-rasm. Toshkent shahri, Yunusobod tumani. “Do’stlar” turar-joy binosi




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

2.1-rasm. Toshkent shahri, Yunusobod tumani. “Do’stlar” turar-joy binosi. 


33 
III BOB. XONADONNING TARKIBI VA JIHOZLARI 
3.1 Xonadonlarni loyihalashda umumiy qoidalar 
Xonadon deb binoning bir-biriga birlashtirib bog‘langan, bitta oilaning yashashi 
uchun mo‘ljallangan qismiga aytiladi. Xonadon turar-joylarning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu xonadonlarda oila a’zolari o‘zining asosiy vaqtini o‘tkazadi, ya’ni 
ular bu yerda dam olishadi, ishlashadi, uxlashadi, ovqatlanishadi va mehmon 
kutishadi. Oilaning tarkibiy soni turar-uy yacheykasining asosiy xususiyatlaridan 
biridir. Aynan shu xonadonga mo‘ljallangan kishilar soni bilan, uning o‘lchami, 
umumiy va yashash maydonlari aniqlanadi (loyihachi uchun muhim bo‘lgan, 
amaldagi bir kishi uchun mo‘ljallangan maydon me’yoriga ko‘ra). 
Xonadonning yashash maydoni-bu barcha yashash xonalar maydonlari 
yig‘indisi, umumiy maydon-bu xonadondagi barcha xonalar maydoni yig‘indisidir. 
Hozirgi vaqtda, bir kishi uchun yashash maydoni turar-uy taqsimotida asosiy 
ko‘rsatkich hisoblanadi, xonadonning umumiy maydoni esa, xonadonni loyihalashda 
asos bo‘lib xizmat qiladi (lekin kelajakda, turar-uylar xonadonlarning umumiy 
maydoni bo‘yicha taqsimlanishi va narxlanishi ko‘zda tutilmoqda). 
Uy tarhini yechishga uning qanday hajmli bo‘lishiga qaramasdan u yerda hayot 
kechirish uchun kerak bo‘ladigan hamma shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bular: har 
bir oila a’zosining dam olishi va shaxsiy ishlarini bajarishi, uy xo‘jaligini olib borishi, 
ovqat tayyorlash va ovqatlanishi, oila a’zolari bir-biri va boshqa odamlar bilan 
muloqotda bo‘lishi, gigiyenik tozalikni saqlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishi 
kerak. Turar-joy xonalarining soni va hajmi oila a’zolarining soniga, yoshiga qarab 
belgilanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining kasbi ham hisobga olinadi. Masalan, 
ilm ahli va san’at xodimlari uchun alohida xona ajratiladi, ya’ni ishlaydigan xona. 
Yordamchi xonalarning maydoni yashaydigan xonalarning soniga qarab belgilanadi.
Turar-joylardagi xonalar o‘zini foydalanish vazifasiga ko‘ra ikkita asosiy
guruhlarga bo‘linadi: asosiy yashash xonalari (shaxsiy yashash xonalari- 
yotoqxonalar va umumoilaviy xonalar) va yordamchi xonalar (xonadonlarning 
shaxsiy gigiyena, xo‘jalik qismlari).


34 
Xonadonlar asosiy, xo‘jalik va shaxsiy yashash zonalariga bo‘linadi. 
Xonadonlarning asosiy qism zonasidagi xonalarga mehmon kutib oladigan va shu 
bilan birga oila a’zolari bir yerga to‘planadigan yemakxona, mehmonxona, ish 
kabinetidan iborat bo‘ladi. Bu xonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dahliz orqali o‘tiladi. 
Xo‘jalik qismiga oshxona, hojatxona, yuvinish xonalari kiradi. Ular asosiy qism 
bilan yotoq qism o‘rtasida joylashgan bo‘lib, u uzoqroqda joylashgani ma’qul (3.1-
rasm). 

Download 18,93 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Toshkent shahri, Yunusobod tumani. “Do’stlar” turar-joy binosi

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish