6
Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari, nazariy asoslari va
ulardan geografiya o’quv mashg’ulotida foydalanish masalalari.
Muhammadova Marjona Sodiq qizi Buxoro davlat universiteti 2- kurs
magistranti
Abbasova Gulnoza Baxshilloyevna Buxoro tuman 6-maktab oliy toifali
katta o’qituvchi
Annotatsiya: Innovatsion ta’lim texnolgiyaning turlari va ulardan geografiya
fanlarida foydalanish xususida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Innovatsiya, novatsiya, innovator, innovatsion ta’lim, ta’lim
innovatsiyalari
Lug‘aviy jihatdan “Innovatsiya” tushunchasi ingliz
tilidan tarjima qilinganda
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi
mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Innovatsiya
– muayyan tizimning ichki tuzilishini
o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatdir.
“O‘zbekiston
Milliy
ensiklopediyasi”da
ko‘rsatilishicha,
innovatsiya
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” –
kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni
ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va
ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish
va mehnatni tashkil
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‘llanishi”
1
.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan
ijtimoiy birlik –
tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha
yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish
tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari
bevosita ijtimoiy
munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan
kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli
7
ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni
tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega
ijtimoiy munosabatlarning
ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari,
ularning
yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga
bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi
innovatsion
xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.