Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja




Download 46.97 Kb.
bet1/11
Sana22.06.2023
Hajmi46.97 Kb.
#75199
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100
Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi

Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qisim
2.1. Bug’doy navlarning tasnifi
2.2. Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, donining tarkibi, biologik xususiyatlari, etishtirish texnologiyasi va hosildorlgi.
2.3. Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin.
2.4. Don saqlanadigan omborxonalar tavsifi
III Bug’doy navlari donini saqlash usullari bo’yicha iqtisodiy samaradorligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O’zbekistonda mustaqillik yillaridan buyon qishloq xo’jaligida don ishlab chiqarish rejasi va uning sifat kshrsatkichlarini yaxshilashga katta ahamiyat berilmoqda. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy isloxatlarning izchil o’tkazilishida, aholining turmush farovonligini tubdan yaxshilashda g’allachilik ravnaqi, xususan g’alladan mo’l va sifatli xosil yetishtirish Respublikamiz oldida turgan birinchi muhim masala bo’lsa, uni sifatli saqlab, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarib xalq xo’jaligiga tortiq qilish ikkinchi muhim masaladir.
Respublikamizning sug’oriladigan yerlarida bug’doy hosildorligi 2015 yilda 40 s/ga bo’lsa, 2018 yilda boshoqli don ekinlarining hosildorligi 55 s/ga, yalpi hosil 8,050 mln. tonnani tashkil etdi. Mamlakatimiz iqtisodini belgilovchi paxtachilik va g’allachilik tarmoqlarini ilmiy asosda rivojlantirmasdan turib aholini ham, sanoatni ham qishloq xujaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish juda mushkul. Qishloq xo’jaligining rivojlantirishning xozirgi bosqichida ekinlar hosildorligini oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, dehqonchilik talablariga mos keladigan serhosil nav va duragaylar yaratishga va ularni ishlab chiqarishga keng joriy etishga katta e‘tibor berilmoqda.
Dunyoda bug’doy asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Dunyo miqyosida 215,258 mln.ga maydonga bug’doy ekilib, o’rtacha hosildorlik 2,7 t/ga bo’lgani holda, yalpi hosil 584,727 mln tonnani tashkil etmoqda. 2000 yilga kelib, bu ko’rsatkich 1988 yilga nisbatan ekin maydoni bo’yicha 0,3 foizga kamaygani holda, hosildorlik 1,2 foizga, don ishlab chiqarish esa 0,9 foizga ko’paygan (Nurbekov A.I., 2002). Bug’doy yetishtirishda ilg’or texnologiyalarga amal qilish, begona o’tlar, zararkunanda va kassalliklarga qarshi himoya qilish chora tadbirlarini o’tkazish xisobiga 20% dan 70% gacha hosilni saqlab qolish mumkin. Bundan tashqari har xil tashqi ta‘sirlarga chidamli bo’lgan navlarni tanlash va ekish lozim. Bunda esa o’zimizning ilmiy tekshirish institutlarida yaratilayotgan navlardan hamda IKARDA va SIMMIT xalqaro tashkilotlari tomonidan keltirib o’rganilayotgan nav va namunalardan keng foydalanish lozim.
Barcha yetishtirilgan hosilni saqlash va undan to'g'ri foydalanish hozirgi kunda xalq xo'jaligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va boshqalar) inson hayoti uchun zarur bo'lgan muxim iste'mol mahsulotlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari boshoqli, dukkakli va moyli o'simliklaming doni va urug'i inson hayotida juda katta rol o'ynaydi. Dunyoda oziq-ovqat iste’moli bo'yicha tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog' moddalari don va urug'lardan olinadi. Don mahsulotlari yetishtirishning mavsumiyligi sababli yil bo'yi ulardan turli maqsadlarda foydalanish uchun saqlash zaruriyati tug'iladi. Jahon miqyosida ko'p asrli tajriba shuni ko'rsatadiki, donni saqlash katta va murakkab ish. Yer yuzida don va dondan olingan mahsulotlaming yetishmasligiga qaramasdan, ulaming ancha qismi saqlash davrida nobud bo'ladi va natijada kishilar talabini qondirishgacha yetib bormaydi. 1941 yil nemis bosqinchilari sobiq Ittifoq chegarasiga bostirib kirgach, O'zbekistonni oziq-ovqat harnda moddiy-texnika bazasiga aylantirish davr taqazosi bo'lib qoldi. Fashist Germaniyasi urushning dastlabki yillarida Ukraina, Belorussiya va Boltiq bo'yi Respublikalarini bosib olib, bu yerlardagi yirik un zavodlari va don omborlarini o'z tasarrufiga o'tkazib oldilar. Front uchun, qolaversa butun mamlakat aholisini don mahsulotlari bilan ta'minlash uchun esa yangi zavodlar juda ham muxim edi. Shuning uchun bu davrda O'zbekistonda zudlik bilan oltita un tegirmoni (Buxoro, Qarshi, Qo'qon, Samarqand, Termiz va Urganchda) qurildi. Bu tegirmoniaming umumiy ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonnani tashkil etardi. Un tegirmonlari bilan bir qatorda omborlar soni ham ko’paytirildi. 1944 yil oxirida "O'zdonmahsulot" tasarrufidagi omborlar soni 498 taga yetgan bo'lib, umumiy sig'imi 417 ming tonnani tashkil etardi.
Respublikamiz xalq xo'jaligining don mahsulotlari tizimi oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo'yiladi.

Download 46.97 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja

Download 46.97 Kb.