|
Mavzu: Trikotaj matolarning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganish
|
bet | 11/27 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #156593 |
Bog'liq Yengil sanoat TikuvchilikMavzu: Trikotaj matolarning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganish
Trikotaj matosining asosiy yelementi bu xalqadir. Trikotaj-xalqa qatori va xalqa ustunchalaridan iborat (22-rasm).
a) b)
8.1-rasm.
Trikotaj xalqasining tuzilishi.
a-ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj, b-bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj.
Har qanday tuzilishdagi trikotaj to’qish yo’li bilan olinadi. Trikotaj o’rilishlari kulirli va tanda o’rilishli, yakka va qo’sh, asosiy, hosila va naqshli o’rilishlarga bo’linadi.
Trikotaj ko’ndalang va bo’ylamasi bo’yicha to’qilgan trikotajga bo’linadi.
Ko’ndalangi bo’yicha to’qilgan trikotaj-trikotajda ko’ndalang xalqa qatori ketma-ketlik bilan xalqada bitta ipning yegilishi bilan kifoyalanadi.
Bo’ylama bo’yicha to’qilgan trikotaj-ko’ndalang xalqa qatori iplar guruhi kabi undagi har bir ip ketma-ketlik bilan bir qatordagi bitta yoki ikkita xalqa bo’yicha ifodalaniladi.
Ko’ndalang va bo’ylama bo’yicha to’qilgan trikotaj matolarining o’rilish naqshi, tekis tuzilishdagi trikotaj-ko’ndalang to’qilishdagi (o’rilishdagi) trikotaj-matoning o’ng tomonida (sirtida) xalqa ustunchalari bilan aniq ifodalaniladi.
Matoning teskari tomonida igna yoylari va tortmalari joylashgan. Bu tuzilishdagi trikotaj matolari to’qilish tomoniga qarab, hamda qarama- qarshi tomonga qarab ham yengil bo’shaladi (23-rasm.) Matoning chetlari buraladi. Sport, ichki va tashqi buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
8.2-rasm. Tekis tuzilishli trikotaj.
Lastik-ko’ndalang to’qilishdagi bo’lib, uning xalqa qatorida o’ng va teskari xalqalari navbatma-navbat takrorlanadi. Bu holat turlicha bo’lishi mumkin: 1+1; 2+2; 1+2 va hakoza.
Bu mato faqat qarama-qarshi tomonga qarab yengil bo’shaladi. Matoning chetlari buralmaydi (24-rasm). Sport, ichki, ustki va paypoq mahsulotlarini tayyorlash uchun qo’llaniladi.
8.3-rasm. Lastik.
|
| |