29
Qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarini
to‘g‘ri tanlash, zavodda tayyorlanayotgan andozali
konstruktiv qurilma va
jihozlaridan o‘rinli foydalanish qurilishni arzonroqqa tushirishga yordam beradi.
Bundan tashqari uyning qavati va qurilish maydonini to‘g‘ri xal qilish ham
tejamkorlik omillaridan biridir.
Loyihaviy yechimlarni tanlashda arxitektura-qurilish me’yorlaridan to‘liq va
unumli foydalanish zarur, lekin xamma masalalarni yechishda ushbu me’yorlarga
amal qilishning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun loyiha tanlashda bir necha xil
loyihalarning ichidan texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari jihatidan tejamli bo‘lganlarini
olish yaxshi natija beradi.
O‘zbekiston tabiiy-iqlimi sharoiti uylarni yaxshi shamollatish uchun derazalarni
ikki qarama-qarshi tarafga o‘rnatish, seksiyada to‘rt xonadon o‘rniga ikki xonadonni
joylashtirishda zina kataklarining sonini oshib ketishi, katta-katta yozgi xonalardan
foydalanish va quyoshga qarshi qurilmalarning o‘rnatilishini taqozo etadi. Bu esa
uyning tannarxini oshib ketishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda
tez-tez yer qimirlab
turishi ham uylarni mustahkam qurilmalar bilan qurishni talab etadi, bu esa o‘z
navbatida ortiqcha mablag‘ sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bu sabablar
bizning me’morlarimiz oldiga qurilishda tejamkor va unumli me’moriy loyihalarni
tanlashni taqozo etadi.
Mamlakatimizdagi mavjud va rejalashtirilgan turar-joy qurilishi hajmiga ko‘ra,
turar-uy muammosini yechishga yo‘naltirilgan moddiy mablag‘ va mehnat
resurslaridan ratsional foydalanish ahamiyati oshmoqda. Bu bilan loyiha
yechimlarining iqtisodiy samaradorligi qat’iy nazorati zaruriyati tug‘iladi.
Loyihalarning iqtisodiy baholash uchun bir nechta ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ulardan muhimi – bu qurilayotgan uy maydonidagi aholi zichligidir. Bu ko‘rsatkich
yordamida shaharsozlik yechimi samaradorligi baholanadi.
Qurilmalar zichligi faqat sanitar – gigiyenik qulaylik talablariga zid bo‘lmagan
chegaralargacha oshishi mumkin. 12-16 qavatli uylar maksimal zichlikni beradi, lekin
kam qavatli zich (2-4 qavatli) qurilmalar ham samarali bo‘lishi mumkin.
30
Turar-uy loyihasi iqtisodiy samaradorligi qurilish uchun smeta tuzishda to‘liqroq
aniqlanadi. Smeta ma’lumotlaridan kelib chiqib, turar-uy
maydoni kvadrat metriga
mos qiymati aniqlanadi. Ammo smetalar to‘liq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari
asosida tuziladi va loyihalash jarayonidan undan foydalanilmaydi. Shuning uchun,
oraliq bosqichlarda loyihani baholash uchun, boshqa ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi, bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyot nuqtai – nazaridan optimal bo‘lgan
variantlarni tanlash imkonini beradi. Ular orasidagi birinchi va eng ahamiyatli
ko‘rsatkich – bu K
1
koeffitsienti orqali ifodalanuvchi,
xonadondagi umumiy va
yashash maydoni nisbatidir. U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Xo‘jalik xonalari maydonini oshirish, iqtisodiy samaradorlik yechimini
pasaytiradi. Ikkinchi loyiha jarayonida foydalanuvchi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkich –
bu K
2
koeffitsientidir. U turar-uy kubaturasining yashash maydoni yig‘indisiga
bo‘lgan nisbatini harakterlaydi va u hajmiy koeffitsient deb nomlanadi:
K
2
K
2
– kattaligi K
1
ga; turar-uy seksiyasi hamda uydagi vertikal va gorizontal
kommunikatsiyalar soni (zinapoya, liftlar, vestibyullar va h.k.); qavatlar balandligi;
konstruktiv parametrlarga (devorlar, to‘siqlar qalinligi va h.k.) bog‘liqdir.
Loyiha yechimining iqtisodiy ko‘rsatkichi – K
3
(binoning tashqi to‘sib turuvchi
devorlar maydonining bino umumiy maydoniga nisbati) va K
4
(tashqi devorlar
perimetrining bino band qilgan maydonga munosabati) koeffitsientlaridir.
Bu ikkala
koeffitsient sovuq yuzalar kattaligini hisobga olgan holda, isitish uchun materiallar
sarfi va ekspluatatsion harajatlar nuqtai nazaridan loyihalarni baholashga imkon
beradi. Lekin, shuni esda tutish kerak-ki, bu ikki koeffitsientlar bilan ortiqcha
hisoblashish, binoning tarhiy yechimida oddiy shakllanishiga olib keladi va shu bilan
birga kompozitsion yechimlar qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Qurilish
qiymatiga
industrializatsiya darajasi ham, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunki binolar
qurilishining
(yirik panelli, hajmiy-blokli uy qurish, inventarli opalubkalar va h.k.lardan
31
foydalanish) industrial texnologiyasining ixtiyoriy ko‘rinishi, qurilishdagi mehnat
sarfini keskin qisqartiradi. Bu ma’noda, ichki va tashqi devor panellarini zavodda
tayyorlash alohida samaralidir. Konstruksiyalar massasini kamaytirish ham alohida
o‘ringa ega. Ammo, qurilishdagi mehnat sarfini qisqartirish, bu bilan qurilish
qiymatining pasayishini bildirmaydi. Masalan, monolit va yig‘ma-monolit uy
qurilishining rivojlangan va yo‘lga qo‘yilgan texnologiyasi
yirik panelli uyga
qaraganda, umumiy maydon m.kv. qiymatini pasaytiradi.
Ekspluatatsion harajatlarga isitish, yorug‘lik harajatlari, lift ekspluatatsiyasi,
axlat tashish, umumiy foydalanish xonalarini tozalash, kundalik va kapital ta’mirlar
hamda shu kabi harajatlar kiradi. Ushbu harajatlarni qisqartirish loyihalash
masalaridan biridir. Bu masala samarali isitgichlar va uzoq muddatli bezak
materiallardan
foydalanish hisobiga, qavatlarni ratsional rejalash va liftlardagi
me’yoriy passajir yukiga rioya qilish yo‘llari bilan yechiladi.
Jamiyatning iqtisodiy potensialini oshirish va loyihalash – qurilish ishlarini
mukammal tashkil qilish yordamida, turar-uy joy qulayligini oshirish va uning
arxitekturaviy sifatlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratiladi.