• 2.4.Don saqlanadigan omborxonalar tavsifi
  • Donni yig’ib olingandan keyin dastlabki saqlash va ularni don korxonalariga tashish




    Download 46.97 Kb.
    bet8/11
    Sana22.06.2023
    Hajmi46.97 Kb.
    #75199
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100
    Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
    Donni yig’ib olingandan keyin dastlabki saqlash va ularni don korxonalariga tashish.
    Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun xo’jaliklar omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog’lik holda bir necha soat va so’tqadan bir oygacha va undan ortiq, bo’lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib kolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham extiyot qilish lozim.
    Donning zararlanishiga ko’pincha uni xirmonlarda, dala sharoitlarida, o’tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bo’ladi. Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa, namiqib va o’z-o’ qizib ketishi mumkin. Bu holat yangi o’rilgan donni darxol joylashtirish va donni qizib turgan holida joylashtirishlarda ham kuzatiladi.
    Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida ham kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yig’ib olingan zahoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog’liq. Don yig’ib olingan zahoti darhol belgilangan manzilga yetqazilishi lozim. Donning mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi.
    Yukoridagilarga bog’liq, holda don ishlab chiqarish korxonalariga turli holat va sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan holda keltiriladi.
    Keltirilgan don massasiga mas‘uliyatli munosabatda bo’lish talab etiladi.
    Qabo’l qilingan don to’g’ri analiz qilinishi va sifati buyicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish lozim. Saqlashda to’g’ri rejimlarni qo’llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim. Bu esa don korxonalarining iktisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.

    2.4.Don saqlanadigan omborxonalar tavsifi
    Don va urug’lik saqlanadigan omborxonalar don uyumlarining fizik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olib qo’riladi. Bundan tashqari, omborxonalarga ko’plab talablar qo’yiladi. Jumladan, texnik, texnologik, foydalanish buyicha va iktisodiy talablar. Shunga ko’ra omborxonalar yog’och, tosh, pint, temir-beton, temir va boshqa har xil qurilish materiallaridan foydalanib barpo qilinadi. Bo’lardan foydalanish don omborxonalarini qaysi maqsadlarga belgilanganligiga, maxalliy sharoitga, donlarni saqlash muddatiga qarab ham iqtisodiy imkoniyati e‘tiborga olinib amalga oshiriladi.
    Don omborxonalari yetarli darajada pishiq va mustaqqam bo’lishi, polga (taxtaga) tuqilgan, devorlarga tirband don uyumi bosimi hamda shamol bosimiga va hoqazolarga bardosh bera olishi kerak. Har taraflama to’g’ri bajarilib barpo qilingan don omborxonalaridan meyorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan bug’doy omborxonalarida havoning namligini deyarli yil davomida mu‘tadil 60—75 foiz darajasida bemalol ushlab turish mumkin. Bu esa hamma don turining bir xildagi namligini 13—15 foiziga to’g’ri keladi.
    Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini har xil kemiruvchilar, qushlar zararkunanda hasharotlar hamda qanalardan yaxshi himoyalanishini ta‘minlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini
    zararsizlantnrish va changlardan tozalash uchun qo’lay bo’lishi, mexnat sarfini qamaytirish maqsadida mexanizatsiyalashtirilishi lozim. Qishloq xo’jaligida don ishlab chiqarish tuliq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsada, ayrim jamoa va fermer xo’jaliklarida donlarga ishlov berishda texniqaga yetarli e‘tibor berishmayapti. Don yerga tukilgan holda va taralarga solib saqlanadi. Yerga tukib saqlash asosiy usul bo’lib, kengrok tarqalgan. Don uyumlarini yaxshi tukiluvchanlik xususiyati ularni har xil hajmdagi va shakldagi ulqan yashiklarni to’ldirishni osonlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari ko’pchilik omborxonalarning sathi va hajmidan
    (sig’imidan) samarali foydalaniladi. Bu ishlar arzonga tushadi va idish - tara olishga ortiqcha harajat talab etilmaydi. Biroq bir qism urug’larni taralarda caqlashga to’g’ri keladi. Masalan, elita urug’larni, ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan olingan birinchi reproduksiyali urug’lar, makqajuxori urug’lari zavodlarda ishlov berilgandan so’ng, texnik va moyli o’simliklarning mayda tukiluvchi urug’lari hamda o’zidan o’t, efir chiqaruvchi ekinlar urug’lari va poliz-sabzavot urug’lari qoplarda saqlanadi. Qoplar pishiq, dag’al gazlamalardan, ichiga gazlama tuqilgan qog’oz qoplardan hamda kraft-qoplardan iborat bo’lishi kerak.

    Download 46.97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 46.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Donni yig’ib olingandan keyin dastlabki saqlash va ularni don korxonalariga tashish

    Download 46.97 Kb.