• TOPMATIC” (Staubli) bog‘lash mashinasi
  • Ish natijalarining tahlili: xulosa shakllantirish.
  • 15- laboratoriya mashg’ulot Mavzu: Ulash mashinalari Ishdan maqsad




    Download 0,71 Mb.
    Sana17.02.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #158151
    Bog'liq
    15-Ulash mashinalari


    15- Laboratoriya mashg’ulot
    Mavzu: Ulash mashinalari
    Ishdan maqsad: Ulash mashinalari tuzilishi va ishlash tartibini o’rganish
    Ishni bajarilish tartibi
    Ulash mashinalari tuzlishi
    Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar:
    Iplar, bog’lash mashinasi
    Umumiy ma’lumotlar
    To‘quv dastgohida to‘quv g‘altagidagi tanda iplari tugagandan so‘ng, agar o‘tkazish omillari (o‘rilish turi, iplar soni) o‘zgarmasa, u holda o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmaydi. Bunday holda eski tanda iplari kesilib, yangi tanda iplarining uchlari bilan bog‘lanadi. So‘ngra bog‘langan tugunlar dastgoh anjomlaridan (lamel, gula, tig‘) tortib olinib, tugunlar grudnitsa tomonga o‘tgan to‘quvchi unga ishlov berib dastgohni ishga tushiradi.
    Ulash maxsus mashinalarda amalga oshiriladi va ular ikki xil bo‘ladi:
    1. Qo‘zg‘almas (US).
    2. Ko‘chma (UP).
    Qo‘zg‘almas mashinalarning kamchiligi eski va yangi tanda iplarini bog‘lash uchun to‘quv dastgohi anjomlari (lamel, gula, tig‘) yechib olinib bog‘lash bo‘limiga keltiriladi. Iplar bog‘langandan so‘ng tanda iplari anjomlar bilan birga to‘quv dastgohiga qayta taxtlanadi va bu holat ancha vaqt talab etib, dastgoh unumdorligiga salbiy ta'sir etadi.
    Afzalligi‒anjomlari yechilgan dastgohga texnik xizmat ko‘rsatish yengillashadi. Iplarni ulash uchun eski va yangi tanda iplari bittadan ajratib olinadi. Ip ajratishning quyidagi usullari mavjud:
    1. Ignali
    2. Cho‘tkali.
    Ignali usul paxtali, junli matolari, cho‘tkali usul esa ipak matolari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ignaning ilgak o‘lchami ipning chiziqli zichligiga bog‘liq.
    Ulash mashinasi aravacha va ulash karetasidan iborat (15.1-rasm). Karetaning asosiy mexanizmlari:
    1. Iplarni ulash uchun eski va yangi tanda iplarini bittadan ajratib olish mexanizmi.
    2. Ajratilgan iplarni bog‘lash mexanizmi.
    3. Karetani siljitish mexanizmi.

    15.1 rasm. Bog‘lash mashinasi va aravachasining ko‘rinishi
    Ip o‘tkazish jarayonida uchraydigan nuqsonlar
    Ip o‘tkazish jarayonida tig‘ tishlarining bo‘sh qolishi, qo‘shaloq iplar, o‘rilishning buzilishi, iplarni qoldirib ketish, ikkita ipni qo‘shib olish va boshqa shu kabi nuqsonlar bo‘ladi.
    TOPMATIC” (Staubli) bog‘lash mashinasi
    “Topmatic” (Staubli) bog‘lash mashinasi paxta, jun, ipak, pishitilgan iplar, filament iplar, monofilament, texnik iplarni bog‘lash imkoniyatiga ega (15.2-rasm).

    15.2-rasm. “Topmatic” (Staubli) bog‘lash mashinasi
    “UP-6M” mashinasiga nisbatan “Topmatic ” mashinasining keng assortiment imkoniyatlari:
    − bog‘lanadigan iplarning diapazoni‒500‒0,8 teks; (UP‒100‒2,2 teks)$ 125
    − barcha turdagi tabiiy va sintetik, yakka va pishitilgan iplardan tashqari, mashina buklerlangan, shakldor va yuqori elastik iplarni bog‘laydi;
    − mashina eni 400 sm gacha tanda iplarini bog‘laydi. (UP‒230 sm).
    Tanda ipini sifatli bog‘lashga erishish uchun mashina quyidagi xususiyatlarga ega:
    − noto‘g‘ri saralangan iplarni indikator qaysi tandaning qaerda yuqori yoki pastki qatlamda xato ketganini ko‘rsatadi;
    − iplarning qaytadan saralangan ip bog‘lash tezligi avtomatik sekinlashishi sodir bo‘ladi;
    − tanda rapportini saqlash nazorati katta miqdordagi kompyuter programmalari yordamida amalga oshiriladi.
    Ish natijalarining tahlili: xulosa shakllantirish.
    Bog’lash mashinasini ishlash tartibi haqida yozing va izohlang.
    Download 0,71 Mb.




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15- laboratoriya mashg’ulot Mavzu: Ulash mashinalari Ishdan maqsad

    Download 0,71 Mb.