26
Izoh. Badan-tarbiya maydonchalaridan turar-joy uylarining derazalaridan
jamoat
binolarigacha
bo‘lgan
masofa
bu
maydonchalarning
shovqin
harakteristikalariga
bog‘liq
ravishda
o‘rnatiladi; choyshablarni quritishga
mo‘ljallangan maydonchalardan turar-joy uylari va jamoat binolarigacha bo‘lgan
masofa me’yorlashtirilmaydi, maishiy axlat to‘planadigan
maydonchalardan badan-
tarbiya maydonchalarigacha, bolalar o‘yin maydonchalaridan katta yoshli aholi
guruhlarining dam olish maydonchalarigacha bo‘lgan masofani 20m.dan kam
bo‘lmagan o‘lchamda qabul qilish taqozo etiladi. Xo‘jalik
maqsadlarida
foydalaniladigan maydonchalardan turar-joy uyining eng uzoqdagi kirish joyigacha
bo‘lgan masofa 100m.dan oshmasligi lozim.
Turar-joy uylari orasidagi hamda turar-joy uylari va jamoat binolari o‘rtasidagi
masofa insolyatsiya va yoritilganlik bo‘yicha olib boriladigan hisoblashlar asosida
hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Balandligi 2-3
qavat bo‘lgan turar-joy uylarining uzun tomonlari orasidagi masofani 15 m dan kam
bo‘lmagan holda, balandligi 4 qavat bo‘lgan uylar orasidagi masofani esa 20m dan
kam bo‘lmagan o‘lchamda
qabul qilish taqozo etiladi, aynan shu uylarning uzun
derazalarga ega bo‘lgan tomonlari va ko‘ndalang yon tomonlari orasidagi masofani
esa 10m kam bo‘lmagan o‘lchamda qabul qilish lozim.
Agar yashash xonalari
derazadan derazaga qarab kuzatmaslik ta’minlangan hollarda insolyatsiya va
yoritilganlik me’yorlariga rioya qilingan holda yuqorida ko‘rsatilgan masofalarni
qisqartirish mumkin.
Olov bardoshligi birinchi va ikkinchi darajada bo‘lgan
turar-joy binolari
orasidagi yong‘in xavfsizligi masofasi 6 m.dan kam bo‘lmasligi lozim. Turar-joy
kompleksi hududi chegarasida garajlarni (yer usti va yer osti) va shaxsiy yengil
avtomobillarni ularning hisobiy sonining 80% dan kam bo‘lmagan
sonini doimiy
joylashtirish uchun ochiq avtomobil Turar-joylarini ko‘zda tutish taqozo etiladi.
Mashinalar uchun parkli o‘rinlar sonini avtomobillar bilan ta’minlashning perspektiv
darajasini hisobga olgan holda – har bir xonadonga bitta mashina to‘g‘ri kelishidan
kelib chiqqan holda qabul qilish lozim.
27
Yengil avtomobillarning yer osti garajlariga tushish va ulardan chiqish joylari
yashash xonalarining derazalaridan kamida 15 m uzoqlikda bo‘lishi talab etiladi.
Yengil avtomobillarni doimiy va vaqtinchalik saqlashga mo‘ljallangan yer usti va yer
usti-yer osti garajlaridan, ochiq avtomobil Turar-joylaridan turar-joy uylariga bo‘lgan
masofalar 2.2-jadvalda ko‘rsatilgan.