Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja




Download 46.97 Kb.
bet6/11
Sana22.06.2023
Hajmi46.97 Kb.
#75199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100
Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
KUZGI BUG’DOY
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kuzgi bug’doy qimmatbaho va serhosil oziqovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning doni kleykovina oqsillariga boy va sifati bo’yicha bahori bug’doy donidan qolishmaydi. B.P. Pleshkov ma‘lumotlariga ko’ra bug’doy donida oqsil miqdori 9 dan 26 % gacha, azotsiz ekstraktli moddalar 49 dan 73 % gacha, yog’lar 1,5 dan 3 % gacha, klechatkalar 1,8 dan 2,5 % gacha, kul 1,3 dan 2,8 % gacha don vazniga nisbatan o’zgaradi. Kuzgi bug’doy donida tiamin (B1) – 5,5 mg/kg, niatsin (PP) – 63,6 mg/kg riboflavin (B2) – 1,3 mg/kg, pantoten kislotasi (B3) – 13,6 mg/kg bo’ladi. Uning unidan serg’ovak, mazali, xushbo’y, to’yimliligi yuqori, to’q tusli va oq nonlar tayyorlanadi.
Kuzgi bug’doy O’zbekiston sharoitida, lalmikorlikda bahori bug’doyga nisbatan 40-80 % ko’p hosil beradi. Mum pishish fazasida kuzgi bug’doy ildizlari tuproqda 230-258 sm chuqurlikka kirib boradi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlarda almashlab ekishda kuzgi bug’doy hissasini oshirish faqat don ishlab chiqarishni ko’paytiribgina qolmasdan tuproq unumdorligini ham oshiradi.
Kuzgi bug’doy bahori bug’doyga nisbatan kuzgi, qishki, bahorgi yog’ingarchilikdan hosil bo’lgan tuproqdagi namlikdan yaxshi foydalanadi, yuqori hosil shakllantiradi hamda jazirama issiqlardan, garmseldan kam zararlanadi.
O’zbekistonda bug’doyning biologik kuzgi, bahori va duvarak shakllari ko’p ekiladi va ular shartli ravishda kuzgi bug’doylar deyiladi.
O’zbekiston Davlat nav sinash tajriba stansiyalari, uchastkalarida, sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doyning gektaridan har yili 60-70 s don hosili yetishtirilmokda.
Lalmikor yerlarda ilg’or xo’jaliklar kuzgi bug’doyning gektaridan 20-25 s ga yetkazib don hosili yetishtirilmokda.
Biologik xususiyatlari. Kuzgi bug’doyning urug’lari 1-2 0S haroratda ko’kara boshlaydi. Ammo bunday haroratda bo’rtayotgan bug’doyda biokimyoviy va fiziologik jarayonlar sekin kechadi. Haroratning ko’tarilishi bilan bu jarayonlar kuchayadi, hamda ko’karayotgan murtakka oziqa moddalarning kelishi tezlashadi. Urug’lar unib chiqishi uchun qulay harorat 12-20 0S, haroratning 30 0S ga yetishi urug’larning dala sharoitida unuvchanligini va maysalarni qiyg’os hosil bo’lishini kamaytiradi. Tuproq yuza qatlamida nam yetarli bo’lganda, 14-16 0S da maysalar 7-9 kunda hosil bo’ladi. Sutkalik harorat 10 0S bo’lganda maysalar 12 kunda, 20 0S da ekilgandan 5-7 kun o’tgach unib chiqadi. Urug’lar unib chiqishi uchun optimal harorat 25 0S. Haroratga, urug’larni ekish chuqurligiga va namlikligiga hamda boshqa omillarga bog’liq holda ekish-unib chiqish davri 7 kundan 50 kungacha va lalmikorlikda undan ortiq bo’lishi mumkin.
Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy urug’lari optimal muddatlarda nam yetarli tuproqlarga ekilganda 6-8 kunda unib chiqadi. Ekin unib chiqish davrida samarali harorat 116-139 0S ni tashkil qiladi. Fotosintez jarayoni uchun minimal harorat 3-4 0S. Haroratning ortishi va boshqa sharoitlar qulay bo’lganda
uglerodning o’zlashtirilishi kuchayadi. Harorat 35-36 0S bo’lganda assimiliyatsiya jarayoni sekinlashadi.
Lalmikorlikda kuzgi bug’doy ko’pincha erta bahorda tuplaydi.
Sug’oriladigan yerlarda yetarli namlik, harorat, oziqa moddalar yetarli bo’lganda erta va optimal muddatda ekilgan o’simlik, kuz davrida 3-7 novda hosil qiladi. Kuz davrida 2-5 ta novda hosil qilgan o’simliklar yaxshi qishlab chiqadi.
Kuzgi bug’doyda tuplanish harorat 2-4 0S bo’lganda sekin o’tadi. Harorat 5 0S ga oshganda tezlashadi. Harorat oshib borishi bilan tuplanish jadalligi va ikkilamchi ildiz tizimi hosil bo’lishi kuchayadi. Ammo harorat 25-30 0S bo’lganda tuplanish to’xtashi mumkin.
Qulay sharoitda o’rtacha harorat 8-10 0S bo’lganda naychalash fazasi boshlanadi. Haroratning oshishi bilan poya va barglar o’sishi tezlashadi. Bu fazaning tugashi uchun 11 0S haroratda 35-40 kun, harorat 13-15 0S bo’lganda 30-
32 kun, 20-25 0S bo’lganda 18-20 kun kerak bo’ladi. Shu sababli bu fazaning tugashi uchun o’rtacha sutkalik harorat yig’indisi 380-500 0S tashil qiladi.
Kuzgi bug’doyning boshoq tortishi, lalmikorlikda, G’allaorolda eng ertagisi 25 aprelga, o’rtagisi 12 mayga, eng kechkisi 24 mayga to’g’ri keladi. Baxmal mintaqasida bu ko’rsatgichlar 10 may, 15 iyun va 18 iyunga, Qarshida 20 aprel, 5 may va 14 mayga to’g’ri keladi.
Gullash va urug’lanish 11-30 0S haroratda meyorida o’tadi. Boshoqlash, gullash, urug’lanish fazalarining davomiyligi 5-8 kundan 10-12 kungacha o’zgaradi.
O’zbekiston sharoitida donning hosil bo’lishi, to’lishi, pishib yetilishi 27-33 kun davom etadi.
Kuzgi bug’doy o’sish davrining hamma fazalarida atrof muhitdagi harorat 2025 0S bo’lganda jadal o’sadi. Ko’pchilik tadqiqotlarning ko’rsatishicha kuzgi bug’doy 2-3 0S dan 37-40 0S gacha bo’lgan haroratda sezilarli o’sadi. Harorat 40 0S dan oshganda, o’simlik yashashga qobiliyatini saqlasada, quruq moddaning o’sishi to’xtaydi. Kuzgi bug’doy kechki ekish muddatlarida urug’lari bo’rtgan holda qishlashga ketadi. Agar harorat urug’larning ekish chuqurligida 16-17 0S dan pastga tushmasa, ko’p hollarda ular yashash qobiliyatini saqlab qoladi, erta bahorda o’sib durust hosil beradi. Tuplanish fazasida 2-4 poya hosil bo’lganda o’simlik 17-22 0S sovuqqa chidaydi. Qor qatlami bo’lmaganda sovuq 20-25 0S yetsa va bu sovuq uzoq davom etmasa kuzgi bug’doyni sovuq urmaydi. Qor qatlami qalin bo’lsa yaxshi chiniqqan kuzgi bug’doy 35 0S va undan ortiq sovuqqa chidaydi.
Namga talabi. Kuzgi bug’doy kuzgi arpaga va bahori bug’doyga nisbatan o’sish davrida namlikni ancha ko’p sarflaydi. Bu o’sish davri uzunligi va hosil umumiy massasining yuqoriligi bilan bog’liq.
O’simlik o’sishi uchun eng qulay sharoit tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig’imining 75-80 % dan kam bo’lmaganda yaratiladi. Kuzgi bug’doyning tuproqdan nam o’zlashtirishi tuproqdagi namlik so’lish namligiga teng bo’lganda to’xtaydi. Kuzgi bug’doy o’sish davrida yetishtirish sharoitiga qarab lalmikorlikda
2000-4000 m3/ga, sug’oriladigan yerlarda 6000 m3/ga va undan ko’proq suv sarflash mumkin.
Lalmikor yerlarda tipik bo’z tuproqlarda tuproqning namligi 11-12 % dan kam bo’lmaganda, tuproq namligi cheklangan dala nam sig’imining 65-70 % iga to’g’ri keladi va o’simlikning suvga bo’lgan minimum talablarini qondiradi. Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy donining shakllanishi va to’lishi davrida tuproqning namligi cheklangan dala nam sig’imining 70 % dan kam bo’lmasligi optimal hisoblanadi.
Tuproqqa talabi. Kuzgi bug’doyning boshqa g’alla ekinlariga nisbatan tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning meyorida o’sishi va rivojlanishi uchun tuproq muhiti neytral (betaraf – rN - 6-7,5) bo’lishi kerak. U tuproqning unumdor, begona o’tlardan toza va yetarli namlikka ega bo’lishiga talabchan. Bug’doy eng barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to’q kashtan tuproqlarda beradi.
O’zbekistonda eng keng tarqalgan bo’z tuproqlar ham mayin, begona o’tlardan toza bo’lsa kuzgi bug’doy uchun eng qulay hisoblanadi.
Bug’doy sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’smaydi. Eroziyaga uchrab tuprog’i yuvilgan nishab yerlar, qumli tuproqlar bug’doy ekish uchun qulay emas. Kuzgi bug’doy o’stirishda relyef ham katta ahamiyatga ega.
Yorug’likka talabi. Yorug’lik bug’doy o’simligi hayotining eng muhim omillaridan biridir. Kuzgi bug’doy uzun kun o’simligi. Bahorda, o’sish davrida 1314 soatdan kam bo’lmagan yorug’lik kuni o’simlikning ko’p miqdorda plastik moddalar to’plashi, biomassaning to’planishi va yorug’lik stadiyasini tez o’tishiga yordamlashadi.
Quyoshli ob-havo sharoitida naychalash fazasining boshlanishida qisqa, ammo mustahkam pastki bo’g’im oralig’i shakllanadi va o’simlik yotib qolishga chidamli bo’ladi.
Serquyosh, bulutsiz, ochiq ob-havo, yetarli namlik donning shakllanishi, pishib yetilishida, yuqori hosil olishda muhim omillar hisoblanadi.
Ma‘danli oziqlanishga talabi. Kuzgi bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan tuproqdagi oziqa moddalarning o’zlashtiriladigan shaklda bo’lishiga talabchan. Dala sharoitida kuzgi bug’doyning o’sishi, rivojlanishi jadalligining past bo’lishi, tuproqda asosiy oziqa elementlari, azot, fosfor, kaliyning yetarli bo’lmasligi sababli yuzaga keladi. Ayrim tipdagi tuproqlarda meyorida o’sishning buzilishiga boshqa oziqa elementlari, shu jumladan mikroelementlarning yetishmasligi sabab bo’ladi.
O’g’itlash. Kuzgi bug’doy tuproq unumdorligiga va o’g’itlashga juda talabchan. U 1 s don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun 3,7 kg azot, 1,3 kg fosfor va 2,3 kg kaliy o’zlashtiradi, o’g’itlash hamma tipdagi tuproqlarda kuzgi bug’doy hosilini oshiradi.
Kuzgi bug’doy 60 s/ga don hosili shakllantirganda oziqa moddalariga talabi o’rtacha 200-220 kg azot, 60-80 kg fosfor, 130-140 kg kaliyni tashkil qiladi.
Ammo u nam bilan ta‘minlanganlikka, navga, mineral oziqlanish darajasiga bog’liq.
Kuzgi bug’doyni yetishtirishda, asosiy o’g’itlashda mineral, organik o’g’itlar – go’ng, kompost keng qo’llaniladi, ularni solish meyorlari tuproq sharoiti, navlarga bog’liq holda turlicha bo’ladi. Asosiy o’g’itlash ekishgacha o’tkaziladi. Chirigan yoki yarim chirigan go’ng yerni haydash oldidan 20-40 t/ga solinadi. Gektariga 20 tonna chirigan go’ng solinganda qo’shimcha 10-15 s don hosili olinadi. Fosforli o’g’itlarni ham asosiy o’g’itlashda berish hosildorlikni va don sifatini oshiradi. Kuzgi bug’doyga asosiy o’g’it sifatida gektariga 30-60 kg fosforli o’g’it solish (fon azot 100, kaliy 60) tipik bo’z tuproqlarda 7-7,3 s qo’shimcha hosil beradi.
Tuproqni ishlash. Kuzgi bug’doydan yuqori hosil olishning muhim
shartlaridan biri, o’tmishdosh ekinlarni yuqori agrotexnika sharoitida o’stirish va hosilni o’z vaqtida yig’ishtirib olishdir. Hosilni yig’ishtirish bilan yerni haydash o’rtasidagi davr uzoq bo’lmasligi kerak. Bu davr cho’zilsa tuproq kuchli qurishi mumkin. Shuning uchun hosil yig’ishtirilishi bilan yer darhol haydalishi kerak.
Bunda yer haydash bilan boronalash o’tkazilganda tuproqda namlik yaxshi saqlanadi, kesak hosil bo’lmaydi.
Sug’orish muddatlari va meyorlari. Kuzgi bug’doylardan yuqori hosil olishda o’simlikning o’sishi, rivojlanishi davomida uni optimal miqdorda suv bilan ta‘minlash zarur. Buning uchun nam to’playdgan sug’orishlar va o’suv davridagi sug’orishlar bilan tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig’imining 60 % yengil, 70 % o’rtacha va 80 % og’ir tuproqlarda kam bo’lmagan holda ushlash kerak.
Sug’orish meyorlari tuproqdagi namlikka, uning mexanik tarkibiga, sizot suvlarga, dalaning nishabligiga qarab o’zgaradi. Nishabligi kam, og’ir tuproqlarda sug’orish meyori oshirilsa, aksincha yengil, nishabligi katta tuproqlarda kamaytiriladi. Sug’orish meyori sug’orish usuliga ham bog’liq.
O’zbekiston sharoitida kuzgi bug’doyning o’sish davridagi sug’orishlar meyori egatlab o’rtacha 650-750 m3/ga, taxtalab 800-900 m3/ga, yomg’irlatib sug’orilganda 450-500 m3/ga bo’ladi.
Urug’ni ekishga tayyorlash. Yirik, og’ir, bir xil, qobig’i, murtagi shikastlanmagan urug’lar ekilganda, mayda urug’larga nisbatan 3-4 s/ga qo’shimcha hosil olinadi. Urug’larni tozalash liniyalarida ular jarohatlangan bo’lsa, unuvchanligi va o’sish energiyasi pasayadi, ko’pincha fuzarioz bilan kasallanadi.
Ekiladigan urug’lar tarkibidagi oqsil ham hosildorlikka ta‘sir ko’rsatadi. Urug’ tarkibida oqsil miqdori ko’p bo’lsa unib chiqishi va o’simlik o’suv organlarining, generativ organlarining rivojlanishi tezlashadi, hosildorlik oshadi. Urug’da to’plangan oqsil zaxirasi yosh o’simlikning dastlabki o’sish davrida azotli moddalar manbai bo’lib hisoblanadi. Qirg’izistonning sug’oriladigan yerlarida kuzgi bug’doy urug’i tarkibida oqsil miqdori 18,6 % bo’lganda hosildorlik 36,4 s/ga, 15 % oqsil bo’lganda 28,5 s/ga ni tashkil qilgan.
Ekish muddatlari. O’zbekiston sharoitida o’tkazilgan tajribalar har bir o’simlik qishlash oldidan 4-5 poya hosil qilganda ular qish davridagi noqulay sharoitlarga, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli bo’lishini ko’rsatdi. Kuzgi o’sish davrining oxiriga kelib har bir o’simlikda 4-5 tadan poya hosil bo’lishi uchun bug’doy qishki sovuqlar tushguncha 40-60 kun qolganda ekiladi. Bunda 5
0S dan ortiq sutkalik haroratlar yig’indisi shu davrda 450-600 0 bo’ladi. Kuzgi bug’doyni kuzdagi o’sish davrining davomiyligi, sutkalik harorat yig’indisi, tuproq iqlim sharoitiga, navga qarab o’zgaradi.
Hozirgi paytda O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida ekish meyorlari gektariga 3,0-4,5; 6,0 mln/ga urug’ hisobida tavsiya qilinmoqda.
Urug’larni ekish chuqurligi. Urug’larni juda chuqur, shuningdek sayoz ekish ham o’simlikning qishga chidamliligini kamaytirishi mumkin. Urug’lar juda chuqur ekilganda maysalar kechikib hosil bo’ladi, kuchsiz bo’ladi, qishda nobud bo’lishi mumkin. Sayoz ekilgan urug’lar ham o’simlikning qishlashiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Ekinzor parvarishi. Urug’larni qisqa vaqt davomida qiyg’os undirib olish uchun, ekishdan oldin dala molalanadi. Kuzgi bug’doyni boronalash bahorda yer yetilishi bilan o’tkaziladi. Uning asosiy vazifasi –ekish davomida zichlashib qolgan tuproq yuzasini yumshatish, o’simlikning nobud bo’lgan qismlarini chiqarib tashlash, begona o’tlarni yo’q qilishdir. Kuzgi bug’doy erta bahorda, tuplanish fazasida, naychalanishning boshlanishida azotli o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.
Kuzda ekilgan bug’doy O’zbekiston sharoitida g’o’za, sabzavot ekinlari, beda, makkajo’xori, dukkakli don ekinlaridan keyin joylashtirilsa, begona o’tlar bilan kam ifloslanadi. Kuzgi bug’doy erta va optimal muddatlarda ekilsa hamda o’simliklar qish tushguncha 1 m2 da 1,3-1,6 m2 barg yuzasi hosil qilsa dalani begona o’tlar bilan ifloslanishi keskin kamayadi. Begona o’tlar don hosilini gektaridan 5-15 s/ga kamaytirishi mumkin.
Fungitsidlarni boshoqlash fazasigacha qo’llash lozim. Keyingi rivojlanish fazasida qo’llash tavsiya etilmaydi.
Kuzgi bug’doyzorlarda turli xil zararkunandalar uchraydi va ular har yili hosilga katta zarar keltiradi. Kuzgi bug’doyzorlarda daryo bo’ylarida, ariq yoqalarida, zaxkash maydonlarda g’alla zuligi (piyavitsa) barglarni kuchli zararlaydi. Bug’doy ekilgan maydonlarda simqurt, xumkalla, trips, xasvalar, shiralar ko’p uchraydi. Ular kuzgi g’alla ekinlariga unib chiqishidan pishishigacha zarar keltiradi, don hosili va sifatini kamaytiradi.


Download 46.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja

Download 46.97 Kb.