• QO’ZIYEV XASANBOY NING “M.S EXCEL BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT ” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
  • 3. “M.S EXCEL BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT” MAVZUSINI O‘QI-TISHDA INNOVATSION TЕXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVA KIRISH
  • Kurs ishining dolzarbligi
  • Kurs ishining maqsadi : “M.S Excelning Boshqa varaq yoki kitobga murojaat”
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 2.09 Mb.
    bet1/18
    Sana03.06.2023
    Hajmi2.09 Mb.
    #69240
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI
    Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 , google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

    INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDAN

    5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 2-mutaxassislik 4 kurs talabasi



    QO’ZIYEV XASANBOY NING

    M.S EXCEL BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT ” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI



    KURS ISHI

    Ish rahbari: Anvarbekov.J


    Andijon 2023

    REJA
    KIRISH

    1. INFORMATIKA VA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI

    2. INFORMATIKA VA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI FANI DASTURI-NING QISQACHA TAVSIFI


    3. “M.S EXCEL BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT” MAVZUSINI O‘QI-TISHDA INNOVATSION TЕXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    4. “M.S EXCEL BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT” MAVZUSINI O‘QI-TISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O’QITISH METODIKASI

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
    ILOVA
    KIRISH
    Farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o’zini amalda namoyon etishi uchun maydonni kengaytirish kerak”.1
    I. A. Karimov

    O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborotlashgan jamiyatni shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan va aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirilmoqda.


    Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik.
    Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadllashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki, hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta’minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o’qitish jarayoniga qo’llashdan iborat. O’zbekistonda ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi. Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo’yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda.
    Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o’tkazilishi natijasida o’quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo’yicha yangi talablar qo’yildi. Hozirgi kunda axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda.
    Yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orrtirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda. O’zbekistonda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki, hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi.
    Ta’lim tizimida axborot tеxnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bir qator amaliy ishlarni oshirishda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» Qonuni, «Elеktron tijorat to‘g‘risida» Qonuni, «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida» O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmonlari, «O‘zbеkston Rеspublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘i ZiyoNET ni tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining qarorlari asos qilinib olinmoqda.
    Qarorda “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari o’quvchilari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish” haqida so’z borgan2.
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishining “Ta’lim va fan sohalarini rivojlantirish” bandida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhimva talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgantarzda o‘rganish” vazifalari belgilangan[6].
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarorida “…ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar Respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish” masalalari ko’rsatib o’tilgan.3
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlar asosida bajarilayotgan ishlar ta’lim islohotlarini izchil ravishda amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Ushbu qabul qilingan huquqiy – meyoriy hujjatlar ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, fan va texnika sohalariga kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholining turli qatlamlari uchun zamonaviy kompyuter va axborotlar tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish, maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayoniga zamonaviy kompyuter texnologiyasini faol qo‘llashga asoslangan o‘qitishning progressiv tizimini kiritish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab beradi.
    Kurs ishining dolzarbligi: Dasturlash tillaridan yuqori saviyada, oqilona foydalanish, yangi versiyalarini tezkorlikda o‘zlashtirish, uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o‘qituvchi va o’quvchilar, shu soha bilan shug‘illanuvchi mutaxassislar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. Shu ma’noda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Informatika va AT fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish (“M.S Exselning funksiyalar kutubxonasi” mavzusi misolida) mavzusini o‘qitish zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanish informatika o‘qitish metodikasi oldida turgan muammolaridan biridir. Ushbu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, tanlangan bitiruv malakaviy ish “Informatika va AT fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
    Kurs ishining maqsadi: “M.S Excelning Boshqa varaq yoki kitobga murojaat” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim tеxnologiyalaridan foydalanib ta’lim sifatini oshirish.

    Download 2.09 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 2.09 Mb.