Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, donining tarkibi, biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi va hosildorlgi




Download 46.97 Kb.
bet5/11
Sana22.06.2023
Hajmi46.97 Kb.
#75199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100
Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
2.2 Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, donining tarkibi, biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi va hosildorlgi.
Bug’doy yer yuzida eng ko’p tarqalgan va qadimiy ekin. Arxeologlarning ma‘lumotlari Kichik Osiyoda bug’doy 8000 yil oldin o’troq yashaydigan aholining muhim oziq-ovqat mahsuloti bo’lganligidan guvohlik beradi. Iroq, Misr, Xitoy,
Shimoliy Mesepotamiya eng qadimiy bug’doy ekiladigan mintaqalarga kiradi. Markaziy Osiyoda uni eramizdan oldin VII minginchi yillarda neolit davridan boshlab yetishtira boshlagan. Bu davr Jayxun dehqonchilik madaniyati nomi bilan ma‘lum. (V. Y. Masson, 1971). Eramizdan oldin VII-V ming yillarda Kopet-dog’ tizmalari tarmog’i va Qoraqum barxanlari o’rtasidagi tekisliklarda boshoqli don ekinlari shu jumladan bug’doy faqat atmosfera yog’ingarchiliklaridan foydalanib, sun‘iy sug’orishsiz o’stirilgan.
Amudaryoning quyi qismi, Farg’ona va Hisor vodiylari, Qashqadaryo, Surxandaryo hamda Vaxsh havzalarining unumdor yerlarida eramizdan oldin II minginchi yillarda murakkab irrigatsiya kanallari tizimlariga ega yuksak rivojlangan sug’oriladigan dehqonchilik mavjud bo’lgan va bug’doy yetishtirilgan. Markaziy Osiyo hududida o’tkazilgan arxeologik qazishmalar mintaqada pakana bo’yli bug’doy (T. compactum) yumshoq bug’doy (T. aestivum) qattiq bug’doy (T. durum), turgidum (T. turgidum) turlari yetishtirilganligini ko’rsatadi. Markaziy Osiyo dunyodagi bug’doylarning gen markazlaridan biri hisoblanadi.
Eng ko’p bug’doy ekiladigan maydonlar Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Kanada, Argentina, Fransiya, Turkiya, Avstraliya, Qozog’iston, Italiyada joylashgan.
Bug’doyning kepagi, poxoli, somoni, to’foni yuqori oziqaviy qiymatga ega. Uning kepagi hamma qishloq xo’jalik hayvonlari uchun yuqori konsentrlangan yem. Kepagidan omixta yem tayyorlashda ham foydalaniladi. Undagi hazmlanadigan oqsil miqdori arpa doniga nisbatan 1,5 baravar ko’p. Somoni maydalangan va bug’langan yoki kimyoviy moddalar bilan ishlangan holda qoramollar, qo’ylar uchun ishtaxa bilan yeyiladigan oziqa. Somonining 100 kg ida 0,5-1,0 kg hazmlanadigan oqsil, 20-22 oziqa biriligi bor. Shuningdek, somonidan qurilish materiali, qoramollarga to’shama sifatida, qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladi. Chorisi qoramollar uchun yaxshi oziqa. Boshqa o’simliklar mahsulotlaridan farqli ravishda bug’doy doni sifatining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri uning tarkibidagi oqsil va kleykovinadir. Xamirga achitqi (xamirturush) qo’shilganda u ko’pchib, bijg’ib hajmi kattalashadi va karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi. Bug’doy donining tarkibida kraxmal, oqsil, ma‘danli moddalar, vitaminlar bor.
Bug’doydagi ma‘danli moddalar va vitaminlar, ayniqsa, butun don va boyitilgan undan tayyorlanadigan mahsulotlarda ko’p bo’ladi hamda ular yuqori to’yimlilik qimmatiga ega.
Bug`doy donining kimyoviy tarkibi juda o‘zgaruvchan. Uning tarkibidagi oqsil, kleykovina, ma`danli moddalar, vitaminlar, pigmentlar va fermentlar iqlim, tuproq va solinadigan o’g’itlar, qo’llaniladigan agrotexnikaga, navlariga, bog’liq holda o’zgarib turadi. Dunyo standarti talablarida bug’doy doni tarkibida oqsil miqdori 13,5 % dan kam bo’lmasligi yoziladi.
Bug’doy doni tarkibidagi oqsil miqdori undan qanday maqsadlarda foydalanishni belgilaydi. Non yopish uchun don tarkibida 14-15 %, makaron mahsulotlari tayyorlashlari uchun 17-18 % oqsil bo’lishi talab etiladi. Odamlar uchun asosiy o’simlik oqsili manbai bug’doy doni bo’lib, u kundalik oziq-ovqat ratsionida oqsilga bo’lgan ehtiyojning 50 % i qondiradi. Don endospermidagi oqsil kompleksi asosan gliadin va glyutenin, murtakdagi esa albumin va globulinlardan iborat bo’lib, oxirgilari kleykovina hosil qilmaydi. Gliadin va glyutenin kleykovina hosil qiladi.
O’zbekistonning lalmikor sharoitida o’stirilgan bug’doylar yuqori quyosh energiyasi va samarali harorat ta‘sirida ko’p va sifatli oqsil, kleykovina to’playdi.
Bug’doyning non yopish sifatlari faqat don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdoriga bog’liq bo’lib qolmasdan, kleykovinaning sifatiga ham bog’liq. Kleykovinaning cho’ziluvchanligi 30 sm dan yuqori 20 sm dan kam bo’lmasa yoki IDK-1 ko’rsatkichi 45-75 bo’lsa u sifatli bo’ladi.
O’zbekistonda yetishtirlayotgan yumshoq bug’doy navlari non yopish, texnologik xususiyatlarga ko’ra uch sinfga bo’linadi:
Birinchi sinf – kuchli (strongh) bug’doyga yaxshilovchi navlar kiradi. Kuchli bug’doy doni tarkibida oqsil 14 %, xom kleykovina 28 %, kleykavinaning sifati 1 guruhdan, 100 g undan yopilgan non hajmi 550 sm3, don shishasimonligi qizil bug’doylarda 75 %, oq donlisida 60 %, unning non yopish kuchi 280 Jouldan kam bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi sinfga - o’rtacha, non yopish kuchi yaxshi bug’doy (filler) navlari kiradi. Ular kuchsiz bug’doy uniga qo’shilganda sifatini samarali yaxshilamaydi. Non yopiladigan un aralashmalarida ularning hissasiga 35-50 % to’g’ri keladi. O’rtacha bug’doy donlarida oqsil miqdori 11-13%, kleykovina 25-27 %, sifati ikkinchi guruhga kiruvchi kleykovina, unning non yopish kuchi 200-280 Joul bo’ladi.
Uchinchi sinfga - kuchsiz (weak) bug’doy kirib, ularning uni non yopish xossalarining yaxshilanishiga muhtoj bo’ladi. Ularning unidan hajmi kichik, yopilganda xamiri oqib ketadigan, g’ovakligi yomon, sifati qoniqarsiz non yopiladi. Kuchsiz bug’doyga doni tarkibida oqsilning miqdori 11 % dan kam, xom kleykovina miqdori 25 % dan kam, kleykovinaning sifati II-III guruhga kiruvchi, 100 g undan yopilgan non hajmi 400 sm3, un yopish kuchi 200 Jouldan kam bo’lgan navlar kiritiladi. Kuchsiz bug’doy donidan standart talablarga javob beruvchi non yopish uchun uning doniga yoki uniga kuchli bug’doy qo’shiladi. Hozir dunyo bo’yicha yetishtirilayotgan 600 mln t dan ortiq yumshoq bug’doy donlarining yarmidan ko’prog’i kuchsiz.
Bug’doyning turlari. Bug’doy (Triticum) avlodiga 27 tur kirib, ular G’alladoshlar – Gramineae yoki Qo’ng’irboshlar – Poaceae oilasiga mansub. Ular madaniy va yovvoyi turlardan iborat bo’lib, har birida ma‘lum miqdorda xromosomalar bor. Ayrim bug’doy navlari jinsiy hujayralarda gaploid yoki oddiy yettita xromosomalar to’plangan, somatik hujayralarda ular soni ikki baravar oshib
14 bo’ladi. Xromosomalar soni (2n) somatik hujayralarda 14 ; 28 ; 42 ; 56 bo’lishi mumkin. Bug’doyning hamma turlari hujayralaridagi xromosomalar soniga qarab to’rtta genetik guruhga bo’linadi: 1) Diploid (2n) guruhga beotiy, bir donli bug’doy, urartu yovvoyi bug’doyi, madaniy bir donli bug’doy turlari kiradi; 2) Tetraploid (2n-28) guruhiga yovvoyi turlardan Ararat bug’doyi, ikki donli bug’doy, madaniy po’stli turlarga Timofeyev bug’doyi, ikki donli polba, kolxida polbasi, madaniy yalang’och donli turlardan – qattiq bug’doy, persikum bug’doy, turgidum bug’doy, polonikum (Polsha) bug’doyi, Efiopiya bug’doyi, Milyutin bug’doyi turlari kiradi; 3) Geksaploid (2n-42) turlarga – maxa bug’doyi, spelta bug’doyi, Vavilov yoki van bug’doyi, yumshoq bug’doy, pakana bug’doy, sharsimon bug’doy, Jukovskiy bug’doyi, Petrapovlovka bug’doyi turlari kiradi; 4) oktoploid (2n-56) tur guruhiga zamburug’ qirar bug’doyi, timonovum bug’doyi turlari kiradi. Keyingi ikki tur eksperimentlar natijasida yaratilgan bo’lib zamburug’ kasalliklariga juda chidamli.
Dunyoda eng katta ekin maydonlarini yumshoq va qattiq bug’doy turlari egallaydi.
Yumshoq yoki oddiy bug’doy (T. aestivum L.) eng katta ekin maydonlarini egallaydi. Uning kuzgi, duvarak, bahori shakllari keng tarqalgan. Boshog’i ancha siyrak, boshog’ining yuza tomoni yon tomonidan enli. Boshoqcha qipiqlari keng, gul qipiqlarini to’la yopib turmaydi. Boshoqcha qipiqlaridagi qiltiqcha qirra (kil) tor, kuchsiz rivojlangan, dondagi popukchalari yaqqol ifodalangan. Doni kesib qaralganda yumaloqroq, konsistensiyasi shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon bo’ladi. Qiltiqli va qiltiqsiz shakllari bor. Qiltiqli shakllarda qiltiqlari boshoqdan kaltaroq va yelpig’ichsimon taralgan bo’ladi. Poxolining ichi g’ovak.
Donining 1000 tasini og’irligi 20-70 g, ko’p hollarda 30-40 g.
Qattiq bug’doy (T. durum Dusf), maydoni jihatdan yumshoq bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Asosan bahori shakllari keng tarqalgan. Duvarak, kuzgi shakllari keyingi yillarda yaratilmoqda va ularni ekiladigan maydonlari unchalik katta emas.

Download 46.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, donining tarkibi, biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi va hosildorlgi

Download 46.97 Kb.