|
Gazlamalarning tuzilish tavsiflarini aniqlash uslubi
|
bet | 10/27 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #156593 |
Bog'liq Yengil sanoat TikuvchilikGazlamalarning tuzilish tavsiflarini aniqlash uslubi. Gazlama namunasi stol ustiga yoziladi. Qalam va chizg’ich yordamida namuna chegarasi belgilanadi.
Namunaning uzunligi uchta joyidan aniqlanadi. O’lchash ishlari 1 mm gacha xatolik bilan olib boriladi. Olingan uchta o’lchamning o’rtacha arifmetik qiymati topiladi.
Gazlama namunasining qalinligi mikrometr yordamida aniqlanadi. Olingan ko’rsatkichlarning o’rtacha arifmetik qiymati topiladi.
Keyin, gazlamani bichimda ko’rsatilgan (18-rasm) ko’rinishda qaychi yordamida qirqiladi va qirqim bo’laklarga ajratiladi. Tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha 50 mm dagi iplar soni sanab chiqiladi.
Gazlamaning tanda bo’yicha zichligi quyidagi formula yordamida topiladi.
bu yerda: -qirqim bo’laklaridagi iplarning soni.
Gazlamaning arqoq bo’yicha zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
bu yerda: -qirqim bo’laklaridagi iplarning soni.
Gazlama iplarining chiziqli zichligini (teks) aniqlash uchun 5x10 sm qirqim bo’laklaridan tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha 50 ta ip chiqarib olinib, 1 mg gacha xatoligi bilan vazni aniqlanadi.
bu yerda: -tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha iplarning vazni, g; -gazlama namunasidagi qirqim bo’laklarining uzunligi, mm.
7- Laboratoriya ishi.
Mavzu: Gazlamalarning mexanik xossalari
Gazlamaning mustahkamligini aniqlash. Gazlamalarning mustahkamligi va uzilishdagi uzayishi GOST 3813-73 standarti bo’yicha amlga oshiriladi. To’qimachilik gazlamalarini uzish ishlari ikki yo’nalishda tanda va arqoq bo’yicha olib boriladi. O’quv mashg’ulotlarini o’tkazishda gazlama namunasining uzilishini aniqlash uchun bitta namuna ishlatiladi. Yuqoridagi qilingan bichimga asosan (17-rasmga qaralsin) sinash ishlari olib boriladi. Buning uchun namuna bo’laklari quyidagi o’lchamda bo’lishi shart.
Namuna bo’laklarining yeni, mm 25 25 50 50
Qisqichlar uzunligi, mm 50 200 100 200
Sinash ishlari uchta tanda bo’yicha, to’rtta arqoq yo’nalishidagi namuna bo’laklari bilan olib boriladi.
GOST 3813-72 standartiga binoan RT-250M-2 uzish mashinasi yordamida amalga oshiriladi (7.1-rasm).
RT-250M-2 uzish mashinasida sinash ishlarini olib borishdan avval shkala belbog’ini darajasi tanlanadi va mayatnikli kuch o’lchagichi 39 ga belgilangan yuk osiladi. Elektryuritgich 1 yordamida mashina 220 V, 50 Gs li tarmoq bilan ulanadi.
Ko’rsatkich yordamida pastki qisqichining kerakli tezligi belgilanadi.
Tugmachani o’ngga burish bilan mashina ishga tushadi, natijada chiroq yonadi. Pastki 21 va yuqori qisqich 17 lar, ishchi 9 va nazorat ko’rsatkich 10 larining boshlang’ich holati tekshiriladi.
Dastak 15 yuqori qisqich 17 ni to’xtatadi. Yuqori qisqich sekinlik bilan ochilib, namuna bo’lagi joylashtiriladi. Namuna bo’lagining bir uchi pastki qisqichga mahkamlanadi. Yuqori qisqich ushlab turuvchi moslamadan bo’shatiladi.
7.1-rasm. RT-250M-2 uzish mashinasi.
1-elektryuritgich; 2-yuqoriga yo’naltirgich; 3-yuk; 4-mayatnik; 5-yuk; 6-tishli reyka; 7-tishli g’ildirak; 8-yukli shkala; 9-asosiy shkala; 10-nazorat ko’rsatkich; 11-amortizator; 12-yukli dastak; 13,14-nazorat qurilmalari; 15-mahkamlagiya qurilma; 16-ko’rsatkich; 17-yuqori qisqich; 18-shkala; 19-tishli g’ildirak; 20-namuna; 21-pastki qisqich; 22-tutqich; 23-reyka; 24-tutqich; 25-pastkiqisqich; 26-murvat; 27-reduktor; 28-mufta.
Tugma 3 «Vniz» pastki qisqichini harakatga keltiradi va cho’zilish jarayoni kuzatiladi. Gazlama bo’lagi uzilgandan keyin, shkala 8 dan mustahkamlik va shkala 18 dan yesa uzayish qiymatlari yozib olinadi. Qo’l yordamida nazorat ko’rsatkichi va uzayish qiymatlari yozib olinadi. Qo’l yordamida nazorat ko’rsatkichi va uzayish boshlang’ich holatga keltiriladi. «Vverx» tugma bosilib, qisqich oldingi boshlang’ich holatiga keltiriladi.
O’tkir tig’ yordamida sekinlik bilan qisqichlar chetidagi uzilgan namuna bo’laklari qirqib olinadi. Keyingi namuna bo’laklari shu tarzda davom yettiriladi. Ish tugagandan keyin «Stop» tugmachasi bosiladi.
Sinash natijalariga muvofiq quyidagi hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
Materialning nisbiy mustahkamligi (dan m/kg) da, quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,
bu yerda: -o’rtacha mutloq mustahkamlik, d; -materialning yuza zichligi, g/m2; -namunaning yeni, mm.
Materiallarning bitta tuzilish yelementiga to’g’ri kelgan mutloq mustahkamlik (sN)da ikki yo’nalish bo’yicha aniqlanadi.
bu yerda: - koeffitsient bo’lib, gazlamalar uchun , trikotaj va noto’qima matolar uchun bo’ladi.
Uzilishdagi mutloq bajarilgan ish (daN sm)da, quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,
bu yerda: -cho’zilish diagrammasining to’liqligi sinov yo’li bilan aniqlanadi.
bu yerda: -haqiqiy bajarilgan ish yuzasining og’irligi; - shartli bajarilgan ish yuzasining og’irligi; , -qiymatlari uzish mashinalaridan olinadi.
Nisbiy bajarilgan ish ikkita ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi.
a) namunaning hajmi bo’yicha:
(daN sm/sm).
b) namunaning vazni bo’yicha:
(daN sm/g).
Agar bajarilgan ishning qiymati katta bo’lsa, bu materialdan ishlab chiqarilgan buyumlar uzoq muddatga chidaydi.
8- Laboratoriya ishi..
|
| |