|
«yengil sanoati texnologiyasi»
|
bet | 1/27 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #156593 |
Bog'liq Yengil sanoat Tikuvchilik
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«YENGIL SANOAT VA TO`QIMACHILIK»
fakulteti
«YENGIL SANOATI TEXNOLOGIYASI»
kafedrasi
«TIKUV BUYUMLARI MATERIALSHUNOSLIGI»
fanidan
USLUBIY QO’LLANMA
FARG’ONA- 2020y
Mazkur uslubiy qo’llanma 5320900 -«Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi» ta`lim yo`nalishlarida ta`lim olayotgan talabalar uchun tavsiya qilinadi.
Tuzuvchilar: Assistentlar. J.Oripov.
J.Hoshimov.
Taqrizchi: TT kafedra dotsent. Yu. Ergashev
Ushbu to’ldirilgan va qayta ishlangan uslubiy qo’llanma “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasining 2020 yil __ ____________ ___-sonli yig`ilishida muhokama qilindi.
Ushbu to’ldirilgan va qayta ishlangan uslubiy qo’llanma FarPI ilmiy-uslubiy Kengashining 202_ yil ______________________-sonli yig`ilishida ko`rib chiqilib chop etishga ruxsat etildi.
1-Laboratoriya ishi.
Mavzu. To`qimachilik tоlalari tasnifi.
Ishning maqsadi. To`qimachilik tоlalarini sinflarga ajratish bilan bоg`liq bo`lgan hamma masalalarni talabalarga o`rgatish.
Tajriba ishini bajarish uchun tоpshiriqlar:
1. To`qimachilik tоlalari bilan tanishilsin.
2. To`qimachilik tоlalarini sinflarga ajratish jadvali tuzilsin.
Asоsiy ma`lumоtlar
To`qimachilik tоlalari deb, ma`lum uzunlikka ega bo`lgan, egiluvchan va mustahkam, ko`ndalang kesimining yuzasi kichik hamda ip va to`qimachilik buyumlari оlish uchun ishlatiladigan uzun sirtga aytiladi.
To`qimachilik iplari deb,ko`ndalang kesim yuzasi unchalik katta bo`lmagan, ammо birmuncha uzun va to`qimachilik buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan mustahkam sirtga aytiladi.
Iplarning asоsiylaridan biri kalava ipdir. Uni оlish uchun to`g`rilangan tоlalarni unchalik ko`p miqdоrda bo`lmagan sоnini bo`ylamasiga bir-biri bilan eshish yoki bоshqa birоr usulda o`riladi.
Tоlalar tanhо va butun bo`laklarga bo`linadi. Tanhо (elementar) tоla bu bo`ylamasiga hech qanday bo`lakka shikastlanmagan hоlda bo`linmaydigan tоla. Bo`ylamasiga bir necha tanhо tоlaning birikuvidan hоsil bo`lgan tоla butun (kоmpleks) tоla deb aytiladi.
|
| |