom etadi biroq endi 13NO-14NO juftligi orqali. Agar o'z-o'zini ushlab tura olmasa nima bo'ladi, elektr dvigatelni yoki boshqa yuklamani ishlashi uchun "start" tugmasini har doim bosib turish kerak bo'ladi.
2-rasm
Elektr dvigatelini yoki boshqa yuklamani o'chirish uchun "Stop" tugmasini bosish kifoya: zanjir uziladi va boshqaruvchi kuchlanish puskatel cho'lg'amiga kelishi to'xtaydi, qaytuvchi prujina kuch kontaktlari bilan puskatel o'zagini dastlabki holatiga qaytaradi, kuch kontaktlari ajraladi va elektr dvigatel, elektr tarmog'idan uziladi.
Magnit puskatelni (amaliy) ulanish sxemasi qanday ko'rinishga ega?
3-rasm.
"start" tugmachasiga ortiqcha o’tkazgich tortmaslik uchun, puskatel cho’lg’amining chiqishlaridan biri bilan unga yaqin bo’lgan yordamchi kontakt o’rtasiga bog’lovchi o’tkazgich ulash mumkin, bu holda «А2» va«14NО» bo’ladi. Qarama-qarshi tarafdagi yordamchi kontaktdan o’tkazgich, to'g'ridan-to'g'ri "start" tugmachasining "3" kontaktiga tortiladi.
4-rasm.
Rasmda magnit puskatelni boshqaruv qismi choʼlgʼami 380 V boʼlgan sxema koʼrsatilgan. Boshqaruv qismi zanjiri istalgan ikki faza oʼrtasida ulanadi. Sxemada xavfsizlik uchun termorele mavjud, kuch qismi oʼtkazgichlari termorele orqali oʼtib ulanadi.
5-rasm.
Choʼlgʼami 380 volt boʼlgan magnit puskatelni ulanishi, choʼlgʼami 220 volt boʼlgan magnit puskatel sxemasi bilan bir hil analog ravishda boʼladi, 220 voltli choʼlgʼamda chiqishlari faza va nolga ulangan boʼlsa, 380 voltli magnit puskatel choʼlgʼami chiqishlari istalgan ikkita fazaga ulanadi. Termorele ham analog tarzda ulanadi. Chunki uning mexanizmi ishlash prinsipi yelektr kabellarining haroratiga bogʼlangan.
|
| |