8
1.2. Turar-joylarning tasnifi
Turar uy-joylar o‘zining har xil xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi
(1.1-rasm).
1.1-rasm. Turar-joy binolarining xillari:
1 - qishloq tipidagi hovlili uylar; 10 - qariyalar uyi;
2 - shahar tipidagi hovlili uylar; 11 - kommunal mehmonxonalar;
3 - kam qavatli uylar; 12 - turistlar mehmonxonasi;
4 - o‘rta qavatli uylar; 13 - tranzit mehmonxonalar;
5 - ko‘p qavatli uylar; 14 - yil bo‘yi dam olish uylari;
6 - baland qavatli uylar; 15 - mavsumiy dam olish uylari;
7 - bolalar internati; 16 - kundalik dam olish uylari;
8 - yoshlar yotoqxonasi; 17 - pansionatlar.
9 - yosh oilalar yotoqxonasi;
A) Aholini joylashtirish usuliga qarab uy-joylar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Xonadonlarga bo‘lingan uy - joylar - bular oilalarni alohida xonadonlarga
joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
2. Xonalarga bo‘lingan turar - uy joylar esa asosan yolg‘iz kishilarni alohida
xonalarga
joylashtirishga
mo‘ljallangan
bo‘lib,
umumiy
maishiy
xizmat
bo‘limlaridan foydalanadilar.
Bu turar-joylarda yolg‘iz ishchilar, talabalar, hunar-texnika bilim yurtlari va
maktab - internatlar o‘quvchilari yashaydilar. Bundan tashqari, mehmonxona va dam
olish uylarida esa musofirlar, sayohatchilar va dam oluvchilar yashaydilar.
9
Ikkita guruhga taalluqli binolar o‘zlarining me’moriy tarxiy xususiyatlariga ko‘ra
bir-biriga o‘xshab ketadigan tomonlari borki, ularning vazifalari, funksiyalarining
o‘xshashligi hamda yashovchilarning talablari bir xilligi bilan ajralib turadi. Eng ko‘p
tarqalgan xonadonli turar-joy binolari shahar va qishloqlarning asosiy yashash
fondini tashkil etadi.
B) Yerdan foydalanish usuliga qarab xonadonli uylar quyidagilarga bo‘linadi:
1.Hovlili turar - joy binolarida uy yoki xonadon egasi uy hovlisining ham egasi
hisoblanadi. Hovlili turar-joylar bir xonadonli va tutashtirilgan hovlili, ya’ni ikki
yoki ko‘proq xonadon blokli bo‘lib, har bir xonadonning alohida hovlisi bo‘ladi.
2. Yer sathi umumiy bo‘lgan turar-joy binolari, bu ko‘p xonadonli va asosan
ko‘p qavatli umumiy kommunal tipdagi shaharlarda quriladigan turar-joy binolardir.
Yer sathidan hamma xonadonlar yoki bir guruh xonadonlarda yashovchilar
foydalanadilar. Bu xilga xonama-xona bo‘lingan uylar kiradi.
V) Qavatlari bo‘yicha turar-joy binolari ikkita asosiy guruhlarga bo‘linadi:
liftsiz (1-5 qavatli) va liftli (6 -16 qavatli va undan yuqori) turar-joy uylari.
1. Past qavatli uylar 1-2 qavatli bo‘lib, bu uylar asosan qishloq joylarda
tarqalgan bo‘ladi. Bu xildagi uylar nafaqat qishloqlarda, balki hozirgi paytda
shaharlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
2. O‘rta qavatli uylar 3-5 qavatli bo‘lib, umumiy zinapoyadan foydalaniladi,
lekin liftsiz turar-joydan iborat. Bunday turar-joylar shaharlarda juda ko‘p tarqalgan,
ular qurilishda iqtisodiy jihatdan foydali deb topilgan. Bundan tashqari, bu xildagi
uylarni qurish aholini nisbatan zichroq joylashtirish imkoniyatiga ega. Ammo yirik
shaharlarda eng asosiy narsa yer sathini iqtisod qilish masalasi bo‘lib, aholini zich
joylashtirish maqsadida o‘rta qavatli uylar qurilishi kamaytirilib, ularning o‘rniga
ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish kundan-kunga oshib bormoqda. Tabobat
mutaxassislarining tekshirishlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bizning tabiat va
issiq iqlim sharoitida besh qavatli uylarga zinapoyadan chiqib borish yoshi o‘tib
qolgan odamlarning sog‘ligiga zarar yetkazar ekan. Shuning uchun O‘zbekiston
sharoitida o‘rta qavatli liftsiz uylarning balandligi to‘rt qavatdan oshmasligi kerak.
10
3. Ko‘p qavatli uylar 6-9 qavatli bo‘lib, umumiy foydalaniladigan zinapoyadan
tashqari tik vertikal bog‘lanishlari uchun liftlar qurilmasi ham bo‘lishi kerak. Qurilish
iqtisodiyoti nuqtai nazaridan qaralsa, uylar o‘rta qavatli uylardan qimmatroqqa
tushadi, ammo yer sathida ko‘proq aholini joylashtirish imkonini beradi. Shuning
uchun bu xildagi uylar katta shaharlar uchun asosiy turar-joy binolari hisoblanadi.
4. Baland qavatli uylar 10 va undan ortiq qavatlardan iborat bo‘lib, binolarning
kiraverish qismida, ya’ni podyezdida umumiy zinapoyadan tashqari ikki xil lift (aholi
va yuk tashiydigan liftlar) bo‘lishi kerak. Aholini yong‘in yoki zilzila paytida
binodan tez chiqarib yuborish yoki evakuatsiya qilish uchun xonadonlar bilan yozgi
xonalar orqali uzviy bog‘langan bo‘lishi va dimiqmaydigan evakuatsiya zinapoyalari
orqali bog‘lanishni ta’minlash kerak. Yuqorida ko‘rib chiqilgan turar uylarning
xususiyatlari va xillariga ko‘ra turar-joy binolari quyidagicha tasniflanadi (1.2-rasm).
O‘rta, ko‘p va baland qavatli uylar tarxiy tuzilmasiga ko‘ra seksiyali (bo‘linmali),
yo‘lakli, galereyali, bir seksiyali (nuqtali) va aralash xildagi uylar- seksiya galereya,
seksiya yo‘lak va boshqalarga bo‘linadi (1.3-rasm).
Seksiyali uy uchun har bir qavatda zinapoya atrofida bir necha xonadonlarning (3-5
qavatli) birlashuvi yoki zinapoya-liftli bo‘g‘in taqsimlovchi xoli bilan harakterlidir (5
qavatdan yuqori). Bitta shunday bo‘g‘in asosida yuzaga keluvchi hajmiy-rejaviy unsur
odatda seksiya deb nomlanadi (1.3a-rasm). Bir necha seksiyalarning birlashishi
natijasida ko‘p seksiyali uy hosil bo‘ladi. Shunday uylar bilan bir qatorda, qurilishda bir
seksiyali (nuqtali yoki minorali) binolar qo‘llaniladi. Bir seksiyali (bir bo‘lakli) uylar
tarhiy yechimlari bo‘yicha ko‘p seksiyali uylardan katta farq qiladi va tarxiy yechimlari
alohida guruhga bo‘linadi. Bir seksiyali tarxiy tuzilmalarni har qanday xonadonlar uchun
ishlatish mumkin va shuning uchun ular universal hisoblanadi. Ular ko‘proq ko‘p qavat
va baland qavatli uylar uchun ishlatiladi (bashenniy tip). Bu xildagi uylar mavzelarni
(mikrorayon) joylashtirish va siluetlarni yaxshilash o‘rta qavatli uylar bilan birga aralash
qurish uchun xizmat qiladi.
|