|
Mikroskopning tuzilishi va undan foydalanish tartibi
|
bet | 4/27 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #156593 |
Bog'liq Yengil sanoat TikuvchilikMikroskopning tuzilishi va undan foydalanish tartibi
To’qimachilik tolalarning tuzilishini o’rganishda nafaqat biologik, balki elektron va rastrovыy mikroskoplar ham ishlatiladi. xozirgi vaqtga qadar quyidagi mikroskoplar mavjuddir: N-9, M-10, MBI-2, MBI-4, MBI-6, MS-51, MB1 -1, MB1-3 va qutblangan mikroskoplarga MP-2, MP-6 va boshqalar kiradi. Ko’pincha M-10 va MBI mikroskoplar qo’llaniladi.
BMI-1 va M-10 mikroskoplar quyidagi tuzilishga egadir; taglik 1, sharnir 2 yordamida shtativ 3 ga bog’langan. Ob’ektiv 8 revolьver qurilmasiga joylangan bo’lib unda uchta yoki to’rtta uya bo’ladi, natijada mikroskopning kattalashtirish qiymatini xohlagan darajada o’zgartirib olishimiz mumkin.
MBU-1 mikroskopining shakli
1-asos
2-sharnir
3-shtativ
4-kichik murvat
5-katta murvat
6-tubus
7-okulyar
|
|
8-ob’ektiv
9-namuna stolchasi
10-preparat yurgizgichi
11-ko’zgu
12-kondensor
13-diafragma
|
Stolchaning 9 o’rtasi aylana shakldagi teshikdan iborat. Ko’zguga yorug’lik tushirib, shu teshik orqali ob’ektivga uzatiladi. Stolchada preparat yurgizgich 10 qo’yilgan bo’lib, uning asosiy vazisfasi namunani harakatga keltirishdir. Stol tagida kondensor 12 bilan birgalikda ko’zgu 11 va diafragma 13 o’rnatilgan.
Katta murvat 5 yordamida tubus 6 ni pastga va yuqoriga yurgizishimiz mumkin. Kichik murvat 4 esa namunani tiniq ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Mikroskop shunday holatda stol ustiga joylashtirilishi kerakki, unda ko’zguchaga yorug’lik tushadigan bo’lsin. M-10 mikroskopda ishlaganimizda taglik 3 yordamida tubusni o’zimiz uchun qulay vaziyatga keltirib olishimiz mumkin.
Mikroskopning ko’rish qobiliyatini dastlab kichik kattalashtirishga qo’yib olamiz. Okulyarga qarab ko’zguchani harakatlantirib, yorug’likni to’la tushishi tekshiriladi.
Tayyorlangan preparat stolchaga joylashtiriladi. Tubusni katta murvat yordamida pastga yoki yuqoriga harakatlantirib. namunani aniq ko’rinadigan holatga keltiriladi. Yaxshi ko’rinmaydigan namunani ko’rish uchun kichik murvatni buraymiz. Mikroskopda tekshirilayotgan tola har ikkala ko’z orqali qaralishi kerak.
|
| |