Turar-joylarga qo‘yiladigan badiiy-me’morchilik talablar




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
2.3 Turar-joylarga qo‘yiladigan badiiy-me’morchilik talablar 
Turar uy-joy binolari o‘zining vazifasiga ko‘ra o‘z ko‘rinishiga ega bo‘lishi 
kerak. Qurilishda turar uy-joyining bo‘laklari (detali) inson o‘lchoviga hamohang 
bo‘lishi kerak. Bu vazifalar kam qavatli uy-joylarda osonroq hal qilinadi.
Ko‘p qavatli Turar-joy uylarining tashqi ko‘rinishini tanlashda me’morlar ancha 
qiyinroq vazifalarni yechishiga to‘g‘ri keladi. Bunda binoning masshtabiga mos 
ravishda yirik bo‘laklarni qo‘llash (ustunlar, antablement va boshqalar), uy joy 
binolarini monumental va boy bo‘lishiga olib keladi, bu esa ularning oldiga 
qo‘yilgan badiiy talablariga javob berishi kerak. Turar-joy binolari, ayniqsa, janubda 
joylashgan uylar tabiat bilan mujassamlashib ketishi kerak.
Bu funksional xususiyat o‘zining badiiy ko‘rinishida, ya’ni yozgi xonalar 
(ayvon, supa va boshqalar) yechimida o‘z aksini topadi. Quyoshga qarshi 
qurilmalarning uyni issiqdan saqlash uchun foydalanilishi janubiy uyning o‘ziga xos 
badiiy ko‘rinishini yaratishga yordam beradi.


32 
Ushbu maqsadda ko‘kalamzorlashtirishdan ham foydalaniladi. Turar-joy 
binolariga rang tanlash ham katta ahamiyatga ega, ya’ni har - xil qoramtir va kul 
ranglarni ishlatishdan saqlanish kerak, chunki ular binoga xunuk ko‘rinish berishi 
bilan birga bu ranglar quyosh nurini yaxshi qaytara olmaydi va xonalarning isib 
ketishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda och va issiq ranglarni ishlatish zarur. Xalq 
me’morchiligining usullari, xalq an’analari, urf-odatlarini inobatga olgan holda 
Turar-joy binolarining me’morchiligini jonlashtirish mumkin. Andozali Turar-joylar 
bilan o‘ziga xos orginal va har-xil ko‘rinishdagi Turar-joylarni yaratish me’morlardan 
mohirlikni va ijodiy yangi usullarini talab etadi. Turar uy-joy, jamoat binolarini 
muvaffaqiyat bilan uyg‘unlashtirib mikrorayon va Turar-joy hududlarini 
joylashtirish, kompozitsion har-xil siluetlar hosil qilish, rang va fakturalardan to‘la 
foydalanish, yer sathi bilan to‘la uyg‘unlashib ketishi, ko‘kalamzorlashtirish va suv 
bilan to‘g‘ri ta’minlash qurilishdagi loqayd ko‘rinishlarni yo‘qotishga olib keladi. 
Tipik loyihalarga har-xil yangi usullarni kiritish yo‘li bilan turar-uylar badiiy 
yechimini boyitish lozim. Me’morlar bu usullardan to‘g‘ri foydalanib kompozitsion 
tizimga ega bo‘lgan Turar-joy, bekatlar va uylar loyihasini tuzadilar. Shunday qilib 
me’morlar muvaffaqiyatli loyihalar uchun har xil usullarni qo‘llab Turar-joy
massivlarini boyitishi, tajriba va ijodiy yondoshish orqali har - xil kompozitsion 
vazifalarni hal etishlari mumkin. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Turar-joylarga qo‘yiladigan badiiy-me’morchilik talablar

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish