• Oddiy o’rilish.
  • Polotno o’rilish
  • «yengil sanoati texnologiyasi»




    Download 1,7 Mb.
    bet7/27
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #156593
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
    Bog'liq
    Yengil sanoat Tikuvchilik

    5- Laboratoriya ishi.


    Mavzu: Tikuvchilik materiallarining tuzilishi va o’rilishlarini o’rganish


    Asosiy ma’lumotlar. To’kuvchilik o’rilishlari turlicha bo’lib, gazlamaning xossalari va tuzilishini belgilaydi. Gazlamaning o’ngidagi naqshlari, silliqligi, tovlanishi, tanda va arqoq iplarning o’rilishiga bog’liqdir.
    To’kuvchilik o’rilishlari gazlamaning bir qancha xossalariga: mustahkamligi, cho’ziluvchanligi, qalinligi, sitiluvchanligi, bikirligi, kirishishi va boshqa xossalariga ta’sir qiladi. To’quvchilik o’rilishlari o’z navbatida to’rtga guruhga bo’linadi: oddiy o’rilish, mayda gulli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik gulli o’rilish.
    To’kuvchilik gazlamalarining o’rilishini aniqlash vaqtida bo’ylama qator tanda iplari, ko’ndalang qator yesa arqoq iplari deb belgilanadi.
    Agar tanda iplari arqoq iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishi tanda yopilish, aksincha bo’lsa, arqoq iplari tanda iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishiga arqoq yopilishi deyiladi.
    Gazlama o’rilishining takrorlanuvchi qismi rapport deyiladi.
    Gazlamaning uzunligi bo’ylab takrorlanadigan rapport arqoq bo’yicha rapport, gazlamaning yeni bo’ylab takrorlanadigan rapporti yesa tanda bo’yicha rapport deb ataladi.
    Oddiy o’rilish. Oddiy o’rilishlar guruhiga polotno, sarja, atlas, satin o’rilishlar kiradi.Barcha oddiy o’rilishlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

    1. har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan faqat bir marotaba o’rilishadi:

    2. har doim tanda bo’yicha rapport, arqoq bo’yicha rapportga teng bo’ladi.

    Polotno o’rilish-to’quvchilik o’rilishlari ichida yeng ko’p tarqalgan o’rilishdir. Bunda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat keladi: gazlamaning o’ngiga bir gal tanda ipi, bir gal arqoq ipi chiqadi. Polotno o’rilish sxemasi 5.1-rasmda ko’rsatilgan.

    6



















    5



















    4



















    3



















    2



















    1






















    1

    2

    3

    4

    5

    6



    Polotno o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngi va teskarasi bir xil- tekis va kul rangli bo’ladi.

    13-rasm. Polotno o’rilishi.


    5.1-rasm
    Polotno o’rilishli paxta-gazlamalar-chit, bo’z, mitkal, markizet, astra, maya va h.: zig’ir tolali gazlamalar-polotno, bortovka, parusina va h.q; jun gazlamalar-movut, ba’zi ko’ylaklik va kostyumbop gazlamalar tikishda ishlatiladi.
    Polotno o’rilishda to’qilgan gazlama yeng pishiq bo’lib, zich to’qilganda yesa qattiqligi oshadi. Agar polotno o’rilishda tanda iplari arqoq iplariga qaraganda yo’g’onroq bo’lsa, gazlamada ko’ndalang yo’llar hosil bo’ladi.

    Download 1,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




    Download 1,7 Mb.