• 1.3. O‘zbekiston sharoitida turar-joy binolarini loyihalash uchun qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

     
     
    1.3-rasm. Turar-joy binolarining asosiy turlaria-seksiyali; b-yo‘lakli;
    v-galereyali; g-qo‘rgoncha uy (tomorqali); d-blokli; e-aralash strukturali. 


    14 
    Tomorqali uylardan farqli ravishda, blokirovkali uylar to‘rt qavatgacha bo‘lishi 
    mumkin, bunda bir-birining ustida joylashgan ikki qavatdan iborat ikki sathli 
    xonadonlar ko‘zda tutiladi. Yuqori qavatdagi xonadonlarga kirish, tashqi zinapoyalar 
    bilan ta’minlanadi.
    Ko‘p funksiyali turar-uy binolari uchun boshqa maqsadli tashkilotlarni turar-uy 
    qavatlariga qo‘shib qurish harakterlidir. Bunday uylar qavatlari ixtiyoriy bo‘lishi 
    mumkin (1.4-rasm).
    1.4-rasm. Toshkent shahri. “Novza” кo‘p funksiyali turar-joy binosi
    (1- va 2-qavatlarda jamoat muassasalari joylashgan). 
    Bizda seksiya tuzilmali uylar eng ko‘p tarqalgan uylar bo‘lib, ular ko‘p 
    vazifalidir, ya’ni bir xonadonda ko‘p xonali va kam xonali uy turlarini yaratishda 
    katta imkoniyatga ega. 
    Seksiya tuzilishiga ega bo‘lgan uylar sobiq Ittifoq paytida turli iqlim sharoiti 
    mavjud bo‘lgan joylarda qurilgan. Yo‘lakli va galereya turdagi uylar esa asosan 
    kamxonali xonadonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lakli uylar sobiq Ittifoqning o‘rta 
    qismida, galereyali uylar esa janubiy qismida qurilgan.


    15 
    1.3. O‘zbekiston sharoitida turar-joy binolarini loyihalash uchun qo‘yiladigan 
    asosiy talablar 
    O‘zbekistonning iqlim sharoitida xonadonni yer sathi va ochiq havo bilan 
    bog‘lash an’anaga aylanib qolgan. Shaharlarning tez o‘sishi va shahardagi yer 
    maydonini iqtisod qilish natijasi o‘rta va ko‘p qavatli uylarning qurilishiga olib keldi 
    va xonadonlarni yer bilan bog‘lash an’anasi yo‘qoldi. Buning o‘rnini almashtirish 
    uchun xonadon tarkibiga har xil yozgi xonalarni loyihalash va past qavatli uylarga
    nisbatan har xil qulayliklar, ya’ni markazlashgan issiq suv, isitish elektr jihozlari va 
    axlatni olib ketish uchun qulayliklar yaratilgan. Shu sabablar natijasida O‘zbekiston 
    tabiati, iqlim-sharoiti va urf-odatlariga javob beradigan ko‘p qavatli uylarning 
    xillariga talablar ishlab chiqilgan. 
    Tabiiy iqlim sharoiti bo‘yicha O‘zbekiston hududlari mintaqaviy zonalarga 
    bo‘linadi. Bu umumiy ko‘rsatkich albatta, O‘zbekiston tog‘li, lalmikor, sahro 
    hududlariga bo‘linadi va havosi bir-biridan farq qiladi. Farg‘ona, Samarqand
    Toshkent, Surxondaryo viloyatlari esa tez-tez esib turadigan issiq shamoli bilan 
    boshqa viloyatlardan farq qiladi.
    TashZNIIEP instituti tomonidan bu yerlarning iqlimiy ko‘rsatkichlari ishlab 
    chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston hududi 3 qismga bo‘lingan:
    I mintaqaviy qismga: yozi juda issiq, qishi qisqa va yumshoqroq iqlimli 
    viloyatlar kiradi. Bu yerda tez-tez janubiy issiq shamol esib turadi. Havoning issiqligi 
    45 darajagacha ko‘tariladi. Bu hududda issiq kunlar ko‘p bo‘lganligi sababli tabiiy 
    yo‘l bilan issiqdan saqlanish qiyin hududlar hisoblanadi;
    II mintaqaviy qismga: asosiy lalmikor va sanoat viloyatlari, ya’ni Farg‘ona 
    vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlari kiradi. Bu viloyatlar yumshoqroq qishi 
    va issiq yozi bilan ajralib turadi. Bular juda keng hududli va aholisi zich joylashgan 
    viloyatlardir; 
    III mintaqaviy qismga: sovuqroq, uzoq qishi va salqinroq yozi bilan ajralib 
    turadi. Bunga Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoro viloyatlarining shimoliy qismi 
    kiradi.


    16 
    Turar-joy binolarini loyihalash O‘zbekiston Respublikasi hududini KMK 
    2.01.01ga muvofiq qurilish-iqlimiy mintaqalashtirishga mos ravishda, mintaqa va 
    mintaqa ostilar asosiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak: 
    I mintaqa – sahro iqlimi ta’sirida bo‘lgan, o‘ta noqulay yozgi sharoitli 
    hududlar; 
    I mintaqada ayniqsa yuqori davomli jazirama davrli IA va IB ostmintaqalar, 
    havosi yuqori darajada changli IA, IB va IG ostmintaqalarga ajratilgan, IG 
    ostmintaqa sovuq qishi bilan ajralib turadi; 
    II mintaqa – tog‘oldi vohalar, tabiiy-iqlimiy va landshaft sharoitlari nisbatan 
    yaxshi bo‘lgan vodiylar va yassitog‘li tumanlar; 
    III mintaqa – tog‘li hududlar – noqulay qishki sharoitlari bilan ajralib turadi. 
    Mintaqalar va ostmintaqalar tabiiy-iqlimiy sharoitlari xususiyatlarini hisobga 
    olish bo‘yicha talab va tavsiyalar loyihalash me’yorlari matnida keltirilgan (ShNK 
    2.08.01.-05”Turar-joy binolari” 4- ilova). 
    I qurilish-iqlimiy mintaqada turar-joy binolarining arxitektura-tarxiy 
    yechimlari istiqomatgohni yozgi jazirama, shamol va changdan himoyalashni 
    ta’minlashi kerak. 
    Yashash xonalarini chang-to‘zon ta’siridan himoyalangan hovli bo‘shliqlariga 
    ochilishini ta’minlaydigan, maksimal keng korpusli turar-joy uylarning ixcham 
    qurshalgan(o‘ralgan) komopozitsion-tarxiy yechimlarini qo‘llash tavsiya qilinadi
    ko‘p qavatli uylarda uy strukturasi ichiga joylashgan oynavand peshayvonlar, 
    kamqavatli uylarda esa yopiq hovlilar qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
    II 
    qurilish-iqlimiy 
    mintaqada 
    arxitektura-tarxiy 
    yechimlar 
    iqlimning 
    orombaxsh sharoitlaridan maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda 
    istiqomatgohni ortiqcha jaziramadan himoyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
    Jaziramadan himoyalash soyabonlash, istiqomatgohni tashqi-ko‘kalamzor muhitga 
    ochish, orombaxsh salqin shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda shamollatish 
    hisobiga ta’minlanadi. 
    III qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy yechimni tanlashda yetakchi 
    omil, bu istiqomatgohni qish davrida o‘ta noqulay iqlim ta’siridan himoyalashdir.


    17 
    Istiqomatgoh va peshayvonlar asosan janubiy (janubi-sharq, janubi-g‘arb) ufqqa 
    qaratilgan, ixcham kompozitsion-tarxiy yechimlar qo‘llash maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. 
    Sog‘lom va estetik to‘laqonli turar-joy muhitini shakllantirishda tabiiy-iqlim 
    sharoitlari hisobga olinishi kerak, bu sharoitlar doimo binolar arxitekturasiga, 
    ularning fazoviy va funksional tashkiliy qismlariga, qurilish materiallari va 
    konstruksiyalar tanloviga va ko‘pgina boshqa narsalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
    Birinchi navbatda, bunday sharoitlar qatoriga quyidagilar kiradi: 
    - ushbu hudud iqlimiga mos bo‘lgan temperatura, namlik va shamol rejimi;
    - quyosh radiatsiyasi darajasi;
    - ob-havodagi mavsumiy farqlar va h.k.
    Shu sharoitlarning hammasi insonga va turar uyga birgalikda, lekin har bir aniq 
    holatda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Agarda kichik fazo mikroiqlimi haqida gap ketsa, 
    farqlar nyuansli, agarda juda katta hududlar iqlimi (o‘lka, viloyat, zonalar) 
    taqqoslansa, farqlar kontrast bo‘lishi mumkin.
    Issiq quruq iqlim sharoitlaridagi turar-joylari uchun keng korpus, tashqi devorlar 
    perimetrining minimalligi yaxshi samara beradi, bunda binolarning isib ketishiga 
    qarshilik yuqoriroqdir. Bu yerda, tashqi to‘siqlar uchun termik qarshilikning zaruriy 
    koeffitsiyentiga ega konstruksiyalar va materiallar tanlovi talab qilinadi. Tashqi 
    muhit va turar-uy xonalari orasidagi issiqlik almashinuvi deraza teshiklari orqali faol 
    o‘tishini unutmaslik kerak, shuning uchun deraza teshiklari maydonini 
    ko‘paytirmaslik tavsiya qilinadi. Yuqori sanitar-gigiyenik qulaylik yaratish uchun
    xonalarni yaxshi shamollatishni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. 
    Agarda bino shamol yo‘nalishiga perpendikulyar joylashgan bo‘lsa, bu 
    samaraga ko‘proq erishiladi. Shamol esuvchi tomonda, ya’ni shamol kuchi yuqori 
    bosimli zona hosil qiluvchi tomonda teshiklar (deraza, tuynuk, ventilyatsiya 
    teshiklari) binoning qarama-qarshi tomonidagi tortuvchi teshiklardan kichikroq 
    o‘lchamda bo‘lishi isbotlangan. Xonadonlardagi havo almashinuvi intensivligiga 
    uyning joylashgan joyi va oriyentatsiyasi, tarz yuzalardagi teshiklarni taqsimlash va 
    ularning o‘lchamlari, ichki to‘siqlar holati ta’sir ko‘rsatadi. 


    18 
    Yoz paytlaridagi issiq havo va nisbatan yumshoq, qisqa davrli qish 
    xonadonlarni issiq havodan saqlashni taqozo etadi. Bu esa uylardagi xonalarni
    quyoshga nisbatan to‘g‘ri oriyentatsiya qilish, yaxshi shamollatishni yo‘lga qo‘yish, 
    konstruksiyalar xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, quyoshga qarshi qurilmalarni 
    qo‘llash orqali erishiladi. Insolyatsiya uylardagi xonalarga quyosh nurini to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri tushishi bo‘lib, shuningdek, sanitar-gigiyenik holatni ushlab turadi.
    Insolyatsiya faqat turar uy joylardagi asosiy xonalarga zarur, lekin u yordamchi 
    xonalar: oshxona, dahliz, hojatxonalarga kerak emas, aksincha ular bu xonalarda 
    noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun insolyatsiyani davomiyligi 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri uylardagi xonalarni oriyentatsiyasiga bog‘liq. Uylarni quyoshga 
    nisbatan maqbul darajada to‘g‘ri oriyentatsiya qilish shundaki, qish paytida 
    xonadonlarda quyosh nuridan ko‘proq foydalanish, yozda esa xonalarga kamroq 
    quyosh nuri tushishini ta’minlash zarur. 
    Ushbu sharoitda eng yaxshisi janubiy oriyentatsiya bo‘lib, yoz kunlari quyosh 
    tikkadan o‘tganligi sababli quyoshga qarshi kichik qurilma soyabon derazalarni issiq 
    quyosh nuridan saqlaydi. Qishda esa quyosh pastlab nur sochganligi sababli quyosh 
    nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri janubga qaratilgan derazaga tushadi va xonalarda yaxshi
    insolyatsiya ta’minlanadi. Demak xonadonlarda ikkiyoqlama oriyentatsiya maqsadga 
    muvofiq: asosiy xonalar janub tomonga joylashtirilsa, yordamchi xonalar shimol 
    tomonga joylashtirilishi kerak. 
    Janubiy sharqiy taraf va shimoliy g‘arbiy tarafga qaratish, ya’ni xonalarni ikki 
    tarafga joylashtirish mumkin bo‘lganligi sababli qurilishda bunday taraflarga 
    qaratishga va loyihalashga ruxsat beriladi. Eng yomon oriyentatsiya, - bu g‘arb va 
    sharq taraflari bo‘lib, bunda uyning bir tomoni peshindan keyin qiziydi. Bunday 
    oriyentatsiyada uy joylarni qurishga ruxsat berilmaydi. 
    Turar-joy binolarini tarxiy yechimini joylanishi va ufqqa nisbatan o‘rni yashash 
    xonalarini 22 mart - 2 sentyabr davrida uzluksiz davom etadigan insolyatsiyasi 2,5 
    soatdan kam bo‘lmasligini ta’minlashi kerak; kun davomida insolyatsiyaning 
    umumiy vaqti 0,5 soatga oshganda yashash xonalarini insolyatsiyasi bir marta 
    uzilishiga yo‘l qo‘yiladi. 


    19 
    Bir, ikki va uch xonali xonadonlarda kamida bir xonada; to‘rt, besh, olti xonali 
    uylarda kamida ikki xonada insolyatsiyani normalangan davomiyliligi ta’minlanishi 
    kerak. Yotoqxonalarda qoida tarzida yashash xonalarining kamida 60%, internat-
    uylar esa kamida 75% insolyatsiya qilinishi kerak. 
    Izoh: Turar-joy binolarini joylashishini, ufqqa nisbatan o‘rni, binolar oralig‘i
    ShNK 2.07.01 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
    Turar-joy binolari ufqqa nisbatan noqulay joylashganda yashash xonalarini 
    ortiqcha quyosh radiatsiyasi va jaziramadan saqlash ko‘zda tutilishi kerak. I va II 
    mintaqalarda yashash xonalari derazalari ufqning g‘arbiy qismiga 200-290º oralig‘ida 
    qaratilmasligi kerak. Ufqning ko‘rsatilgan qismiga: ikki xonali xonadonda – bitta 
    xonani, uch xonalikda – ikkitagacha, yotoqxonalarda – soyabon qurilmasi bo‘lganda 
    yoki maxsus oynaklangan bo‘lsa, ko‘pi bilan 25% yashash xonalari qaratilishiga yo‘l 
    qo‘yiladi. 
    I va II mintaqalarda yashash xonalari ufqning 200-290º sektoriga qaratilganda 
    tashqi soyabon qurilmalari qo‘llanilishi kerak; turar-joy qulayligi “yaxshilangan” va 
    “yuqori” klassida soyabon qurilmasi: I mintaqada 70-290º oralig‘ida, II mintaqada 
    180-290º oralig‘ida qo‘llanilishi kerak. II mintaqada soyabon 1-4 qavatli binolarda 
    ko‘kalamzorlash vositasi bilan ta’minlanadi. I mintaqada ko‘kalamzorlash hisobiga 
    erishiladigan soyabon 2 qavatgacha bo‘lgan binolarda samaralidir.
    Xonada salqin havo hosil qilish uchun uyni shamollatish, yelvizak katta 
    ahamiyatga ega. Yelvizak hosil qilish yo‘li bilan kunduzgi issiq havoni kechki 
    salqin havo bilan almashtirish mumkin. Bunga sabab O‘zbekistonning kecha-kunduz 
    davomida tez-tez o‘zgarib turuvchi iqlim sharoitidir. Buning uchun kunduz kuni 
    xonalardagi derazalarni yopiq holda va aksincha kechasi tashqaridagi havo 
    salqinlashganda derazalarni ochish yo‘li bilan xonaning havosi salqinlatib turiladi.
    Ammo xonadagi issiq havoni tez salqinlatish uchun, yaxshi sanitar-gigiyenik 
    sharoitni yaratishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, burchakli va vertikal (aeratsion shaxtlar orqali) 
    shamollatishdan foydalaniladi (1.5-rasm). Bu esa turar-joy binolarida tarxiy yechimni 
    to‘g‘ri tashkil qilish, ya’ni uylardagi xonalarni ikki qarama-qarshi tarafga qaratish 
    hisobiga tashkil etiladi.


    20 
    O‘zbekiston sharoitida uylarda xonalarni bir tomonga qaratish yelvizak usulini 
    hosil qilishga yordam berolmaydi va xonadonning isib ketishga sabab bo‘ladi.
    Bunday tarxli turar uy-joylar O‘zbekiston iqlimi sharoitida qoniqarsiz deb 
    hisoblanadi.

    Download 18,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish